Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
444
ni vaqtida bajarmaydi, darsda o‘rtoqlari bi-
lan gaplashib o‘tirib, muallim so‘ziga quloq 
tutmaydi. Aziz bolalar, unutmangki, ustozini 
xafa qilgan va uni ranjitgan bolalar hayotda 
yaxshilik ham, baraka ham topmaydi. Zero, 
biz ustozimizni hurmat qilib, undan ko‘p bil-
imlarni olsak, hayotda qoqilmaymiz. Ustozimiz 
biz uchun ma’rifat ziyosidir. Ustoz qadri katta 
hayot boshlab, biron kasb boshini tutib, yas-
hay boshlagandan keyin bilinadi. Ana o‘shanda 
maktab davrida bilim olmagani, agar bilim 
olganida, ustozining pand-nasihatlariga quloq 
tutganida, yaxshiroq ishlarda ishlab, yax-
shiroq pul topishi mumkinligiga afsuslanadi. 
Ammo endi kech bo‘lganini, hayotni orqaga 
qaytarib bo‘lmasligini bilib, o‘zidan o‘zi xafa 
bo‘ladi. 
Ey farzand, senga ilm o‘rgatayotgan ustoz 
mehrini qozonish uchun quyidagilarga amal 
qilishing kerak:
1. Ustozingdan oldinda yurma.
2. Ustozing o‘rniga o‘tirma.
3. Ustozing oldida ruxsatsiz gapirma.
4. Malol keladigan bo‘lsa, dars vaqtida ko‘p 
savol berma.
5. Dasrga kech kelma.
6. Ustozingni bezovta qilma.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
445
Hikoya qilinishicha, Imom Buxoriy bobomiz 
bir muddat Makkai mukarramada dars olishi-
ga to‘g‘ri keladi. Bir ziyoratchi u zotning Bux-
oroi sharifdagi bir ustozidan salom va maktub 
keltirganida ustoz yurtidan kelganini bilib, u 
bilan quchoq ochib ko‘rishadi va unga hurmat 
bajo keltiradi. So‘ng salom xabarini eshitgan-
ida, Buxoroi sharif tomonga yuzlanib, salom-
ga alik olib, ustozi haqiga duo qiladi. Keyin 
maktubni ikki qo‘llab olib, ehtirom bilan xatni 
o‘qiydi.
Qarang bolalar, qanday ibratli voqea?! De-
mak, ustoz o‘zidan uzoq joyda bo‘lsa ham un-
ing huzurida turgandek hurmat bajo keltirish 
va uni doim e’zozlash lozim ekan.
Hikmat
ir hakimdan:
– Nima uchun ustozingni otangdan ham 
yaxshi ko‘rasan? – deb so‘raldi.
– Ustoz abadiy tirikligimning sababchisi
otam esa o‘tkinchi hayotimning sababchisidir! 
– deb javob qildi u.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling