Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
432
ota-ona o‘rnini hech kim bosolmaydi
ta-ona uchun farzandining chiroyli xulqi
va odobi muhimdir. Odobli bolaning ota-
onasi kambag‘al bo‘lsa ham hech ayb emas.
Chunki har bir
narsa Yaratganning xohish-
irodasiga bog‘liq. Ota-onasining faqirligini ayb
sanash, buni o‘zlariga aytib, taqdiridan nolish
juda katta xatodir.
Ey farzand, sening ota-onang hayot ekan,
sog‘-salomat ekan, ularning qadriga yet, yas-
hab turganini g‘animat bil.
Shuni unutmaki,
ota-onaning kambag‘alligi ayb emas. Aslida
farzandning odobsizligi nihoyatda katta aybdir.
Odobsiz bolaning ota-onasi boy, martabali yoki
olim bo‘lsa ham odamlar e’tiborida bo‘lmaydi.
Unday bola ota-ona sha’niga isnod keltiradi.
Farzandi tufayli obro‘’-e’tibordan qolgan ota-
ona kasallikka chalinadi, vaqtidan erta qariydi,
umri qisqaradi.
Odobli bolaning ota-onasi faqir va kambag‘al
bo‘lsa ham bolasi
tufayli qadrli va hurmat-
li bo‘ladi. El-yurt orasida hurmatda,
izzatda
bo‘lgan ota-onaning sog‘lig‘i yaxshi, ruhi tetik
bo‘ladi. Tengdoshlariga nisbatan yosh ko‘ri-
nadi, umri uzayadi. Shuning uchun sen odobli
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
433
va yaxshi bola bo‘lishing kerak.
Shunda ota-
onangni hurmat etib, ularni xursand qilgan va
qadrlariga yetgan bo‘lasan. Zero, ota-onang
o‘rnini hech kim bosolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: