Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Farzand ota-onadan doim qarzdor


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Farzand ota-onadan doim qarzdor
ziz bolajonlar, shuni bilinglarki, atrofin-
gizdagi bolalar, o‘rta va katta yoshda-
gi kishilar marhamatli va shafqatli bo‘lishlari 
mumkin. Ammo hech bir kishi sizlarga ota-
onangizdek sadoqatli bo‘lolmaydi, hech kim 
ota-onangizdek xizmat yo‘lida mashaqqat chek -
magan. Ota-onangiz hamisha sizlarning bar -
kamol va solih bo‘lishingizni xohlaydilar.
Ota-onangiz sizlarni parvarish qilishda is-
siq-sovuqqa chalintirmay, sog‘-salomat, odobli 
va ilmli bo‘lishingizda chekkan mashaqqatla-
rini, tortgan kulfatlarini, o‘zi yemasa ham si-
zlarga yedirib-ichirganini unutmang. Hamisha 
ularning roziligi yo‘lida xizmat va hurmatlarini 
joyiga qo‘ying. Shuni unutmangki, ota-onan-
gizning sizlardan umidi katta. Ular sizlarni qa-
drli va hurmatli, ulug‘ kishilar bo‘lishingizni 
hamisha umid bilan kutib turadilar. Shunday 
ekan, fursatni qo‘ldan boy bermang. Har soat 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
434
va kunni g‘animat bilib, ota-onangiz ko‘nglini 
ko‘tarish, xursand qilish harakatida bo‘ling. 
Zaif va nimjon vaqtingizda ota-onangiz tar-
biyalari tufayli sizlar odamga aylandingiz va 
o‘sib voyaga yetdingiz. Shunday ekan, ota-
onaga buning evaziga doim yaxshilik qilib, 
ularning duolarini olish kerak.
Aziz bolalar, ota-ona diydorini g‘animat bil-
ing. Bugun ota-onamiz oldimizda, belimizga 
quvvat, g‘am va xursandchiligimizga sherik 
bo‘lib turishibdi. Shunday ekan, ularni qadriga 
yetish kerak.
Farzand onaning bir bo‘lagidir!
nalarimiz bizlarni voyaga yetkazish uc-
hun mehru muruvvatlarini ayamagan, 
oromidan kechib, kechalari uxlamay tarbi-
yamiz bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Xafa bo‘lsak 
yoki ko‘nglimiz bir narsadan ranjib qolsa, atro-
fimizda parvona bo‘lgan, tobimiz qochib qolsa, 
huzur-halovatini yo‘qotgan ham onadir.
Ona biz uchun bog‘bondir. U doim bizni par-
varish qilish payida bo‘ladi. Buni tushungan 
har qanday bola o‘z onasi hurmatini barcha 
narsadan ustun qo‘yadi. Aqlli farzand bir daq-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
435
iqa bo‘lsa ham ona mehrini esdan chiqarmaydi, 
kichikroq bo‘lsa ham ishga qo‘l urganida onani 
bundan xabardor qilib, uning roziligini oladi. 
Aytgan so‘zlariga quloq solib, maslahatlariga 
amal qiladi, har vaqt onani minnatdor qilishga 
intiladi. Biz onamizning bir bo‘lagimiz, agar bi-
ron a’zomiz og‘risa, onamizning tani og‘riydi, 
agar biz xursand bo‘lsak, onamiz ham xursand 
bo‘ladi. Shunday ekan, doim onamizga e’tiborli 
bo‘laylik, ularni qarovsiz qoldirmaylik, hami-
sha holidan xabar olib turaylik.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling