Imomning maneken qizi


Download 25.44 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi25.44 Kb.
#1584630
Bog'liq
taqriz


Omina Shenlik o’g’li “Imomning maneken qizi” asari haqida
Badiiy asar inson dunyoqarashini o’stirishi bilan birga uni tafakkur qilishga undaydi. Shu sababli inson bo’sh vaqtlarida kitoblar o’qib, o’z dunyoqarashini boyitishga harakat qilishi kerak. Shunday kitoblardan biri Omina Shenlik o’g’lining “Imomning maneken qizi” asaridir. Bu kitobni ko’rib, uni o’qib ko’rishga qiziqdim. Sabablaridan biri bu kitobning nomi va undagi voqealar rivojiga qiziqish edi. Dastlab, uni nomi menga qiziq tuyuldi. Imom va maneken bir-biriga zid bo’lishi bilan bir qatorda Imomning qizi maneken bo’lishi qiziq tuyuldi. Shuning uchun bu asarni o’qib chiqib, qattiq ta’sirlandim. Fotimani xatti-harakatidan xudoyim bejizga uchta qizni tarbiyalab, voyaga yetkazib, turmushga uzatgan ota-onaga jannat vada qilinmaganligiga yana bir bor iqror bo’ldim.
Asar qahramoni Imom masjid yaqinidagi uylarda ijarada yashab, ko’chib yurar ekan. Uni Fotima ismli qizi va Usoma ismli o’g’li bor ekan. Imomning yashayotgan uyi tomidan yomg’ir yog’ganda chakka o’tib turar, bir derazaning singan bo’lagiga bo’z tortilgan uy ekan. Bu holat qiziga hech yoqmas, hatto otasining o’lik yuvishidan ham jahli chiqib, oriyat qiladi. Fotimaga diniy ilm o’rgatish maqsadida arab tili kurslarida o’qitadi, Qur’on kitobini yod oldiradi, hijobda yurgizadi. Fotima 8 yoshida ko’chada o’ynayotganda ikki kishi Imomni yomonlaganda eshitib qoladi va u imomlik yaxshi kasb emas ekan deb, otasini ichida yomon ko’rib qoladi. Bora-bora mahalladagi Betush xolaning hiylasiga uchib, otasiga qarshi borishga harakat qiladi. Qo’shni ayol maneken qizlarni tayyorlab, odam savdosi bilan shug’ullanishini bilmagan Fotima maneken bo’lish orzusida yashay boshlaydi. Ochiq sochiq kiyingan ayollarga havas bilan qaraydi. Onasiga o’z hayotlaridan noliyveradi. Hattoki, Imomni ota deyishni ham istamay onasiga “eriz” deb gapirar edi. Onasi Gul xonim ikki o’t otasida qovirilar edi. Qizini yo’qotib qo’yayotganidan tashvishlanar, eriga qarab rahmi kelib yuragi ezilib ketar edi. Shunday bo’lsa ham Imom halimlik bilan qizini sizlab nasihat qilar, bu esa Fotimani battar jahlini chiqarara edi. Onasi ham qattiq turib urib, so’kishga undaganda “g’azab qancha kuchli ko’rinmasin, aslida uning ishi vayronalikdir” deb yaxshi gapirib nasihat qilishdan nariga o’tmasdi. Qizini ortidan poylab borganda avtobosdan tushib hijobini yechib, mini yubkada ko’rganda mashina ichida engashib yig’laganda ham, gazetada boshqa ism bilan maneken bo’lib chiqqanini bilsa ham qiziga indamadi. Faqat o’g’li gazetadagi suratni aytganda, “U opang emas, opang aqlli qiz. Alloh bergan vujudini ko’z-ko’z qilmaydi. Shayton yo’ldan urib shunday qilgan taqdirda ham darrov tavba qilgan bo’lar edi” deb ko’zi bilan ko’rganlarini birovga aytmaydi.
O’z-o’zidan savol tug’iladi. Nega ilmli uquvli qiz Fotima otasiga isyon qilyapti? Uning aybi diniy ta’lim berganimi? Hijob kiygizganimi?! Bu savolga biz javob topa olmaymiz, chunki qaysi bir amalimiz bilan savobga, qaysi bir gunohimiz tufayli turli xil sinov va musibatlarga giriftor bo’lamiz. Lekin farzandlarimizni tazyiq ostida ko’p cheklovlarda ushlash oqibati yaxshi emasligini asar orqali tushunib yetdim. Masalan, sigaret chekma deymiz, aroq ichma deymiz, ammo yashirib bo’lsada, undan ta’tib ko’ruvchi yoshlarimiz borligi bizga sir emas. Shu sabab jamiyat bilan hamnafas yashash bilan birga, do’st dushmanni farqlashga o’rgatishimiz lozimligini angladim. Agar Imom ham qizi orzu qilganidek, televizor olib berganda, arg’imchoqlar uchishiga to’sqinlik qilmaganda, “Imomning qizisan” deb beg’ubor bolaligini tortib olmaganda, balki hayotlari boshqacha bo’larmidi. Shu o’rinda e’tibor berib qarasak, yosh bolalarga ko’plab cheklovlar qo’yilganini ko’rishimiz mumkin. Aslida har bir bola o’ynashga, kulishga haqqi bordir. Biz ta’lim berishda bolani bezdirib qo’ymasligimiz lozim.
Fotima uydan qochib ketgach, Betush xolasi pul berib o’zining odamlariga jo’natadi. Shu bahona Imomga bo’lgan o’chini oladi. Xalqimizda qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi, degan naql bor. Avvaliga sigaret chekishi, keyin oq dorini iste’mol qilishni boshlashi, so’ngra uydan ketishi Imomni juda charchatdi. Masjidga kirib Allohdan hidoyatga boshlashini yig’lab so’raydi. Yana payg’ambarlar hayotini yodga olib, o’ziga taskin berishga harakat qiladi. Soch soqoli ham darrov oqarib ketadi. Fotima ham to’kin hayot ilinjida Betush xola aytgan manzilga boradi. Fotima o’zini ehtiyotlab, ish joyini uch marta almashtiradi. Orada Betush xola ham qarzini istab, urishib ham ketadi. Fotima orzusiga yetgani bilan xursand emas edi. Har kuni ichidagi Fotima bilan jang qilar, o’z uyini, ota-onasini, ukasini qo’msar edi. Otasining so’zlari quloqlari ostida jaranglar edi: “Qizim bolajonim, o’zingni ehtiyot qil. Shaytoniy hoy-u havaslarga berilma. Inson oltinga o’xshagan bo’ladi. Najosatga tushsa ham tozalansa, Alloh nazdida toza hisoblanadi. Lekin insonning oltindan farqli yana bir tarafi borki, bir marta ifloslandimi tozalansa ham, odamlarning ko’z o’ngida dog’li bo’lib qolaveradi. Ertaga farzandli bo’lganingda ularning oldida vijdoning pok bo’lib onalik qilsang, turmush o’rtog’inga nisbatan ham vijdoning pok bo’lsa, ko’ngling hotirjam bo’ladi. “Yana imomning qizi ekanligingni unutma demayman”, “Allohning quli ekanligingni unutma” degan so’zlarni aytganda ichida yig’layotganini qizi qayerdan ham bilsin. Endi bo’lsa otasining so’zlari quloq ostida jarang sochganda ularni holatini his qila boshladi. Otasini ko’ziga qarashga botinolmay, uydan ketgan qiz o’sha yomon ko’rgan uyiga borishga oshiqadi. Lekin jurati yetmaydi. Shunday bo’lsada, u iffatini saqlaydi. Atrofidagi bulg’angan ayollarni to’g’ri yo’lga yurishga da’vat etadi. Asli tortar nasliga deb, Fotima ham o’zligini topib uyiga qaytib boradi. Qo’shni mayitni otasi deb o’ylab, faryod chekadi. Keyin otasi tirikligidan xursand bo’ladi. Qizning boshqalarga o’xshamagan xatti-harakatlaridan xo’jayinning ukasi surishtirib, yaxshi insonni farzandi ekanligini bilib, qizni sinovlardan o’tkazib, uning qo’lini so’raydi. Xayriyatki, Imomning nasihatlari bejiz ketmadi. Fotima “Hayot maktabidan” katta dars oldi va xulosa chiqardi. Onasining oqilaligi va otasining ezgu ishlari sabab, Alloh uni to’g’ri yo’lga hidoyat qildi.
Biz ham hayotning har xil sinovlari bilan to’qnashamiz. Har bir musibat ortidan yaxshilik kelishini unutmaylik. Alloh ota-ona baxtiga musharraf qilganiga shukrona aytib, ularni komil inson qilib tarbiyalash burchimiz ekanligini unutmaylik. Qiyin vaziyatlarda Allohdan sabr qanoat so’rab, chiroyli yechim berishini so’raylik. So’zim yakunida hech kimni solih va soliha farzandlar ko’rishdan benasib qilmasligini tilab qolaman. Mana shu asarni barcha o’qishini va undan o’zi va oilasi uchun ma’naviy ozuqa olishini istab qolaman.
Download 25.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling