Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
464
Bolalar lug‘ati
Sadoqat
– do‘stlik, birdamlik, 
samimiylik va vafodorlik.
Mukofot
– taqdirlash, rag‘ bat-
lantirish, sovg‘a, tortiq.
ozor
– aziyat, zarar, haqorat, 
azob, jabr.
do‘st tanlash va ularni hurmat qilish
y farzand, sen o‘zing uchun yaxshi do‘st 
tanla. Zero, sen qanday bo‘lsang, do‘sting 
ham shunday bo‘ladi. Aksincha, do‘sting qan-
day bo‘lsa, sen ham unga o‘xshaysan. Shu sa-
bab yaxshi va odobli bolalar bilan do‘stlashish 
kerak. Do‘stlikni mustahkamlash, uning uzoq 
davom etishi uchun esa do‘stlar bir-biriga so-
diq, hurmat ko‘rsatuvchi va bir-birining siri-
ni saqlovchi, dushmanlardan himoya qiluvchi 
bo‘ladi. Do‘stlar xursandchilik kunlarida ham, 
xafalik kunlarida ham doim birga bo‘ladilar. 
Faqat xursandchilik kunlarida atrofida ayl-
anib, qiyin vaqtlarda bir-birlarini tark etish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
465
haqiqiy do‘stlik emas. Do‘stning qandayligi 
qiyin va og‘ir vaqtlarda bilinadi.
Ey farzand! Sen do‘sting bilan teng bo‘l, hech 
qachon o‘zingni undan baland qo‘yma, doim ka-
mtarin bo‘l, o‘zingga ravo ko‘rgan narsani unga 
ham ilin. Ya’ni, o‘zing yaxshi ko‘radigan narsani 
do‘stingga ham ber. O‘zing yoqtirmaydigan nar-
sani unga berma! Ko‘p yoru birodarlar, haqiqiy 
do‘stlar orttir. Chunki ularning odamga foydasi 
ko‘p. Chin do‘st tayanchdir. Kimning tayanchi 
bo‘lsa, o‘sha baquvvat hisoblanadi. Baquvvat 
kishining baxt va davlati mustahkam bo‘ladi. 
O‘ziga do‘st topa olmagan kishi odamlarning 
eng ojizidir. Bundan ham ojizi esa oldiniga biron 
do‘st topadi-yu, keyin uni ham yo‘qotib qo‘yadi. 
Sen doim yomon ish qiladigan, so‘zida tur-
maydigan va va’dasini bajarmaydigan odam-
ni do‘st tutma. Chunki u arzimas narsani deb 
senga xiyonat qiladi. Sen yana yolg‘onchi bilan 
do‘st tutinma. U misoli sarobdir: yaqin narsani 
uzoq, uzoq narsani yaqin qilib ko‘rsatadi.
Yana bir maslahatim shuki, ahmoq bilan do‘st 
tutinma! Chunki u doim senga foyda o‘rniga 
zarar keltiradi. Shunday ekan do‘st tanlashda 
shoshilma, eng yaxshi, pokiza va qalbi oftobdek 
va odob-axloqli bolalarni o‘zingga do‘st qilib 
tanla.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling