Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyat oldidagi vazifalar
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
466 Foydali nasihatlar 1. Umar ibn Xattob shunday dedi:“Insonlarga chiroyli do‘st bo‘- lish aqlning yarmidir. Bilmagani- ni chiroyli tarzda so‘rash ilm ning yarmidir. Chiroyli tadbir qilish ha- yotdagi baxtning yarmidir”. 2. Odamning do‘sti ko‘p bo‘lsa, dushmani kam bo‘ladi. 3. Do‘sti ko‘p kishining yuragi tog‘dek. 4. Chin do‘stlikka qilich ham bas kelolmas. 5. Soxta do‘st – ochiq dushmandan yomon. 6. Modomiki, mening do‘stim dushmanim bilan ko‘p o‘tirgan ekan, men uni hech do‘st deb bilmayman. Chindan ham zahar aralash- gan shakardan saqlanish kerak, ilonga qo‘ngan pashshadan esa qochmoq kerak. 7. Har narsaning yangisi, ammo do‘stning eskisi yaxshi. 8. Har kimning do‘st yoki dushmanligi og‘ir kunlarda bilinadi. 9. Bir hakim shunday deydi: «Do‘sting ber- gan maslahat tufayli ish tutsang-u, biroq nati- ja yomon bo‘lib chiqsa, sen do‘stingni malo- mat qilma, unga: “Sen aytgandek qilaman, deb www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 467 ishim chappasiga ketdi, nega senga maslahat soldim-a!» demagin. Chunki yana ish yuzasi- dan unga maslahat solsang, maslahati to‘g‘ri bo‘lsa-da, oqibati yomon bo‘lishidan qo‘rqib, senga aytmaydi. 10. Sinalmagan do‘st va sinalmagan dush- manga ishonish katta xatodir. Jamiyat oldidagi vazifalar a’lumki, odamlar jamoat bo‘lib yashay- di. Shunday ekan, ularning bir-birlari oldida vazifa va majburiyatlari bor. Jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabat qoidalariga rioya qilinganida jamiyatda tartib bo‘ladi, odamlar tinch-xotirjam va baxtli hayot kechiradilar. Birinchi navbatda har bir inson hurmat- ehtiromga loyiq ekanini bilib olishimiz kerak. Inson zotini kamsitish, jonini xatarga qo‘yish, mulkini toptash va izzat-obro‘sini to‘kish aslo mumkin emas. Agar kim shunday qilsa, kat- ta jinoyatga qo‘l urgan bilan barobardir. Har qanday jamiyatda o‘g‘rilik qilgan, odamlar mulkini nohaq tortib olgan va aldagan qattiq qoralanadi. Bu narsaga muqaddas dinimiz Is- lomda ham qattiq e’tibor berilgan. Dinimizda www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling