Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Boyish “yo‘li”ni topgan bola
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 436
Boyish “yo‘li”ni topgan bola
(Ibratli hikoya) ir bola otasidan bir narsaga pul olib, vaqtidan oldin ishlatib qo‘ydi. Yaqinda ta’til boshlanadi. Maza qilolmaydi. Yo‘lini topish kerak. Qo‘liga tushgan jurnalda har bir xizmat uchun haq to‘lanishi lozimligini o‘qib, ko‘zlari charaqlab ketdi. Bu mantiqqa ko‘ra, oilasi uc- hun qilgan ishlarining har biriga haq olishi ker- ak! Do‘kondan non olib kelishni 1000 so‘mga, onasi bilan bozorga borib kelishni 2000 so‘mga baholasa, qimmatga tushmaydigandek edi. Xuddi shunday qildi. Bir varaqqa oy davomi- www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 436 da bajargan ishlarini yozib narx qo‘ydi. Umu- miy summa 250.000 so‘mni tashkil qildi. Xatni sekingina onasining yoniga solib qo‘ydi. Boyish yo‘lini topganidan boshi osmonda edi uning! Ertalab dars stoli ustidan 250.000 so‘m pul va bir xat topdi: “O‘lim bilan olishib seni dun- yoga keltirganim, yillar bo‘yi ustingni toza tut- ganim, ming bir azob bilan o‘stirayotganimning haqqi – faqat sevging va yonog‘ingdan ol- ganim birgina o‘pichdir! Ishlab topgan puling- ni o‘ynab-kulib ishlat, bolajonim!..” ota-onaga qanday munosabatda bo‘lish kerak? arzandlar ota-onaga itoat etib, har bir fursatni roziliklarini olish uchun g‘animat bilmog‘i kerak. Bolaning baxt-saodatga erishi- shi, yutuq va muvaffaqiyat qozonishi ota-onan- ing xursandchiligi va rozili tufayli hosil bo‘ladi. Bolalar ota-onasini hurmat qilish qatorida ularni sharmanda qilmasliklari va nomlarini bulg‘amasliklari kerak. Ota-onaning so‘zlariga ishonmagan, ulardan o‘zini aqlli va ishbilarmon hisoblagan bolalar hayotda qiynalib qoladi va www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 437 ko‘p qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi. Chunki ishonchsizlik odamda aldov va yolg‘onchilikni paydo qiladi. Yolg‘onchilik va ikkiyuzlamachilik esa barcha yomon ishlarga sabab bo‘ladi. Aslida har qanday odamga yolg‘on gapirish katta jinoyat, og‘ir gunohdir. Ammo ota-onani aldash juda katta gunoh sanaladi. Ota-onasiga bildirmay biron yomon ishni qilish ota-onaga nisbatan hurmatsizlik, ularni haqoratlash bilan tengdir. Aslida bolalar qiyin holatga tushganlar- ida rostini aytib, ota-onalarini bundan xabardor qilsalar, ota-ona o‘zlarining aqli va tajribasi bi- lan bu qiyin holatdan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib beradilar. Demak, har bir bola o‘z ota-onasini qilayotgan ishi va holatidan xabardor qilishi barobarida uning nasihati va maslahatlariga quloq tutishi va amal qilishi kerak. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling