Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


aka-uka va opa-singillarimiz


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

aka-uka va opa-singillarimiz
oldidagi vazifalarimiz
ziz bolalar, siz aka-uka va opa-singillar-
ingizni hammadan ko‘ra ko‘proq yax-
shi ko‘rib, hurmat-ehtirom qilishingiz kerak. 
Zero, sizlar bir ota-onadan tug‘ilgansiz va eng 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
438
yaqin qarindosh hisoblanasiz. O‘zaro munosa-
bat masalasida sizlarning orangizdan qil ham 
o‘ta olmasligi kerak. Ko‘chadagi do‘stlar bir 
kuni kelib sizni tashlab ketishi ehtimoli bor. 
Ammo o‘z jigaringiz yaxshi kunda ham, yo-
mon kunda ham aslo sizni tashlab ketmaydi. 
Chunki sizlarni ota-ona bog‘lab turadi, sizlar 
o‘zaro aka-uka va opa-singilsizlar. Sizlarning 
aloqa va munosabatingiz uzilmas rishta bilan 
bog‘langan, biron manfaat ustida qurilmagan. 
Shunday ekan, aziz farzandlar, bir-biringizga 
mehribon bo‘linglar, hurmat bilan muomala 
qilinglar. Buni ko‘rgan ota-onangiz ham xur-
sand bo‘ladi. Aka-uka va opa-singillariga hur-
mat ko‘rsatadigan bolani boshqa odamlar ham 
yaxshi ko‘radi.
Kichikning o‘zidan kattani 
hurmat qilishi va kattaning 
o‘zidan kichikka mehribonligi
y farzand, o‘zingdan yoshi katta kishilar-
ni hurmat qil va o‘zingdan kichiklarga 
mehribon bo‘l. Shunday qilsang, qariganingda 
senga mehribonlik qiladigan va ojiz bo‘lib qol-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
439
ganingda senga rahm qiladigan kishilarni uch-
ratasan. Kichikning o‘zidan kattani hurmat 
qilishi va kattaning o‘zidan kichikka mehri-
bonlik qilishi go‘zal axloqlardan biridir.
Kichikning o‘zidan kattaga hurmati quyida-
gi nasihatlarga amal qilish orqali bo‘ladi:
1. Avtobus, trolleybus yoki tramvayda tik 
turishga ojiz kishini ko‘rsang, sendan darajasi 
past bo‘lsa ham o‘rningdan turib unga joy ber.
2. Sen taniydigan yoshi ulug‘ kishilarni uch-
ratib qolsang, birinchi bo‘lib salom ber.
3. Akalaringni va sendan katta birodarlar-
ingni hurmat qil. Shunda ular senga mehribon 
bo‘lishadi va seni yaxshi ko‘radilar. Agar sen-
ga yaxshilik qilsalar, ularga rahmat aytishni 
unutma.
4. Agar uyda xizmatkorlar bo‘lsa, ularga 
yumshoq gapir, qo‘pollik qilma. Ota-onalarini 
haqorat qilma va ularni urma. Chunki ular 
ham senga o‘xshagan odam.
5. Jamoat joylariga kirishda yoki chiqish-
da chiroyli didli va odobli bo‘lishga harakat 
qil. Keksalar va ayollar bilan tiqilishma, yo‘l 
bo‘shaguncha biroz kutib tur.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling