Aql tarozisida o’lchab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Abu Ali ibn Sino


Download 194.87 Kb.
bet1/11
Sana08.11.2020
Hajmi194.87 Kb.
#142581
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOLOGIYA 80


GENETIKA




Aql tarozisida o’lchab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Abu Ali ibn Sino
Genetika tirik organizmlarning irsiyati va o’zgaruvchanligi to’g’risidagi fan bo’lib, biologiyaning alohida shaxobchasi sanaladi. Irsiyat barcha hayotiy hodisalarning asosini tashkil etib, tirik organizmlarning o’xshash belgi-xossalarini avloddan-avlodga o’tishi va rivojlanishini ma'lum tashqi muhit sharoitida ta'minlab beruvchi xossadir, o’zgaruvchanlik esa tirik organizmlarning ota-ona belgilaridan farq qiluvchi yangi belgilarni namoyon qilish xossasidir.
1-DARS

Gametalar olish
Gameta bu jinsiy hujayra hisoblanadi. Gametalarda xromosomalar toq (gaploid) xolatda bo’ladi. Yani somatik-tana hujayralaridagi gomologik juft xromosomalardan faqat bittasiga ega bo’ladi.

Shuning uchun gametalarda allel genlardan faqat bittasi bo’ladi.
Masalalar:
1.Ikki belgisi bo'yicha geterozigota bo'lgan genotiplarni ko'rsating.

1)AabbCcDD; 2)AAbbCCdd; 3)AaBbCcdd;

4)AABBCcDd; 5)AABbCcDd

A)1, 4 B)1, 4, 5 C)2,3 D)3, 4, 5

2. Quyidagi genotipga ega bo'lgan organizmlardan qaysi biri 4 tipdagi gametalar berishini belgilang.

A) AaBbCcDD B) AaBBCCDd

C) AABBCcDD D) AaBBCcDd

3. AaBbccDd genotipli organizmda necha xil gameta hosil bo'ladi?

A) 4 B) 6 C) 8 D) 16

4. Quyidagi AaBBCcDD genotipga ega bo'lgan organizm necha tipdagi gametalarni hosil qiladi?

A)4 B)2 C)8 D)16

5. Quyidagi berilgan genotiplarning qaysi biridan

4 xil tipdagi gametalar olish mumkin?

1)AABB; 2)AaBB; 3)AaBbCC; 4)AABbCcDD; 5)AABbCCDD; 6)AaBBCcDD; 7)AaBbCc; 8)AABbCcDd; 9) AaBBCCDd.

A) 3,4,6,9 B)1,2,3,5 C)7,8,9,4 D) 6,4,3,2

6. Ikki belgisi bo'yicha geterozigotali bo'lgan genotipni toping.

A) AABbCCDd

B) AaBbCcDD

C) AaBBCCDD

D) AABbCCDD

7. Ikki belgisi bo'yicha gomozigotali bo'lgan genotipni toping.

A) AABbCCDd

B) AaBbCcDD

C) AaBBCCDD

D) AABbCCDD

8.Birinchi va uchinchi belgilariga ko‘ra geterozigotali triduragay genotipli organizmni toping.

A) AABbcc B) AabbCcDD

C)AaBbCC D) AaBBCc

9.Quyida berilgan genotiplardan qanday gametalar olish mumkin?

1.Aa, 2.AABb, 3.AaBB, 4.AaBb, 5.AABbCc,

6. AaBbCc, 7.AaBBCcDd, 8.AABbCCDd, 9.AABbCcDd, 10.AaBbCcDd, 11.AABbCcDD, 12.AaBbCcdd, 13.AaBbCcDdEE,14.AaBbCcDDEe, 15.AaBbCcDdEe

10 .Quyidagi genotipga ega bo'lgan organizmlardan qaysi biri 16 tipdagi gametalar berishini belgilang.

A) AaBbCcDDEe

B) AaBbCCDd

C) AABBCcDDEe

D) AaBBCcDdEeFf

11. Quyidagi AaBBCcDD genotipga ega bo'lgan organizm necha tipdagi gametalarni hosil qiladi?

A) 4 B) 2 C) 8 D) 16

12. Uchta belgisi bo’yicha geterozigota formani ko’rsating.

A)AABBCC B) AaBbCC

C)AaBbCC D) AaBbCc

13. To’rtta belgisi bo’yicha geterozigota organizm necha xil gameta hosil qilishi mumkin?

A) 32 B)4 C)8 D)16

14. Genotipi AaBbCcDdEe bo’lgan organizm necha xil gameta hosil qiladi?

A)8 B) 64 C)32 D)16

15.Quyidagi keltirilgan organizmlarni ulardan olinadigan gametalar soni kamayib borish tartibida joylashtirligan javobni korsating.

1) AaBbCcDd; 2) AabbCcDD; 3) AAbbCCdd;

4) AaBbCcdd; 5) AABBccDd

A) 3, 5, 2, 4, 1

B) 1, 5, 4, 2, 3

C) 1, 3, 4, 5, 2

D) 1, 4, 2, 5, 3

16. Uchta belgisi bo’yicha farq qiladigan, lekin ikkita belgisi bo’yicha geterozigota organizm necha xil gameta hosil qiladi?

A) 2 B) 4 C) 16 D) 8

17. BbDD x Bbdd genotipli organizm o’zaro chatishtrilsa, qanday gametalar hosil bo’ladi?

A)BD, bd, bD, dd

B)BD, bD, Bd, bD

C)BD, bD, Bd, bd

D)BD, bD, Bd, Bd

18. Tetraduragay chatishtirishda necha xil gametalar xosil bo’ladi ?

A)8 B)16 C)32 D) 64

19. Pentaduragay chatishtirishda necha xil gametalar xosil bo’ladi ?

A)8 B)16 C)32 D) 64

20. Quyidagi genotipli organizmlarning qaysi biri ikki tipdagi gametalar beradi?

A)AABBcc

B)AaBbCcKk

C)AABBCC

D) AABbCC

21. Qaysi genotipli organizmlar ikkita (1), to’rtta (2), sakkizta (3), va o’n oltita (4) gametalar hosil qiladi?

a)aabbccDd; b) aaBbCcdd; c) AABBccdd;

d) AabbCcDc; e) AaBbCcDDEe; f) aaBbccddee;

j) AabbCCDd; k) aaBbccDdEe; i) aaBbCcDdEe

A) 1-a,2-b,3-c,4-d

B) 1-a,f, 2-b,j, 3-d,k, 4-e,i

C) 1-a,j, 2-b,f, 3-d,k, 4-e,c

D) 1-a,f, 2-b,k, 3-d,j, 4-e,i

22.AaBBccDd genotipli organizmga tegishli javoblarni belgilang.

1.ikki belgisi bo‘yicha geterozigotali; 2.to‘rtta belgisi bo'yicha geterozigotali; 3.8 ta gameta hosil qiladi;

4. 4 ta gameta hosil qiladi; 5. ikkita belgisi bo‘yicha resessiv gomozigotali.

A) 1,5 B) 2, 3 C) 1,3,5 D) 1,4

23. Quyidagicha genotipli organizm qanday gametalar hosil qiladi.

a) AaBbSsDd (16 xil)

b) AaBbSsDdFf (32 xil)

24. Quidagi genotiplar necha hil gameta hosil qiladi?

a) AABBCCDD; b) aabbccDdmm;

c) AabbCCcc; d) AaBB; e) AaBBCcDdmm;

A) a-2,b-4,c-8,d-1,e-16

B) a-1,b-2,c-8,d-1,e-16

C) a-1,b-2,c-4,d-2,e-8

D) a-1,b-2,c-2,d-2,e-8

25. Quyidagi genotipli organizmlar nechta gameta hosil qiladi

a) AaBbCcDDee; b) aaBbCCDdEe.

A) a-16,b-32 B) a-32,b-16

C) a-8, b-8 D) a-8, b-16

26.Quyidagi organizmning genotipini aniqlang, nechta va qanday gametalar hosil qilishini aniqlang.

a) birinchi belgisi bo'yicha geterozigotali bo'lgan qora soch va o'naqay ayolda (ikkala belgi ham dominant);

b) ikkinchi belgiga nisbatan geterozigotali bo'lgan normal eshitadigan va polidaktiliyali erkak (normal eshitish va polidaktiliya dominant belgilar hisoblanadi).

A) a-AaBb,b-AABB

B) a-AABb,b-AABb

C) a-AaBB,b-AABb

D) a-AaBB,b-AaBb

27.Yettita belgisi bo'yicha bir-biridan keskin farq qiluvchi gomozigotali organizm necha xil gametalar xosil bo’ladi ?

A) 32 B) 16 C) 8 D) 1

28. Genotipi AaBBCcDD x aaBbccDd bo'lgan organizmlar chatishtirilganida gametalar nisbati qanday bo'ladi?

A) 2:2 B) 2:4 C) 4:8 D) 4:4

29. AaBbCCddFfGg genotipli organizmda abCdfG gametaning hosil bo'lish ehtimolini aniqlang.(%)

A) 0% B) 12,5% C) 4,5 % D) 6,25%

30.AaBbccddLlMmNnOo va aabbCcDdLlMmnnOo quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lgan gametalarni aniqlang.

1.abcdLmnO 2.AbcdlMNo 3.abcdlMno 4.abCdlMno 5.aBcDLmNO

A)1,3 B)1,4 C)2,3 D)2,4


31. AaBbccddLlMmNnOo va aabbCcDdLlMmnnOo quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lmagan gametalarni aniqlang.

1.abcdLmnO 2.AbcdlMNo 3.abcdlMno 4.abCdlMno 5.aBcDLmNO

A)1,5 B)3,4 C)1,3 D)2,4

32.AABbCcDDEeFfmm va AAbbCcDDEeffMm quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2 ta organizm uchun umumiy bo`lgan gametalarni aniqlang.

1.AbCDEfm 2. AbCDEFm 3. ABcDEfm

4. AbcDefm 5. AbCDEfM

A)1,4 B)1,5 C)2,4 D)3,5

33. AABbCcDDEeFfmm va AAbbCcDDEeffMm quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lmagan gametalarni aniqlang.

1.AbCDEfm 2. AbCDEFm 3. ABcDEfm

4. AbcDefm 5. AbCDEfM

A)1,4 B)1,5 C)2,4 D)3,5

34.AaBbddJjKkrr va AaBbDdjjKKRr quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lgan gametalarni aniqlang.

1.abdjkr 2.abdjKr 3.ABdjKr 4.ABDjkR 5.aBdJKr

A)2,3 B)1,5 C)2,4 D)3,5

35. AaBbddJjKkrr va AaBbDdjjKKRr quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lmagan gametalarni aniqlang.

1.abdjkr 2.abdjKr 3.ABdjKr 4.ABDjkR 5.aBdJKr

A)2,3 B)1,5 C)2,4 D)3,5

36.AaBbccDdjj va aaBbCcddJj quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lmagan gametalarni aniqlang.

1.abcdj 2.aBcdj 3. aBcDj 4. Abcdj 5. aBcdJ

A)1,2 B)2,3 C)4,5 d)1,5

37. AaBbccDdjj va aaBbCcddJj quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lgan gametalarni aniqlang.

1.abcdj 2.aBcdj 3. aBcDj 4. Abcdj 5. aBcdJ

A)1,2 B)2,3 C)4,5 В)1,5

2-DARS

Monoduragay chatishtirish

CHatishtirishda ishtirok etgan ota-ona organizmlar biror belgisi bilan farq qilsa, ular monoduragaylar deyiladi. Birinchi bo‘g‘inda hosil bo‘lgan belgi dominant, yashiringan belgi retsessiv belgi deyiladi. Birinchi bo‘g‘in duragaylarning o‘rganilayotgan belgisi bo‘yicha o‘xshashligi Mendelning birinchi qonuni deyiladi. Agar birinchi bo‘g‘in duragaylar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘inda 75% dominant, 25% retsessiv belgili formallar yuzaga keladi. Ana shunga asoslanib, Mendel o‘zining ikkinchi qonunini kashf etgan. Uning mazmuni F1 duragaylarning xilma-xil bo‘lishi va ular nisbatining 3: 1 sxemada yuz berishadir. Mendel nima sababdan ikkinchi bo‘g‘in duragaylar xilma-xillik beradi, degan muammoni hal etish uchun gametalar sofligi gipotezasini ilgari surgan. Bu gipotezaga muvofik, har qanday organizmda tashqi-ichki belgi, xossalarni hosil qiluvchi irsiyatning moddiy asoslari-faktorlari mavjud. Mendel ana shu faktorlarni lotin alifbosining harflari bilan ifodalanadi. Dominant belgini katta, retsessiv belgini kichik harf bilan belgiladi. Belgilarning rivojlanishini ta’minlovchi genlar allel genlar deb nomlanadi.

Misol uchun no‘xat doni rangining nasldan-naslga o‘tishini olib ko‘rsak monoduragaylarning F1 va F2 bo‘g‘inida tubandagi xodisani ko‘rish mumkin:

P AA x aa

fen s. ya.

F1 Aa x Aa

fen s. s.

F2 AA: Aa: Aa: aa

fen s. s. s. ya.
Binobarin, F2 da fenotip bo‘yicha 3: 1, genotip bo‘yicha 1:2:1 nisbatda ajralish ro‘y beradi. Bir xil genga ega bo‘lgan organizmlar gomozigota, har xil genga ega bo‘lgan organizmlar geterozigota organizmlar deyiladi

Masalalar:

1. Dukkagi oddiy (dominant)shaklli no'xat navi dukkagi bo'g'imli shaklga ega bo'lgan navi bilan chatishtirilsa :

I. F2 da genotip bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?

A)1:2:1 B)13 : 3 C)1 : 1 D)3 : 1

II. F2 fenotip bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?

A)100% oddiy B)1 oddiy : 1 bo'g'imli

C)3 oddiy : 1 bo'g'imli D)3 bo'g'imli : 1 oddiy

2. Geterozigota (Aa) qora rangli sigirni qizil rangli (aa) buqa bilan chatishtirish natijasida F1 da qanday fenotipli buzoqcha olish mumkin?

A)faqat qora B)faqat qizil

C)75% qora, 25% qizil D)50% qora, 50% qizil

3. Geterizogata qizg’ish poyali (Aa) pomidor gomozigota yashil (aa) pomidor bilan chatishtirildi. Duragaylarning fenotip va genotipini aniqlang?

A)1 Aa: 1 aa (1 ta qizg’ish, 1 ta yashil)

B)1 AA: 1 aa (1 ta qizg’ish, 1 ta yashil)

C)1 AA: 1 Aa (hammasi qizg’ish)

D)1 AA: 1 aa (hammasi yashil)

4.Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona organizmlar qizil rangga ega edi, lekin ular chatishtirilganda 3\4 qizil, 1\4 sariq pomidor hosil bo‘ladi. Ota-onaning genotipini aniqlang.

A) AA x aa B) Aa x aa

C) AA x Aa D) Aa x Aa

5.G‘o‘zaning hosil shoxi gomozigota cheklanmagan (S) va cheklangan (s) formallari o‘zaro chatishtirildi. F2 bo‘g‘inning fenotipini aniqlang.

A) 3:1 B) 1:2:1 C) 1:1 D) 2:1

6. Mioplegiya kasalligi dominant belgi sifatida nasldan-naslga o‘tadi.

I. Ota shu kasallik bo‘yicha geterozigota, ona sog‘lom bo‘lgan oilada mioplegiya kasalligi bilan tug‘ilish ehtimoli qanday.(% )

A) 50% B) 25% C) 100% D) 75 %

II. Quydagi genotipli organizmlarning qaysi biridan 75 % kasal, 25% sog’ bolalar tug’iladi?

A) AA x aa B) Aa x Aa

C) Aa x AA D) Aa x aa

7. Geterozigota (Aa) qora quyonlar o’zaro chatishtirilsa, keyingi bo’g’inda ajralishlar fenotip va genotip bo’yicha qanday bo’lishini aniqlang?

A) 1Aa:1aa (1 ta qora, 1 ta oq)

B) 1Aa:1aa (hammasi qora)

C) 1AA:2Aa:1aa (3 ta qora, 1 ta oq)

D) 1AA:2Aa:1aa (3 ta oq 1 ta qora)

8. Drozofila meva pashshasida normal qanot dominant, egilgan qanot retsessiv gen ta’sirida rivojlanadi. Naslda 3: 1 yoki 1: 1 nisbat olish uchun qanday genotipli pashshalarni o‘zaro chatishtirish kerak.

A) AA x aa, Aa x aa B) Aa x Aa, AA x Aa

C) Aa x Aa, AA x aa D) Aa x Aa, aa x Aa

9. Ipak qurti lichinkalarining yo‘l-yo‘lligi (A) bir xil rang (a) ustidan dominantlik qiladi. Yo‘l-yo‘l geterozigotali qurtdan chiqqan kapalak bir xil rangli qurtdan chiqqan erkak kapalak bilan chatishtiriladi. F1 bo‘g‘in fenotipini toping.

A) 3:1 B) 1:1 C) 1:2:1 D) 2:1

10. Ipak qurti pillasining qoramtir rangi (A) oq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi Geterozigotali urg‘ochi kapalak shunday erkak kapalak bilan chatishishidan qanday nasl hosil bo‘ladi.

A) 3:1 B) 1:1 C) 1:2:1 D) 2:1

11. Vilson kasalligida mis elementining almashishi buziladi. Bu belgi retsessiv bo’lib, autosoma xromosomasiga bog’liq. Ota – onalarning bittasi shu belgiga nisbatan kasal, ikkinchisi esa sog’lom (uning ota- onasi ham sog’lom) bo’lsa oilada kasal bolalar tug’ilishi mumkinmi?

A) mumkinmas B) mumkin 25%

C) mumkin 50% D) mumkin 100%

12. Quyonlarda yungining normal uzunligi dominant (B), qisqaligi(b) ressesiv belgi hisoblanadi.

I. Normal yungli quyon qisqa yungli quyon bilan chatishtirilishi natijasida 50% normal yungli, 50% qisqa yungli quyonlar olindi. Ota- ona formalarning genotipini toping.

A)BbxBB B)Bbxbb

C)BBxbb D)BbxBb

II. Quyidagi genotipga ega organizmlar Bb x BB o’zaro chatishtirilishidan qanday genotipli organizmlar hosil bo’lishini aniqlang.

A)Bb va BB B)Bb va bb

C)BB va bb D)Bb va Bb

13.Kulrang (Aa) geterozigota qo’y bilan qora rangli qo’chqor (aa) chatishtirilganda F1 da qanday fenotipli organizmlarni kutish mumkin?

A)hammasi qora

B)hammasi kulrang

C)75%qora,25%kulrang

D)50 %qora,50%kulrang

14.Kulrang (AA) gomozigota qo’y bilan qora rangli qo’chqor (aa) chatishtirilganda F2 da qanday fenotipli organizmlarni kutish mumkin?

A)hammasi qora

B)hammasi kulrang

C)75% qora, 25% kulrang

D)25 % qora, 75% kulrang

15.Geterozigota poyasi uzun (Aa) o’simlik gomozigota past bo’yli (aa) o’simlik bilan chatishtirildi. Duragaylarni genotip va fenotip bo’yicha ajralishini belgilang.

A)1 Aa: 1 aa (1 ta uzun: 1 ta past bo’yli)

B)1 AA: 1aa (1 ta uzun: 1 ta past bo’yli)

C)1 AA: 1Aa (hammasi uzun poyali)

D)1 AA: 2 Aa: aa (3 ta uzun poyali: 1 ta past bo’yli)

16. Shoxsiz mol bilan (AA) shoxli (aa) buqani chatishtirish natijasida F1 da qanday buzoqchalar kutish mumkin?

A)shoxsiz

B)shoxli

C)75% shoxsiz, 25% shoxli

D)50% shoxli, 50% shoxsiz

17.Sariq junli erkak va urg’ochi quyonlar chatishtirilganda, ularnning 36 tasi sariq, 12 tasi oq quyon olindi. Urg’ochi va erkak quyonlarning genotipi va hosil bo’lgan avlodlar nisbatini aniqlang.

A) Aa x aa 1:1 B) Aa x Aa 2:1

C) Aa x Aa 3:1 D) AA x aa 3:1

18.Pomidorda mevaning tuksiz bo’lishi tukli bo’lishidan dominantlik qiladi.

I.Tuksiz mevali pomidor bilan tukli mevali pomidor chatishtirilganda, F 2 da ajralish nisbati qanday bo’ladi?

A)1/2 tuksiz : 1/2 tukli B) 1/4 tuksiz : 3/4 tukli

C)2/4 tuksiz : 3/4 tukli D) 3/4 tuksiz : 1/4 tukli

II. tuksiz mevali geterozigotali pomidor bilan tukli mevali pomidor chatishtirilganda, ajralish nisbati qanday bo’ladi?

A)1/2 tuksiz : 1/2 tukli B)1/4 tuksiz : 3/4 tukli

C)2/4 tuksiz : 3/4 tukli D)3/4 tuksiz : 1/4 tukli

19.Tovuqlarda gulsimon toj R geni bilan, bargsimon toj esa r geni bilan belgilanadi. Gulsimon tojli xo'roz ikkita gulsimon tojli tovuq bilan chatishtirildi. Birinchisi 14 ta jo'ja berdi, ularning hammasi gulsimon tojli edi. Ikkinchisi esa 13 ta jo'ja berdi, ulardan 10 tasi gulsimon, 3 tasi esa bargsimon tojli edi. Barcha ota-onalarning genotipini aniqlang.

A)Aa x aa, aa x AA

B) aa x AA, AA x Aa

C)AA x Aa, Aa x Aa

D) Aa x Aa,aa x Aa

20.Odamlarda kichik jag’ tishlarining bo'lmasligi dominant belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi Ona shu belgi bo'yicha sog’lom, ota esa geterozigotali bo’lgan oilada farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ona organizmiga o’xshash bo'ladi?

A) 50 B) 25 C) 75 D) 100

21. Ikkita qora erkak kalamush jigarrang urg'ochi kalamush bilan chatishtirildi. Birinchi qora kalamushdan 20 ta qora va 17 ta jigarrang,

ikkinchi qora kalamushdan faqat 33 ta qora rangli kalamushlar olindi. Har ikkala chatishtirishdagi ota-ona genotipini aniqlang.

A)Aa x aa, aa x AA

B) aa x AA, AA x Aa

C)AA x Aa, Aa x Aa

D) Aa x Aa,aa x Aa

22. Tovuqlarda gulsimon toj dominant(A), oddiy toj retsessiv(a).

I. Tajribada gomozigotali gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo’rozlar bilan chatishtirilganda olingan duragaylar o’zaro chatishtirilgan. Olingan duragaylarni fenotip bo’yicha ajralish nisbati qanday?

A) 1 ta no’xotsimon, 2 ta gulsimon, 1 ta oddiy

B) 3 ta gulsimon, 1 ta oddiy

C) 1 gulsimon, 2 ta yong’oqismon, 1 oddiy

D) hammasi gulsimon

II. Tajribada gomozigotali gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo'rozlar bilan chatishtirildi.

F1 duragaylari bilan tahliliy chatishtirish o'tkazilsa, F2, da qanday xilma-xillik vujudga kelishini aniqlang.

A) 50% gulsimon tojli, 50% oddiy tojli

B) 75% gulsimon tojli, 25% oddiy tojli

C) 25% gulsimon tojli, 75% oddiy tojli

D) 100% gulsimon tojli

23.Monoduragay chatishtirishda ikki xil irsiy formaga ega bo’lgan gomozigota formalar ishtirok etgan F2 duragaylarini hosil bo’lishida ishtirok etgan gametalar nisbati qanday bo’ladi?

A)3:1 B)1:2:1 C) 2:2 D) 2:1:1

24. Uzun quloqli (AA) urg’ochi sichqon bilan, kalta quloqli (aa) sichqon chatishtirilganda F2 da qanday fenotipli sichqonlarni kutish mumkin?

A) uzun quloq

B) kalta quloq

C)757. uzun quloq va 257. kalta quloq

D)257. uzun quloq va 757. kalta quloq

25. Dengiz cho’chqalarining silliq junli bo’lishi retsessiv genga bog’liq, hurpaygan dominant gen bilan aniqlanadi. Hurpaygan junli ikkita dengiz cho’chqalari chatishtirilganda ulardan 36 tasi hurpaygan 12 tasi silliq junli bo’ldi. Ularning ichida nechtasi dominant gomozigotali?

A) 11 B) 12 C) 36 D) 24

26. G'o'za o'simligining normal poyali va past poyali o'simliklari chatishtirilganida F1 da doimo normal poyali o'simliklar olingan. Chatishtirilgan normal poyali o'simliklar o'z-o'zidan changlantirilganida naslning ko’p qismi normal poyali o'simliklar bo’lgan. Normal poya qanday irsiylanadi?

A) dominant

B) retsessiv

C) chala dominant

D) jinsga birikkan holda

27. Odamlarda kipriklarning uzun bo'lishi dominant genga, kalta bo'lishi retsessiv genga bog'liq. Uzun kiprikli ayol bilan kalta kiprikli erkak turmushidan 9 ta farzand tug'ildi deb faraz qilaylik. Ularning 4 tasi uzun kiprikli, 5 tasi kalta kiprikli bo'lsa ota-ona genotipi qanday bo'ladi?

A)Aa x aa B) aa x AA C)AA x Aa D) Aa x Aa

28.Bo'yni va qornida oq dog'chalari bo'lgan qora mushuk (S) xuddi o'zinikidek fenotip va genotipga ega bo'lgan mushuk bilan chatishtirildi. Bu juftlikdan butun tanasi qora rang bilan qoplangan dog'siz mushukchalar tug'ilgan bo'lsa, bundan keyin ham dog'siz mushuklarning tug'ilish ehtimolini toping (%)

A)75 B) 50 C)25 D) 0

29. Normal jihatlarga ega bo'lgan drozofila pashshalari o'zaro chatishtirilganida olingan avlodning 25 %i ko'zlari kichik bo'lib rivojlandi.

Ota-ona formalaridan biri qisqargan ko'zli forma bilan chatishtirilganida 24 ta ko'zlari qisqargan, 21 ta normal bo'lgan avlod rivojlandi. Har ikkala tajribadagi pashshalarning genotipini aniqlang.

A)Aa x aa, aa x AA

B) aa x AA, AA x Aa

C)AA x Aa, Aa x Aa

D) Aa x Aa,aa x Aa

30.Keltirilgan genotiplarning qaysi birlari dominanatlik belgilarini hosil qilishi mumkinlgini ko’rsating.

A)Aa, AA, aa B)AA, aa

C)AA, Aa, aa D)AA, Aa

31. Sichqonlar yungining kumushrang bo'lishi bilan mutatsiyaga uchraydi. Normal yungli sichqonni kumushrang yungli sichqon bilan chatishtirganda faqat normal yungli sichqonlar olingan F1 dagi normal yungli urg'ochi sichqonni kumushrang yungli sichqon bilan qayta chatishtirilganda 38 ta kumushrang va 40 ta normal avlod olingan. Sichqonlarda kumushrang qanday irsiylanadi?

A) dominant B) retsessiv

C) chala dominant D) jinsga birikkan holda

32.No'xatdagi urug'pallaning sariq rangi yashil rang ustidan dominantlik qiladi. Ota-ona o'simliklarning o'z-o'zidan changlanishi natijasida 33 ta sariq va 11 ta yashil no'xat olindi. Ota-ona o'simliklarning genotipini aniqlang. Sariq rangli o'simliklarning (taxminan) nechtasi gomozigotali, geterozigotali?

A) 12,11 B) 33,11 C) 11,22 D)22,11

33. Pomidor mevasi yumaloq va noksimon shakllarda bo'ladi. Agar ikki o'simlikni chatishtirib olingan avlodda yumaloq va noksimon mevali o'simliklarning soni teng bo'lsa, chatishtirilgan o'simliklarning genotipini aniqlang.

A) Aa x aa B) AA x aa

C) Aa x Aa D)Aa xAA

34. Jag'-jag'ning uchburchak mevali o'simliklari o'zaro chatishtirilganida uchburchak va tuxumsimon mevali o'simliklar olindi. Chatishtirilgan o'simliklarning genotipini aniqlang.

A) Aa x aa B) AA x aa

C) Aa x Aa D)Aa xAA

35. Bug'doyda poyalarning past bo'lishi baland bo'lishiga nisbatan ustunlik qiladi.

I.Agar ikki o'simlik chatishtirib olingan avlodning ½ qismini past bo'yli bug'doy o'simliklari tashkil qilsa, chatishtirilgan o'simliklarning genotipini aniqlang.

A) Aa x aa B) AA x aa

C) Aa x Aa D)Aa xAA

II.Agar ikki o'simlik chatishtirib olingan avlodning ¾ qismini past bo'yli bug'doy o'simliklari tashkil qilsa, chatishtirilgan o'simliklarning genotipini aniqlang.

A) Aa x aa B) AA x aa

C) Aa x Aa D)Aa xAA

36.Pashshalar chatishtirilganida F2 da olingan avlodning 1392 tasi kulrang va 467 tasi qora bo'ldi. Boshlang'ich ota-ona formalarining genotipini aniqlang.

A) Aa x aa B) AA x aa

C) Aa x Aa D)Aa xAA

37. Dengiz cho'chqasining qora rangli urg'ochisi oq rangli erkagi bilan chatishtirilganida olingan avlodlar o'rtasida oq rangli individlar ham bor edi. Agar junning qora rangi oq rangiga nisbatan dominantlik qilsa, ota-onalarning genotipi qanday?

A) Aa x aa B) AA x aa

C) Aa x Aa D)Aa xAA

38. Burishgan va silliq urug'li no'xat o'simligi chatishtirilganida F2 da 7325 ta no'xat olindi, shulardan 1850 tasi burishgan edi. Bu holatda

qaysi belgi dominantlik qilgan? F2da olingan o'simliklardan nechtasi gomozigotali ekanligini aniqlang.

A) silliq, 5475 B) burishgan, 4290

C) silliq , 3675 D) silliq, 1825

39. Jigarrang va kulrang qorako'zanlar chatishtirilganida olingan avlod jigarrang, F2 da esa 96ta jigarrang va 31 ta kulrang qorako'zanlar olindi. Qaysi belgi dominantlik qilgan? F2 da olingan jigarrang qorako'zanlarning taxminan nechtasi dastlabki ota-onalarning genotipiga o'xshash genotipga ega?

A) jigarrrang , 96 B) kulrang ,48

C) jigarrrang,31 D) jigarrrang,32

40. Sulida kechpisharlik ertapisharlikka nisbatan retsessiv belgi hisoblanadi. Tajribada kechpishar suli geterozigota ertapishar suli bilan chatishtirilganida 69134 ta ertapishar o'simlik olindi. Shu bo'g'indagi kechpishar sulilarning sonini aniqlang.

A) 64567 B) 4567

C) 34567 D) 17284

41. Yunglari hurpaygan va silliq dengiz cho'chqalari o'zaro chatishtirilganida F1 da fenotiplari ota-onanikiga o'xshash bo'lgan 144 ta avlodlar olingan. Shu olingan avlodning nechtasi gomozigotali?

Shu olingan avlodning nechtasi dominant belgili

(hurpaygan yung silliq yung ustidan dominantlik qiladi)?

A)144,144 B) 72,72 C) 144,72 D) 72, 36

42. Qora qorako'l qo'chqori bilan qo'ng'ir ona qo'y chatishtirilgan. F1 da 28 ta qora, 32 ta qo'ng'ir qo'zichoq olingan. Ota-onaning genotipini aniqlang.

A)Aa x aa B) aa x AA

C)AA x Aa D) Aa x Aa

43. Qora qorako'l qo'chqori bilan qo'ng'ir ona qo'y chatishtirilgan. (qo'ng'ir rang dominant belgi). F1 da olingan qo'ng'ir rangli qo'zichoqlar keyinchalik o'zaro chatishtirilganida qora rangli avlodlarning olinish ehtimolligi qancha (%)?

A)75 B) 50 C)25 D) 100

44. Ola quyonlar bir xil rangli quyonlar bilan chatishtirilganida doimo ola quyonlar olingan. F2 da esa 24 ta ola va 8 ta bir xil rangli quyonchalar

olingan. 24 ta ola quyonchalardan taxminan nechtasi geterozigotali?

A)24 B) 8 C)16 D) 12

45. Otlarda hiqildoq irsiy kasalligi mavjud. Kasal otlar yugurganida xarakterli xirillaydi. Kasal ota-onalardan tug'iladigan toylar bazan sog'lom bo'ladi. Shu kasallik qanday irsiylanadi?

A) dominant

B) retsessiv

C) chala dominant

D) jinsga birikkan holda

46. Normal belgilarga ega bo'lgan pashshalar o'zaro chatishtirilganida olingan avlodlarning. 1/4 qismining ko'zlari o'zgargan edi. Shu pashshalar (ko'zlari o'zgargan) normal pashshalar bilan qayta

chatishtirilganida 37 ta ko'zlari kichraygan hamda 39 ta normal ko'zli individlar olingan. Har ikkala chatishtirishdagi ota-ona formalarining

genotiplarini aniqlang.

A)Aa x aa, aa x AA

B) aa x AA, AA x Aa

C)AA x Aa, Aa x Aa

D) Aa x Aa,aa x Aa

47. Normal qanotli drozofila pashshalari chatishtirilganida F1 da 3565 ta avlod olingan. Ular orasida normal qanotlilari faqat 2673 ta bo'lib, qolganlari qayrilgan qanotli edi. Ota-ona formalarining genotipini va F1 da olingan individlar orasidan ularning genotipi bilan bir xil

bo'lganlarining sonini aniqlang.

A)Aa x aa,891 B) aa x AA ,2673

C)AA x Aa,1782 D) Aa x Aa,1782

48. Qoramollarda quloqning chokliligi dominant gen (K) orqali irsiylanib, quloqning yo'rmaklilik anomaliyasi ustidan dominantlik qiladi.

Yo’rmaklilik anomaliyaga ega bo'lgan buqa quloqlari chokli sigir bilan chatishtirilganida olingan avlodning barchasi chokli belgilarga ega bo'lgan.

I. F2 da esa belgilar orasida ajralish sodir bo'lib, unda jami 56 ta individ olingani rna'lum bo’lsa, ulardan nechtasi quloqlari yo'rmakli emas?

A) 56 B) 28 C) 42 D) 14

II. F2 da quloqlari yo'rmakli bo'lgan avlodlarning tug'ilish ehtimoli qanday (%)?

A)75 B) 50 C)25 D) 100

49. Urug'pallalarining rangi sariq va yashil bo'lgan no'xatlar o'zaro chatishtirilganda birinchi bo'g'inda olingan o'simliklarning barchasi sariq urug'pallali bo'ldi. Duragay urug'lardan unib chiqqan o'simliklarning o'z-o'zidan urug'lanishi natijasida olinadigan avlodlarda necha xil fenotipik va genotipik sinf uchraydi?

A)2 : 1, 3:1 B)1 : 2 : 1, 3:1

C)3 : 1, 1:2:1 D)1 : 1, 1:1

50. Mushuklarda yungining kaltaligi uzunligi ustidan dominantlik qiladi. Qisqa va uzun yungli mushuklar chatishtirilganida, F2 da 6 ta qisqa yungli va 2 ta uzun yungli mushukchalar dunyoga keldi. Dastlabki chatishtirilgan ota-onalarning genotipini aniqlang.

A)Aa x aa B) aa x AA

C)AA x Aa D) Aa x Aa

51. Yashil va och sariq urug'li ikki no'xat o'simligini chatishtirganda F1 da hamma urug'lar och sariq rangli urug'pallalarga ega bo'lib chiqdi, ikkinchi bo'g'inda esa olingan avlodning taxminan ¾ qismi och sariq urug'li, ¼ qismi yashil tusdagi urug'ga ega bo'lib chiqdi. Ikkinchi bo'g'inlarda olingan avlodlarning genotipini aniqlang.

A)2 : 1 B)1 : 2 : 1 C)3 : 1 D)1 : 1

52. Gomozigotali yashil va sariq urug'li o'simliklar chatishtirildi. F1 da,olingan hamma o'simliklar sariq urug'li bo'ldi, F2da – duragay o'simliklarni o'z-o'zidan changlantirilishi natijasida 3903 ta yashil urug'li va 11904 ta sariq urug'pallali o'simliklar olindi. F2 da olingan o'simliklardan taxminan nechtasi genotip jihatdan F1 duragaylariga o'xshaydi?

A)3903 B)11902 C)7936 D)1524

53. Turli xildagi qizil (to'la albinos) va kulrang tusdagi baliqlar o'zaro chatishtirilganda F1 da olingan hamma baliqchalar kulrang tusda bo'ldi.

F2 da esa 211 ta kulrang va 83 ta qizil rangli baliqchalar olindi. Olingan individlar orasida albinos bo’lmagan baliqchalarning soni nechta?

A)211 B)110 C)58 D)83

54. Turli xildagi qizil (to'la albinos) va kulrang tusdagi baliqlar o'zaro chatishtirilganda F1 da olingan hamma baliqchalar kulrang tusda bo'ldi.

F2 da kulrang va qizil rangli baliqchalar olindi. F2 da olingan duragaylar orasidan kulrang tusga ega bo'lgan baliqlar tasodifiy tanlab olingan holda chatishtirilganida turli xil fenotipik sinflarga mansub 328 ta avlod olingan. Olingan individlar orasida albinos baliqchalarning soni nechta?

A)212 B)328 C)82 D)246

55.Tajribalar olib boruvchi institutining sichqonlar populatsiyasidagi dumsiz tug'ilgan sichqon normal dumli sichqon bilan bir necha marta chatishtirilganida birinchi bo'g'inda 49 ta avlod olinib, ularning barchasi normal dumli edi. F2 da 156 sichqon olindi. F2 da olingan sichqonlarning taxminan nechtasi dumsiz edi?

A) 157 B) 49 C) 78 D)39

56. Oq lekgorn zotli va qora patli parrandalar chatishtirilganda umumiy hisobda F1 da bir nechta oq patli jo'jalar olingan. F2 da 584 ta jo'ja olingan bo'lsa, ularning nechtasi oq lekgorn zotli bo'lgan?

A584 B)422 C)438 D)146

57. Oq lekgorn zotli va qora patli parrandalar chatishtirilganda F1 da 252 t a oq va 262 ta qora patli jo'jalar olingan. Ota-ona genotiplarini aniqlang.

A)Aa x aa B) aa x AA

C)AA x Aa D) Aa x Aa

58.Normal yungli sichqonni kumushrang yungli sichqon bilan chatishtirganda faqat normal yungli sichqonlar olingan. F2 da esa 132 ta

sichqon olingan. F2 da olingan sichqonlar orasidan taxminan nechtasi kumush rangli bo'ladi?

A) 132 B) 66 C) 33 D) 99

59.Itlarning ayrim zotlarida (foksterer) 5-6 oylarida namoyon bo'luvchi irsiy asab kasalligi uchraydi. Bu xastalik o'lim bilan yakunlanmagan, lekin keyinchalik kasallangan itlarning erkin harakatlanishi og'riqli kechgan. Bu kasallik miyacha ataksiyasi nomi bilan atalgan va har ikkala jinsdagi itlarda uchragan. Bir xil belgiga ega bo'lgan itlar o'zaro chatishtirilishidan olingan 92 ta kuchukchalarning faqat 25 tasida bu belgi uchragan. Bu kasallik qanday irsiylanadi

A) dominant

B) retsessiv

C) chala dominant

D) jinsga birikkan holda

60.Sariqdonli geterozigotoli no’xatlar o’zaro chatishtirilganda olingan avlod urug’lari ekilgan maydonga jami 4200 ta o’simlik mavjud, nazariy jihatdan maydondagi jami o’simliklardagi yashil rangni belgilovchi genlarni toping?

A) 4200 B) 1050

C) 2100 D) 3150

61.Sariqdonli geterozigotoli no’xatlar bilan yashil rangli no’xat o’zaro chatishtirilganda olingan avlod urug’lari ekilgan maydonga jami 4280 ta o’simlik mavjud, bu maydonda jami o’simliklarlarda sariq rangni belgilovchi genlarni toping?

A) 4200 B) 1050 C) 2140 D) 3150

62.Sariqdonli geterozigotoli no’xatlar bilan yashil rangli no’xat o’zaro chatishtirilganda olingan avlod urug’lari ekilgan maydonga jami 4280 ta o’simlik mavjud, bu maydonga jami o’simliklarda yashil rangni belgilovchi genlarni toping?

A) 4280 B) 1050 C) 2100 D) 3150

63.Sariqdonli geterozigotoli no’xatlar o’zaro chatishtirilganda olingan avlod urug’lari ekilgan maydonga jami 4200 ta o’simlik mavjud, nazariy jihatdan maydondagi jami o’simliklardagi sariq rangni belgilovchi genlarni toping?

A) 4200 B) 1050

C) 2100 D) 3150

64. Quyida berilgan fenotiplarning qaysilari AA yoki Aa allellari tomonidan yuzaga chiqadi.

A.no’xat dukkagining oddiy shakli, no’xat poyasining uzun formasi

B. no’xat dukkagining bo’g’imli shakli, no’xat poyasining kalta formasi

C. g’o’za tolasining novvotrangda bo’lishi, bug’doy donining oq rangda bo’lishi

D.xo’roz tojining no’xatsimon shakli, xoldor to’ti rangining oq rangi.

65. Uzun va kalta poyali no’xat o’simliklari o’zaro chatishtirilganda F1 avlodning barchasini uzun poyali o’simliklar, F2 avlodning 25% ini kalta poyali o’simliklar tashkil etadi. Ushbu misolda qaysi qonunlar aks etgan.

A.Mendelning bir xillik qonuni va Mendelning ajralish qonuni

B.Chala dominantlik qonuni,Morganning brikkan holda irsiylanish qonuni

C. Mendelning dominantlik qonuni va Mendelning mustaqil irsiylanish qonuni

D.Nilson Ellening polimeriya hodisasi, Mendelning mustaqil irsiylanish qonuni


Download 194.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling