Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
442
qanchalik xursand bo‘lmasin, buni bildirma-
di. Darhol hamyonini ochib sanab ko‘rgach, 
bechora etikdo‘zga tuhmat qilib shunday dedi: 
“Shundoq ham oladigan pulingni allaqachon 
olib bo‘libsan!”. Vali etikdo‘z savdogarga shun-
day debdi: “Og‘zingizga qarab gapiring! Men 
faqir kishiman, ammo yolg‘onchi, o‘g‘ri emas-
man! Va’da qilgan pulingizni berolmasangiz
meni o‘g‘irlikda ayblamang”.
Nopok savdogar Vali etikdo‘zga tuhmat qilib, 
hatto ikkovi mahkamaga (qozixonaga) borishdi. 
Ikki tomon so‘zini eshitgan qozi savdogarning 
aldayotganini sezdi va uni qattiq jazolamoq-
chi bo‘ldi. Qozi g‘azabini bildirmay o‘z qarorini 
e’lon qilib dedi: “Savdogar hamyonidan yuz 
oltin tanga olinganini da’vo qilayapti, etikdo‘z 
esa hamyondan hech narsa olmaganman, deb 
aytayapti. Men har ikkisining so‘ziga ishona-
man, ikkovining ham gapi rost. Shuning uchun 
etikdo‘z topib olgan bu hamyon boshqa odam-
niki, hamyon to egasi chiqqunicha mahkamada 
turib turadi”. Baxil savdogar etikdo‘zga qilgan 
ishidan afsuslandi, ammo endi kech edi...
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
443
Ustoz otangdek ulug‘!
ziz bolalar! Ustozni hurmat qilish sizning 
burchingizdir. Ba’zi kitoblarda ustozning 
haqqi ota-ona haqqidan keyin turishi aytilgan. 
Chunki ota-onangiz dunyoga kelishingizga sa-
babchi bo‘lsa, ustozingiz, qadrli muallimingiz 
oq-qorani tanitadi, o‘qish, yozish va fikrlashga 
o‘rgatadi. Shunday ekan, bolalar, ustozni hur-
mat qilish va unga minnatdorlik izhor qilishi-
miz lozim.
Ustozga hurmat bilan muomalada bo‘lish 
qatorida undan hol-avhol so‘rash, biron ish 
buyursa, darhol bajarish lozim. Shuningdek
kamtarona munosabatda bo‘lamiz, hech qa-
chon ustozdan o‘zimizni katta tutmaymiz. 
Chunki uning yoshi, ilmi va tajribasi ham bi-
znikidan ko‘proq. Shunday ekan, uni behur-
mat qilmaslik va ustozlik haqqini ado qilish 
talab etiladi.
Ota-onamizga qilgan yaxshiliklarni albat-
ta ustozimizga ham qilishimiz kerak. Bundan 
tashqari, ularga yaxshilik so‘rab duo qilishimiz, 
duolarini olishimiz va aytganlarini bee’tibor 
qoldirmay ado etishimiz lozim. Ba’zi yomon 
bolalar ustozlarini xafa qiladilar, aytganlari-
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling