Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 458
- Saxiy abu Hanifa
Uyimizga mehmon kelganda...
y aziz farzand, agar uyingga mehmon kelsa, “xush kelibsiz”, deb uni ochiq chehra bilan kutib ol. Mehmonni ochiq yuz bi- lan kutib olish katta ziyofat bilan barobardir. Mehmondorchilik odoblaridan biri shuki, mehmon oldiga kirganda, chiqayotganda yoki taom yeyilayotganda ochiq yuzli, shirin so‘zli va xushfe’l bo‘lish lozim. Mehmonlar oldida biron kishiga qattiq gapirilmaydi va birovga tanbeh berilmaydi. Chunki mehmon buni o‘ziga og‘ir olib, mezbon mendan xafa bo‘ldimikan, degan xayolga borishi mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 458 Aziz bolajonlar, agar uyimizga mehmon kel- sa, ota-onamizga yordamlashishimiz, mehm- on kutishga ko‘maklashib yuborishimiz ker- ak. Zero, odobli bolalar doim ota-onalariga ko‘maklashadilar. Mehmon kelganida bolalar kattalar bilan sa- lomlashgach, boshqa xonaga chiqib o‘rtoqlari bilan o‘ynaydilar, mehmonlar gap-so‘ziga o‘zlari izn bermaguncha quloq solmaydilar. Mehmon kelganida dasturxonga qo‘yilgan qand-qurs va boshqa quruq mevalarga qo‘l uzatishdan saqlanish kerak. Beodob bolalar dasturxonga beruxsat qo‘l uzatib, u-bu nar- sani qo‘liga olib, uyidagilarni xijolatga qo‘yadi. Odobli bolalar mehmonlar bilan salomlashib bo‘lgach, darhol boshqa xonaga chiqib, biron xizmatga chaqirilsa, xizmatni ildam bajaradi. Mehmonlar ketayotganida ular bilan odob ila xayralashiladi, “Yana kelib turinglar”, “Yaxshi yetib olinglar” – deb ularga yaxshilik tilaydi. Saxiy abu Hanifa (Ibratli hikoya) mom A’zamning Kufada yashaydigan uyi baland edi. Muhtasham saroylarni esga so- lardi. Bir kuni u zotning huzuriga bir kishi kelib: www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 459 – Ey imom, o‘zingiz olim bo‘lsangiz-u, yana dunyo dabdabasiga berilishingiz qanday bo‘ladi? – dedi. – Uyimni hammaning uyidan baland qurdir- ganimga kelsak, Kufaga kelgan kambag‘allar birinchi mening uyimga ko‘zlari tushib, ham- madan boy odam ekan, deb o‘ylashlari va to‘g‘ri menikiga mehmon bo‘lishlari uchundir, – debdi ulug‘ imom. Savol beruvchi imomning donoligiga tan beribdi, hurmat bilan unga ta’zim qilibdi va shogird tushibdi. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling