Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
462
ojizlarga mehribonlik oliyjanoblikdir
1. Agar oilasi va bola-chaqasi ta’minotiga 
qiynalib turgan kambag‘al odamni ko‘rsang, 
unga yordam qo‘lini cho‘zishing va bolalar tar-
biyasida unga ko‘maklashishing kerak. Chunki 
bolalari yaxshi tarbiya olmasa, ular birovlar 
molini o‘g‘irlaydigan o‘g‘ri va jinoyatchiga 
aylanishi mumkin.
2. Agar sen kelajakda bir oilaning boshlig‘i 
(otasi) vafot etib, boquvchisi yo‘qotganini va 
ilgari aziz bo‘lib, keyin xorlanib qolganini bil-
sang, qo‘lingdan kelganicha ularga yordam 
berishing kerak.
3. Agar sen bir odamning cho‘kayotganini 
yoki yong‘in ichida qolganini yoki unga bir vah-
shiy hayvon hujum qilayotganini eshitsang va 
yordam berishga qodir bo‘lsang, evaziga hech 
qanday mukofot va rahmat kutib o‘tirmay 
unga yordamga shoshilishing kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
463
Sadoqatli xizmatkor mukofoti
(Ibratli hikoya)
ir boyning o‘ttiz yildan ko‘proq xizmatini 
qilgan bir xizmatchisi bor edi. Nihoyat, 
bu xizmatchi yoshi ulg‘ayib, xizmatga yara-
may qoldi. Shunda boyning bolalaridan biri 
dedi:
– Ey ota, nima uchun mana bu foydasi 
tegmaydigan kuchsiz xizmatchini bo‘shatib, 
o‘rniga baquvvat xizmatchini olib kelmaymiz?
– Ey o‘g‘lim, bu odam yosh va baquv-
vat vaqtidan beri bizga sadoqat bilan xizmat 
qilib keldi. U yoshligingizda sizlarni yelka-
sida ko‘tarib, ulg‘ayguningizcha sizlarga kel-
gan ozorlarni qaytarardi. Mana endi quvvati 
ketib, kuchdan qolganida uni haydab yubor-
ish odamgarchilikdan emas. Men yaqinda un-
ing ishini bajaradigan quvvatli xizmatkor olib 
kelaman. U esa bog‘dagi hujrasida yashay-
veradi. Endi bizga omonat va ixlos bilan xiz-
mat qilgani evaziga uni taqdirlash uchun biron 
ish qilishga majbur qilmayman, – dedi otasi 
o‘g‘liga.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling