Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Tahqirlash – nafratlanish, jink- anish, mensimaslik, haqorat, kam- sitish, xo‘rlash. zaifa


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Tahqirlash
– nafratlanish, jink-
anish, mensimaslik, haqorat, kam-
sitish, xo‘rlash.
zaifa
– 1. Kuchsiz, ojiza ayol. 2. 
Xotin, rafiqa, ayol.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
448
naqadar yomon ish
(Ibratli hikoya)
bulhasan rivoyat qiladi: “Biz Nabiy 
alay his salom huzurlarida o‘tirgan edik. 
Davradan kimdir turib ketdi, biroq oyoq kiyi-
mini unutib qoldirdi. Davradagilardan biri uning 
oyoq kiyimi ustiga o‘tirib oldi. Haligi kishi bir 
ozdan keyin qaytib kelib, oyoq kiyimini so‘radi:
– Biz ko‘rmadik, – deyishdi. Poyafzal egasi 
bezovtalanib qoldi. So‘ng uning oyoq kiyimi 
ustiga o‘tirgan kishi:
– Mana oyoq kiyiming, – dedi.
Shunda Payg‘ambar alayhissalom:
– Musulmon kishini bezovta qilish naqadar 
yomon ish! – dedilar.
Men hazillashdim, – dedi u kishi.
Rasuli Akram yana o‘sha gaplarini takror-
ladilar.
odamlarning hurmati 
nima bilan o‘lchanadi?
unyodagi barcha odamlar irqi, rangi, 
ko‘rinishi va kiyimidan qat’i nazar teng 
huquqlidir. Biri boshqasidan aslo ustun emas. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
449
Ammo ular ichida e’tiqodi kuchli, ilmli, odob-
axloqlilari hurmatga sazovordirlar.
Inson qadr-qiymati hech qachon mol-dunyo 
bilangina o‘lchanmasligi kerak. Chunki boy-
lik doimiy emas, kishi o‘zi xohlamagan tarzda 
mol-mulkidan ayrilib qolishi mumkin. Yana 
boylik yomon va yovuz odamlarga ham ber-
ilishi mumkin. Shuning uchun faqat boyligini 
e’tiborda tutib, biron insonni yaxshi deb ayta 
olmaymiz. Ammo o‘zi odobli, diyonatli bo‘la 
turib, boy va saxiy bo‘lsa, bu juda yaxshi.
Inson qadri yana tashqi ko‘rinish, chiroy-
ga qarab belgilanmaydi. Bilamizki, tashqi 
ko‘rinish yosh o‘tgan sari o‘zgarib boradi. 
Yoshligida chiroyli bo‘lgan odam qariganida 
qadri tushib qolishi kerakmi? Yo‘q, kim yo-
shligida ham, qariganida ham odob-axloqli 
bo‘lsa, e’tiqodini mustahkam saqlasa, o‘sha ki-
shi eng hurmatli odamdir. Agar uning boyli-
gi va chiroyi bo‘lmasa ham. Biroq kimning 
boyligi, chiroyi, hashamatli uylari va farzand-
lari bo‘lsayu, o‘zi yomon, qo‘pol muomalali va 
pastkash bo‘lsa, hech qachon uni yaxshi in-
son deya olmaymiz. Bunday odamlarga boyligi 
va chiroyini deb yaxshi muomalada bo‘linadi, 
agar o‘sha narsalar undan ketsa, u hurmatini 
ham yo‘qotadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling