Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
430
seni tarbiyalash va kasal bo‘lganingda davol-
atishda boshlaridan kechirgan qiyinchiliklarni
bilib olasan.
Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘targan
vaqtida qancha-qancha og‘riqlarni tortib, qan-
cha-qancha mashaq qatlarni boshidan o‘tkazdi.
Seni emizish, yuvib tarash, issiq-sovuqdan seni
himoya qilishda
u bechora kecha va kundu-
zlarni qiyinchilikda o‘tkazdi.
Sen ulg‘aygach, senga qanday emaklash,
qanday yurish,
qanday yeyish va ichish, qa-
nday gapirish, barcha-barchasini o‘rgatdi. U
har kuni sen uchun taom va choy tayyorlaydi.
Kiyimlaringni yuvib, yotishing uchun joy so-
ladi. U seni ko‘rib ko‘zi quvonadi, qalbi shod-
lanib orzu-umidlarga cho‘madi.
Otang esa ishlab Alloh bergan rizqni topish
uchun har kuni uyidan chiqib ketadi. Sen-
ing rohatingni o‘ylab qiynaladi, mehnat qiladi.
Sening yeyishing, ichishing, kiyinishing, turar
joying va ta’lim olishing uchun ko‘proq pul
topishga harakat qiladi. U seni yaxshi ko‘radi
va seni hayotingda yutuqlarga erishib, muvaf-
faqiyat qozonib yashashingni ko‘rishidan ham
ko‘proq biron narsani yaxshi ko‘rmaydi. Shun-
ing uchun
sen ota-onangga itoat etib, ularga
yaxshilik qilishing kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
431
Ota-onaga yaxshilik qilishning avvali ularga
itoatli bo‘lishdir. Chunki ular bolalarini zara-
rli narsaga buyurmaydi. Agar ota-onang kasal
bo‘lib qolsalar,
ularni davola, agar ojizlanib
kambag‘al bo‘lib qolsalar, ularga puldan yor-
dam qil. Odamlar ota-onangni so‘kmasin de-
sang, sen ularning ota-onalarini so‘kma. Ular-
ga muloyimlik bilan gapir. Ularning so‘zidan
siqilma. Agar tirik bo‘lishsa, ularga uzoq umr
so‘rab, vafot etgan bo‘lsalar, rahmat so‘rab
ularning haqqiga duo qil.
Bu tarbiya qilgan-
liklari va yoshligingda mehribon bo‘lganliklari
evaziga sendan ularga mukofot bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: