Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiroyli muomala - bola ziynati
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
450 Xulosa shuki, aziz bolajonlar, inson qadri boylik, chiroy va nasl-nasab bilan belgilanadi, deydiganlar qattiq adashadi va u fikri buzuq odam. Balki kim e’tiqodli, odob-axloqli va ilmli bo‘lsa, insonlardan yaxshiligini ayamasa, o‘sha eng yaxshi va eng hurmatlidir. Chiroyli muomala - bola ziynati ziz bolajonlar, chiroyli muomala nimalig- ini bilasizlarmi? Chiroyli muomala sabr- toqat, odob va yumshoqlik bilan muomala qilish, birov yomonlik qilsa, kechirib, yaxshilik qilsa, unga rahmat aytish va ularga yordam berib, zararni ketkazishga harakat qilishdir. Chiroyli muomala ham so‘z, ham amal bilan bo‘ladi. Quyidagilar go‘zal muomala jumlasidandir: 1. Tijoratchilar bilan muomala qilganda omonatli bo‘lish. Ya’ni, yolg‘on gapirmaslik, xiyonat qilmaslik va ularga ochiq chehra bilan muomala qilishdir. 2. Hunarmand odamlar olgan buyurtmalar- ni puxta qilishi va va’da qilingan vaqtga rioya etishi kerak. 3. Tabib kasallarga muloyim muomalada bo‘- lib, ularga g‘amxo‘rlik qilsin. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 451 4. Bajarish vaqti yetganda har kim o‘z zim- masidagi burchni kechiktirmasdan bajarsin, chunki bu narsa odamlar ko‘z oldida uning qa- drini ko‘taradi. 5. O‘quvchi maktabda o‘rtoqlariga nisbatan odobli bo‘lishi, o‘zini katta tutmasligi va biron- tasiga ozor yetkazmasligi kerak. 6. Har bir inson qo‘shnisiga nisbatan odobli bo‘lishi, uni hurmat qilishi, kasal bo‘lsa, uni borib ko‘rishi, agar ko‘rinmay qolsa, holidan xabar olishi, undan biron narsani qarz olgan bo‘lsa, uni o‘z vaqtida qaytarib berib, bu yax- shiligi evaziga unga rahmat aytishi kerak. 7. Fikriga qarshi chiqqan odam bilan yum- shoqlik va muloyimlik ila munozara qilsin. Chunki bu narsa uning qalbini yumshatadi. 8. Sen yomonlikni yaxshilik bilan daf qil. Chun- ki bu narsa dushmaningni do‘stga aylantiradi. Hadisi shariflarning birida: “Sizlarning men- ga eng suyuklirog‘ingiz eng axloqi go‘zal ro- g‘ingizdir”, - deyilgan. nasihatlar 1. Qo‘lingdan yaxshilik kelmasa, yomonlik qilish dan ham tiyil. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling