Aql tarozisida o’lchab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Abu Ali ibn Sino


Download 194.87 Kb.
bet5/11
Sana08.11.2020
Hajmi194.87 Kb.
#142581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOLOGIYA 80


9-DARS.

Genlarning pleatrop ta’siri

1. Karp balig’ining tangachalari bir xil va lentasimon bo’lgan xillari bor. Lentasimon tangachalarga ega baliqlar urchitilganda hosil bo’lgan 4500 ta avlodning 25% i nobud bo’ldi. Ota-ona genotipini aniqlang?

A) AA x aa B) AaBb x AaBb

C) Aa x Aa D) Aa x aa

2.Sichqonlarda junining sariq rangda bo'lishini ta'minlovchi gen dominant bo'lib, pleyotrop ta'sirga ega. Sariq rangdagi erkak va urg'ochi sichqonlar chatishtirilganda 124 ta sariq va 62 ta kulrang sichqon olingan. Ota-ona genotipi va nobud bo'lgan sichqonlar sonini toping.

A)Aa x Aa; 62 ta AA B)AA x aa; 62 ta Aa

C)Aa x aa; 186 ta Aa D)AA x AA; 124 ta AA

3. Sichqonlarda jun rangi sariq va qora bo'lishi bir juft allel genlarga (A — a)bog'liq. Ma'lum bo'lishicha sariq rangli sichqonlar faqat geterozigotali holatda bo'ladi. Agar sariq rangli sichqonlar qora rangli sichqonlar bilan chatishtirilsa nisbat qanday bo'ladi?

A)1: 1 B)3 : 1 C)2 : 1 D)1 : 2:1

4. Tovuqlarning katta oyoqli zoti polizlarni tikilab tashlamaydi, lekin bu belgi tovuq tumshug’ining qisqarishiga ham sababchi bo’ladi, natijada gomozigotali jo’jalar tuxumini yorib chiqmay halok bo’ladi, kalta oyoqli tovuq yetishtiruvchi inkubatorlarda kalta va uzun oyoqli qushlar avlodida tuxumdan chiqqan 3000 ta jo’janing 1550 tasi kalta oyoqli bo’ladi,

I. nazariy jihatdan olinishi kerak bo’lgan kalta oyoqli jo’jalarning inkubatordan olingan kalta oyoqli jo’jalardan farqi?

II.Halok bo’lgan jo’jalar soni?

III.Nazariy jihatdan olinishi kerak bo’lgan kalta oyoqli jo’jalarning inkubatordan olingan kalta oyoqli jo’jalardan farqi?

A) I-50 ta kam ,II-0 ta, III-50ta ko’p

B) I-150 ta kam ,II-0 ta, III-150 ta kam

C) I-150 ta kam ,II-0 ta, III-150ta ko’p

D) I-50 ta kam ,II-0 ta, III-50ta kam

5. Qaysi genotipli sariq junli quyonlar embrionlik davrida halok bo'ladi? Buning sababini ko'rsating.

A)faqat gomozigotalilar, genlarning pleyotropiya ta'siri natijasida

B)faqat gomozigotalilar, genlarning komplimentar ta'siri natijasida

C)gomozigota va geterozigotalilar, genlarning pleyotrop ta'siri natijasida

D)gomozigota va geterozigotalilar, genlarning polimeriya ta'siri natijasida

6. Sariq junli erkak va urg'ochi quyonlar chatishtirildi. Ulardan 24 tasi sariq, 11 tasi oq quyonlar olindi. Urg'ochi va erkak quyonlarning genotipi va hosil bo'lgan avlodlar nisbatini aniqlang.

A)Aa va Aa; 2:1 B)Aa va aa; 1: 1

C)AA va aa; 3 : 1 D)Aa va AA; 2 : 1

7. Drozofila meva pashshasining ko’zida pigmen bo’lmasligiga sabab bo’luvchi gen boshqa qaysi belgilarga ham ta’sir qiladi?

1)pushtlilikni kamaytirishga;

2)Qanotlarning kalta bo’lishiga;

3)Barcha javoblar to'g'ri

4)ichki organlar rangiga;

4)tanadagi tukchalarning kamayishiga;

5)hayotining qisqarishiga;

6)tananing kichrayishiga

A)1,3,6 B)5,1,4 C)6,4,2 D)5,3,4

8. Qorako’l qo’y zotlarida mo’ynaning sheroziy bo’lishi dominanat genga. Qora bo’lishi retsessiv genga bog’liq. Mo’ynasining rangi sheroziy bo’lgan geterozigota sovliq va qo’chqorlar chatishtirilganda, duragaylarda ajralish nisbati qanday bo’ladi?(dominand gomozigotalar halok bo’ladi)

A)1:1 B)2:1 C)3:1 D)1:2:1

9. O’roqsimon anemiya gemoglabin zanjirida ro’y beradigan mutatsiya natijasida kelib chiqadi. Ayrim hollarda kasal organizmlar balog’at

yoshiga yetguncha nobud bo’ladi. Otasi kasal, onasi sog’lom bo’lgan kasal qiz sog’lom yigitga turmushga chiqsa 50% farzandlar kasal bo’ladi.

Kasal ota-onadan tug’ilgan farzandlarning 25% nobud bo’ladi. Kasallik erkak va ayollarda bir xil uchraydi, bu kasallikning irsiylanishi haqida

ma’lumot?

A) autosomaga birikkan,dominant

B) jinsga birikkan,dominant

C) autosomaga birikkan ,retsessiv

D) jinsga birikkan, retsessiv

10. Pleyotropiya deb nimaga aytiladi?

A)bir nechta genning bir belgining rivojlanishiga ta’siri

B)ayrim allel bo’lmagan genlarning o’zaro ta’siri natijasida belgilarning rivojlanishi

C)ayrim genlarning ko’p tomonlama ta’sirida bir necha belgilarning irsiylanishi

D)ayrim genlarda yuz beradigan mutatsiyalar

11. Gulli o’simliklarda gullarning to’q qizil rangda bo’lishini ta’min etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham to’q qizil rangda bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu quyidagilardan qaysi birining ta’siri natijasida ro’y beradi?

A)komplementar B)elistaz

C)polimeriya D)pleyotropiya

12. Genlarning o’zaro ta’sir etishining qaysi xilida xilma-xillik kuchayadi, polimorfizm kengayadi, evolyutsiya samaradorligi oshadi?

A)epistaz B)polimeriya

C)komplementar D)pleyotropiya

13. Talassemiya autosoma orqali chala dominant belgi sifatida nasidan naslga o'tadi. Dominant gomozigotalilar nobud bo’ladi,geterozigotalilarda kasallik yengil o'tadi. O'roqsimon anemiya retsessiv holatda irsiylanadi va uning gomozigota retsessiv holatlari yashamaydi.

I.Digeterozigotalilar avlodida farzandlarning necha % ida o'roqsimon anemiya namoyon bo'ladi?

II.Digeterozigotalilar avlodida farzandlarning necha %ida genotip ota-onaga o'xshash bo'ladi?

III.Digeterozigotalilar avlodida farzandlarning necha %i nobud bo'ladi?

IV.Digeterozigotalilar avlodida farzandlarning necha % da talassemiyaning yengil formasi namoyon bo’ladi?

A) I-25,II-25, III-43,75, IV-50

B) I-37,5,II-25, III-43,75, IV-37,5

C) I-18,75, II-25, III-43,75, IV-50

D) I-25,II-25, III-43,75, IV-37,6

14.Sariq junli erkak va oq junli urg'ochi quyonlar chatishtirildi. Ulardan 12 tasi sariq, 11 tasi oq quyonlar olindi. Urg'ochi va erkak quyonlarning genotipi va hosil bo'lgan avlodlar nisbatini aniqlang.

A)Aa va Aa; 2:1 B)Aa va aa; 1: 1

C)AA va aa; 3 : 1 D)Aa va AA; 2 : 1

15.Tovuqlarning ayrim zotlari kalta oyoqliligi bilan ajralib turadi. Oyoqlari kalta bo’lishi autosomaga birikkan holda irsiylanib, bir vaqtda tovuqlar tumshug'ining kalta bo'lishiga olib keladi. Bu belgi gomozigota holatda embrionlik davridayoq o'limga sababchi bo'ladi. Tovuqchilik fermasida genotipi nomalum bo'lgan uzun oyoqli xo'roz va kalta oyoqli tovuqlar chatishtirilganda naslda o’lim kuzatilmagan. O'sha kalta oyoqli tovuq boshqa bir xo'roz bilan chatishtirilganda olingan naslda o'lim kuzatilgan va olingan nasl 17472 tani tashkil qilgan. O'lgan jo'jalar soni, ularning genotipini aniqlang.

A)5824; AA B) 5224; AA

C)2456; aa D)5486;AA

16. Arilarda qanotining osilib turgan holatda bo'lishini belgilaydigan gen faqat geterozigota holatda (Aa) namoyon bo’libgoniozigota holatda

o'limga olib keladi. Arilarning erkaklari urug'lanmagan tuxumdan rivojlanib, gomozigotali (aa) bo’ladi. Osilgan qanolga ega bo'lgan arilarni, normal arilar bilan chatishtirilganda 1200 ta avlod olingan. Shu olingan avloddan qanchasi nobud bo'lgan?

A) 1200 B) 300 C)600 D) 0

17.Golshteyn zotiga taalluqli geterozigotali buqa yungning bo'lmasligini yuzaga keltiradigan retsessiv genni o'zida saqlaydi. Ushbu gen gomozigota holda buzoqlarning nobud bo'lishiga olib keladi. Shu zotli buqani genotipi xuddi o'ziga o'xshash bo'lgan 250 ta sigir bilan chatishtirilganda 384 ta buzoqchalar olindi. Shu olingan buzoqchalardan nechtasi gomozigotali?

A) 384 B) 192 C)250 D) 128

18. Tulkilarning platina rangli yunglari, kumush rangga nisbatan yuqoriroq qadrlanadi va shunga yarasha narxi ham qimmat bo'ladi. Shuning uchun mo'ynachilik fermalari platina rangli tulkilarni ko'proq olishga harakat qilishadi. Platina rangni yuzaga chiqaruvchi genlar autosomada joylashgan bo’lib kumush rangni yuzaga chiqaruvchi genga nisbatan dominantlik qiladi. Platina rangni yuzaga chiqaruvchi gen gomozigota holatda kelganda organizmning nobud bo'lishiga sabab bo'ladi. Shularni hisobga olgan holda qanday usulda ish olib borilganda samarali bo'lishini (o'lim yuz bermasligini) aniqlang (chatishtirilishi lozim bo'lgan organizmlar genotipini aniqlang)

A) AA x aa B) Aa x aa

C) Aa x Aa D)AA xAa

19.Tulkilarning platina rangli yunglari kumush rangga nisbatan yuqoriroq qadrlanadi va shunga yarasha narxi ham qimmat bo'ladi. Shuning uchun mo'ynachilik fermalari platina rangli tulkilarni ko'proq olishga harakat qilishadi. Platina rangni yuzaga chiqaruvchi genlar autosomada joylashgan bo'lib, kumush rangni yuzaga chiqaruvchi genga nisbatan dominantlik qiladi. Platina rangni yuzaga chiqaruvchi gen gomozigota holatda kelganda organizmning nobud bo'lishiga sabab bo'ladi. Mo'ynachilik fermasida platina rangli tulkilar o'zaro chatishtirilishidan 570 bosh tulki olingan. Shu olingan tulkilardan nechtasi kumush rangli (platina rangi faqat geterozigota holatda irsiylanadi)?

A) 95 B)150 C)190 D)380

20. XIX asrda qoramollarning dekster degan qisqa oyoqli turi keng ma'lum edi. Ammo zot ichidagi chatishtirish natijasida olingan avlodlarni hisoblaganda 1/4 qismi o'lik holda tug'ilgan, ¼ qismi uzunoyoq, sog'lom bo’lgan. Qisqaoyoqli individlarning genotipini aniqlang.

A) AA x aa B) Aa x aa

C) Aa x Aa D)AA xAa

21.Golshitinks zotining geterozigotali buqalari junsizlikni chaqiruvchi retsessiv genni tashiydi. Gomozigotali holatda bu gen buzoqni o'limga olib keladi. Shu buqa ota-onasi sog'lom bo’lgan, o'zi tashuvchi sigir bilan chatishtirilsa, avlodlarda o’limning uchrash ehtimolini aniqlang.(% da)

A)12,5 B)50 C)25 D)75

22.Kokildor o'rdaklar o'zaro chatishtirilganda olingan tuxumlarning 939 tasi jo'ja ochdi, embrionlarning ¼ qismi halok bo'ldi.

Agar tuxumlarning soni 1252 tani tashkil etsa, olingan avloddan nechtasi sog'lom bo’ladi (kokildorlik - dominant gen, letal ta'sirga ega)?

A) 867 B)286 C)939 D)380

23. Odamda o'rgimchak barmoqlilik - araxnodaktiliya kasalligi mavjud bo’lib, autosoma dominant belgi hisoblanadi. Bu belgi barmoq shakli bilan birga yana ko'plab belgilarning rivojlanishiga salbiy ta'sir

ko'rsatadi, natijada bu belgi bo'yicha gomozigotalilarda erta o’lim kuzatiladi. Shu anomaliya bo'yicha geterozigotali erkak va ayol oilasida farzandlarning sog'lom bo’lib tug'ilish ehtimolini toping.

A)12,5 B)50 C)25 D)75

24.Talassemiya autosoma orqali irsiylanadigan to’liq bo'lmagan dominant belgi. Ushbu belgilar bo'yicha gomozigota organizmlarni 90-95 % o'lim bilan tugaydi. Geterozigotali organizmlarda kasallik nisbatan yengil o'tadi. Bir oilada tug'ilgan 3 ta farzandlardan biri Talassemiya kasalligi bilan nobud bo'ldi, ikkinchisi yengil shakli bilan kasallandi. Uchinchisi esa bu kasallik bo'yicha sog'lom edi. Ota-onaning genotipini aniqlang.

A) AA x aa B) Aa x aa

C) Aa x Aa D)AA xAa



10- DARS

Jins bilan birikkan holda irsiylanish
Odatda sut emizuvchilar ba’zi bir baliqlar, parda qanotlilarni urg‘ochining jinsiy xromosomalari XX erkaginikida XY bo‘ladi. Parrandalar. kapalaklarda aksincha erkagining jinsiy xromosomallari ZZ, urg‘ochisiniki ZW bilan ifodalanadi. Boshqacha aytganda, sut emizuvchilar bilan parda qanotlilarning urg‘ochisi gomogameta, erkagi geterogameta bo‘lsa, parrandalar va kapalaklarda urg‘ochisi geterogameta, erkagi gomogameta hisoblanadi. X va Y xromosomallarda ko‘plab genlar joylashgan bo‘ladi. Bu genlar ta’sirida vujudga kelgan belgilar jins bilan bog‘liq holda nasldan-naslga o‘tadi. Jinsiy xromosomallarda joylashgan genlar ta’sirida rivojlanadigan belgilar jins bilan bog‘liq belgi deb yuritiladi. Bu belgilar ham xuddi autosomadagi genlar ta’sirida vujudga kelgan belgilar singari bir xillari dominant, boshqa xillari retsessiv holatda bo‘lishi mumkin

Jins bilan bog‘liq holda nasldan-naslga o‘tishga doir masalalarni yechishda biz genlarni xromosomalarning darajasiga qo’yamiz,yani gen joylashgan xromosomaning darajasiga yoziladi. Bunga sabab jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar kelgusi avlodlarga bir xilda taqsimlanmaydi. Masalan: odamda qon ivimaslik belgisini namoyon etuvchi gen Xh yoki daltonizmni vujudga keltiruvchi gen Xd bilan ifodalanadi.



Masalalar:

1.Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangini ifodalovchi gen- W oq rangini ifodalovchi gen— w ustidan dominantlik qiladi, ular jinsiy xromosomallarda joylashgan. Tajribada qizil ko‘zli gomozigota urg‘ochi drozofila oq ko‘zli erkak drozofila bilan chatishtirilgan, olingan F1 dagi erkak va urg‘ochi formallar o‘zaro chatishtirilib, F2 da 300 ta drozofila olingan:

a) ulardan nechtasi erkak va nechtasi urg‘ochi;

b) erkak drozofilalarning qanchasi qizil ko‘zli, qanchasi oq ko‘zli bo‘lgan.

A) a-150 ta erkak,150ta urg’ochi , b-300 ta qizil

B) a-100 ta erkak,100ta urg’ochi , b-100 ta qizil,100ta oq

C) a-150 ta erkak,150ta urg’ochi , b-75 ta qizil, 75 ta oq

D) a-150 ta erkak,150ta urg’ochi , b-150 ta qizil,100 ta oq

2. Mushuklarda B gen jigarrang junning, b gen qora rangli junning rivojlanishini ta’minlaydi. Geterozigota forma chipor junli bo‘ladi. Bu genlar jinsiy xromosomallarda joylashgan .Qora junli erkak mushukni jigarrang junli urg‘ochisi bilan chatishtirilib, 6 ta nasl olingan. Ulardan 4 tasi urg‘ochi mushukchalardir:

a) nechta urg‘ochi mushuk chipor rangli.

b) nechta erkak mushuk jigarrang bo‘ladi.

A) a-4 ta ,b-2ta B) a-4 ta ,b-4ta

C) a-2 ta ,b-2ta D) a-2 ta ,b-4ta

3. Odamda gemofiliyani keltirib chiqarunchi

gen X xromosomada joylashgan. Otasi gemofiliya bilan kasallangan qiz sog‘lom yigitga turmushga chiqqan. Ular 8 ta farzand ko‘rishgan; a)farzandlarining nechtasi sog‘lom.

b) qizlarining nechtasi sog‘lom.

c) gemofiliya bilan kasallangan o‘g‘il bolalar nechta.

A) a-4 ta ,b-2ta,c-2 ta B) a-6 ta ,b-4ta, c-2 ta

C) a-2 ta ,b-2ta, c-2 ta D) a-2 ta ,b-4ta, c-2 ta

4. Odamda ranglarni ajrata olmaslik - daltonizm kasalligi retsessiv (d) xolda nasldan-naslga o‘tadi. Rangni normal ajratadigan odamlarda D gen bor. Har ikki gen X xromosomada joylashgan. Ranglarni normal farq qiladigan, lekin mazkur belgi bo‘yicha geterozigota qiz daltonik yigitga turmushga chiqqan va 8 ta farzand ko‘rgan:

I. a)ayol necha xil gameta hosil qiladi.

b) tug‘ilgan farzandlarining nechtasi normal ko‘radi;

c)nechta o‘g‘il bolada daltonizm kasalligi mavjud

d) nechta qiz bola daltonizm kasali bilan kasallangan.

A)a-2xil, b-4ta, c-2ta, d-4ta

B) a-2xil, b-4ta, c-2ta, d-4ta

C) a-2xil, b-4ta, c-4ta, d-2ta

D) a-2xil, b-4ta, c-2ta, d-2ta

II. Quyidagi keltirilgan nikoxlarining qaysi birida daltonizm bilan kasallangan qiz va o’g’il bolalar tug’lishi mumkin?

1)XdXd x XDY 2)XDXd x XdY 3)XDXD x XdY 4)XDXd x XdY 5)XDXD x XDY

A)1,2 B)2,4 C)2,5 D)1,5

III. Digeterozigota qiz to'lqinsimon sochli sog'lom yigitga turmushga chiqqan. Tug'ilgan daltonizm bo'yicha sog' o'g'illardan necha foizining sochi jingalak, toiqinsimon va silliq bo'ladi?

A)12,5:12,5:12,5 B)12,5:25:25

C)12,5:25:12,5 D)25:50:25

IV.Digeterozigota qiz to'lqinsimon sochli sog'lom yigitga turmushga chiqqan. Tug'ilgan farzandlarning necha foizi to'lqinsimon sochli bo'ladi?

A)25 B)50 C)75 D)100

5. Odam terisida ter bezlarining bo‘lmasligi retsessiv, bo‘lishi dominant belgi hisoblanadi.

Bu belgining genlari X xromosomada joylashgan. Mazkur belgi bo‘yicha geterozigota qiz ter bezlari bor yigitga turmushga chiqib, 4 ta farzand ko‘rgan:

I. a) farzandlarining nechtasida ter bezlari bo‘lmaydi;

b) nechta o‘g‘il bolada ter bezlari bo‘lmaydi;

c) qizlarning nechtasi mazkur belgi bo‘yicha geterozigota hisoblanadi.

A) a-1ta ,b-1ta,c-1 ta B) a-4 ta ,b-4ta, c-2 ta

C) a-2 ta ,b-2ta, c-2 ta D) a-2 ta ,b-4ta, c-2 ta

II. Sog’lom erkak otasida ter bezlari bo’lmagan sog’lom ayolga uylandi. Ulardan tug’iladigan farzandlarning qanchasida ter bezlari bo’lmaydi?

A) 50% B) 25% C) 100% D) 7,5%

6. Tovuqlarda V gen patning chipor, v gen qora rangda bo‘lishini ta’minlaydi. Tajribada chipor tovuq qora xo‘roz bilan chatishtirilgan. F1 dagi 16 ta tovuq va xo‘rozdan;

a) nechta xo‘roz chipor patli.

b) nechta tovuq qora patli bo‘ladi.

c) F1 tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilib,

F2 da 80 ta parranda olinsa, ulardan nechtasi chipor, nechtasi qora patli bo‘ladi

A) a-4, b-4, c- 40 ta chipor,40ta qora

B) a-8, b-8, c- 40 ta chipor,40ta qora

C) a-8, b-8, c- 20 ta chipor,20 ta qora

D) a-8, b-4, c- 40 ta chipor,40ta qora

7. Viandot tovuqlarda chipor patning ba’zilari oltin rangda, ba’zilari kumush rangda tovlanadi. Oltin rangli chipor belgi retsessiv, kumush rangli chipor belgi dominant bo‘ladi. Kumushrang chipor patli tovuqni oltin rang chipor patli xo‘roz bilan chatishtirib, 30 ta jo‘ja olingan:

a) ulardan nechtasi tovuq.

b)F1 da necha xil genotip olingan.

v) jo‘jalarning nechtasi kumushrang chipor patli bo‘ladi.

g) xo‘rozlarning nechtasi kumushrang chipor patli bo‘ladi.

d) tovuqlarning nechtasi oltinrang chipor patli bo‘ladi.

A)a-15,b-2xil,v-15,g-15, d-15

B) a-15,b-4xil,v-15,g-15, d-15

C) a-15,b-2xil,v-15,g-30, d-0

D) a-15,b-2xil,v-15,g-20, d-10

8. Kanareykalarda patning yashilligi dominant, qo‘ng‘irligi retsessiv belgi hisoblanadi. Havaskor qush boquvchi yashil patli erkak kanareyka bilan qo‘ng‘ir patli urg‘ochi kanareykani chatishtirib,

F1 da yashil va qo‘ng‘ir patli kanareyka olgan. Yashil kanareykalarning yarmisi erkak, yarmisi urg‘ochi bo‘lgan. Ota-ona kanareykaning

genotipini aniqlang.

A) XAXa x XaY B) XAXa x XAY

C) XAXA x XaY D) XaXa x XaY

9. Grexem o‘z shogirdlari bilan birgalikda SHimoliy Karolina shtatida yashovchi oilalarda qonda fosfor yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan raxit kasalligining alohida formasi nasldan-naslga o‘tishini o‘rgangan va bu kasallikni D vitamin bilan davolash mumkinligini aniqlagan. Bu kasallik dominant genga bog‘liq holda nasldan-naslga o‘tadi. Mazkur kasallik bilan kasallangan 14 ta erkak va sog‘lom ayollarning oilasida 21 ta qiz va 14 ta o‘g‘il bola tug‘ilgan qiz bolalarning hammasi qonda fosfor yetishmasligi kasalligi bilan kasallangan, o‘g‘il bolalarning bari sog‘lom bo‘lgan. Mazkur kasallik nasldan-naslga qanday beriladi. U gemofiliya kasalligi nasldan o‘tishidan qanday farq qiladi.

A) jinsga birikkan xolda, dominandligi bilan

B) autosomaga birikkan xolda, dominandligi bilan

C) jinsga birikkan xolda, retsessevligi bilan

D) autosomaga birikkan xolda, dominandligi bilan

10. Tovuqlar jinsiy xromosomasida joylashgan k gen letal xususiyatga ega bo‘lib, jo‘ja tuxumdan chiqmasdanoq nobud bo‘lishiga olib keladi. Agar XK Xk x XKY genotipga ega xo‘roz va tovuqlar chatishtirilsa, jo‘ja necha %i tuxumdayoq nobud bo‘ladi.

A) 50% B) 12,5% C) 25% D)75%

11. Daltonizm esa X-xromosomada joylashgan retsessiv gen bilan ifodalanadi.

Daltonik va kar-saqov erkak, rangni normal ajrata oladigan yaxshi eshitadigan ayolga uylanadi. Ularda kar- saqov va daltonik o’g`il va daltonik, ammo yaxshi eshitadigan qiz tug`iladi. Bu oilada ikkita belgi bo’yicha kasal bo’lgan qiz tug`ilish ehtimolini aniqlang. ( Daltonizm va kar- soqovlik retsessiv belgilaridir, faqat daltonizmni belgilovchi gen X- xromosomada, kar- soqovlikni belgilovchi gen autosomalarda joylashgan).

A) 25 %, B) 12,5% C) 18,75% D) 6,25%

12.O’naqay qo’yko’z normal ko’radigan qiz, o’naqay havorang ko’z daltonik yigitga turmushga chiqib, chapaqay havorang ko’zli daltonik qiz tug`di. Qo’yko’z o’naqaylik belgi dominant alleli autosomada joylashib, bir-biri bilan birikmagan. Daltonizm esa retsessiv belgi bo’lib, uning alleli X- jinsiy xromosomaga birikkan bo’lsa, keyingi farzandni chapaqay daltonik bo’lib tug`ilish imkoniyati bormi? Uning ko’zi qaysi rangda bo’ladi?

A) bor, 6 ta qo’yko’z, 2ta havorang

B) bor, 6 ta qo’yko’z, 4ta havorang

C) bor, 2 ta qo’yko’z, 2ta havorang

D) yo’q


13. Odamda sochning jingalakligi (A)silliqligi (a)ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotalarning sochi to'lqinsimon bo'ladi. Daltonizm (d)esa retsessiv belgi bo'lib, jinsga bog'liq holda irsiylanadi.

I.Digeterozigota qiz to'lqinsimon sochli sog'lom yigitga turmushga chiqqan. Tug'ilgan farzandlarning necha foizi to'lqinsimon sochli sog'lom va to'lqinsimon sochli daltonik bo'ladi?

A)25 va 6,25 B)18,75 va 6,25

C)37,5 va 12,50 D)75 va 25

II.Digeterozigota qiz to'lqinsimon sochli sog'lom yigitga turmushga chiqqan. Tug'ilgan farzandlarning necha foizi silliq sochli sog'lom va silliq sochli daltonik bo'ladi?

A)25 va 6,25 B)18,75 va 6,25

C)75va25 D)25 va 50

III. Digeterozigota qiz to'lqinsimon sochli sog'lom yigitga turmushga chiqqan. Tug'ilgan daltonik o'g'illardan necha foizining sochi jingalak, to'lqinsimon va silliq bo'ladi?

A)12,5:12,5:12,5 B)12,5:25:25 C)12,5:25:12,5 D)25:50:25

14. Odamda gipertoniya geni autosomaga bog’liq holda ko’zning optik destrofeyyasi retsessiv X xromosomaga birikkan holda irsiylanadi, ikkala belgi bo’yicha getrazigota ayol faqat gepertoniyaga chalingan erkakga ( otasi gepertoniya bilan kasallangan, onasi sog’lom) turmushga chiqadi,ushbu nikohdan har ikkila belgi bo’yicha sopg’lom farzandalar tug’ilishi ehtimoli?

A) 25 %, B) 12,5% C) 18,75% D) 6,25%

15. Y xromosomaga bog’liq bo’lgan gipertrixoz belgisi bola 17 yoshga to’lganidan keyin yuzaga chiqadi. Ixtiozning bir shakli retsessiv belgi bo’lib, X xromosoma bilan bog’liq. Har ikkala belgi bo’yicha normal ayol bilan gipertrixoz erkak oilasida ixtioz belgisiga ega bo’lgan o’g’il tug’ilgan. Shu bolada gipertrixoz belgisi bo’lishi mumkinmi(a) ,Ikkita belgi bo’yicha normal farzand tug’ilishi mumkinmi(b), U qanday jinsli bo’ladi(c).

(Gipertrixoz- quloqda jun chiqishi, Ixtioz- terisining ko’p muguzlanishi)

A) a-mumkin, b-mumkinmas, c-urg’ochi

B) a-mumkin, b-mumkin, c-erkak

C) a-mumkinmas, b-mumkinmas, c-urg’ochi

D) a-mumkin, b-mumkin, c-urg’ochi

16. Daltonizm va kar- soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar- soqovlik autosomada joylashgan. Daltonik va kar- soqov erkak sog’lom ayolga uylanganda oilada bitta o’g’il daltonik, kar- soqov, bitta qiz daltonik lekin normal eshitadigan bo’lib tug’ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo’yicha ham kasal qiz tug’ilishi mumkinmi?

A) a-mumkin,50%

B) a-mumkinmas

C) a-mumkin,25%

D) a-mumkin,12,5%

17.Tovuqlarning ayrim turlarida patlarini hoshiyali va oq rang bo’lishini belgilaydigan genlar X—xromosomada joylashgan. Hoshiyali patlarni ta`minlovchi gen dominant holda irsiylanadi. Ma`lumki, tovuqlarning makiyonlari getrogametalidir.

I. parranda fermasida oq tovuqlarni xoshiyali xo’rozlar bilan chatishtirildi va F1 olingan hamma tovuq va xo’rozlar hoshiyali bo’lgan edi. F1 da olingan tovuq va xo’rozlar o’zaro chashitirilganda F2 da 594 hoshiyali xo’roz va 608 ta hoshiyali va oq tovuqlar olindi. F2 dagi hoshiyali tovuqlar nechta?

A) 304 B)206 C) 594 D) 608

II. havaskorlarda hoshiyali xo’rozlar va oq tovuqlar bo’lgan. Ularni o’zaro chatishtirilganda avlodda 40 ta hoshiyali xo’roz va tovuqlar hamda 38 ta oq tovuq va xo’rozlar olingan. Ota-onalar genotipini aniqlang?

A) XAXA x XaY B) XAXA x XAY

C) XAXa x XAY D) XAXa x XaY

18.Gipertrixoz nasldan naslga Y-xromosoma orqali, polidaktiliya autosomada joylashgan dominant gen orqali o'tadi. Otasi gipertrixoz, onasi polidaktiliya bilan kasallangan oilada ikkala belgi bo'yicha sog'lom qiz tug'ilgan. Barchasining genotipini aniqlang.

A)AaXX x aaXYb; F1 aa XX

B)AA XX x aaXYb; F1, Aa XX

C)AaXbXb x aaXbY; F1aaXbXb

D)AaXbX x aaXbYb; F1 aaXbXb

19. Tilla rang tovuq gomozigotali kumush rangli xo'roz bilan chatishtirilgan. Kumush rang dominant, tilla rang retsessiv bo'lib, ularni yuzaga chiqaruvchi genlar X-xromosomada joylashgan. Tovuq va xo'rozlarning genotipini aniqlang.

A) XaXa x XaY B) XaY x XAXA

C)XaXa x XAY D) XaY x XAXa

20.Tilla rang tovuq geterozigotali kumush rangli xo'roz bilan chatishtirilgan. Kumush rang dominant, tilla rang retsessiv bo'lib, ularni yuzaga chiqaruvchi genlar X-xromosomada joylashgan. Tovuq va xo'rozlarning genotipini aniqlang.

A) Xay x XAXa B) XaXax XAYa

C) XAXax Xay D) XaXa x XaYa

21. Parrandalarda patlarining chipor bo’lishi. dominant (B) qora bo'lishi retsessiv (b), jinsga birikkan belgilar, terisi rangining to'q rangda (S) va oqish rangda (s) bo’lishi autosomaga birikkan belgilar hisoblanadi., Gulsimon toj-R, bargsimon-r bilan belgilanadi Parrandalarning qisqa oyoqli bo'lishini autosomaga birikkan C geni belgilaydi, lekin bu gen faqat Cc ko'rinishda irsiylanib, gomozigota holatda letal ta'sir ko'rsatadi. (yuqorida keltirilgan 3 ta belgilar

(S, R, C) har xil autosomalarda joylashgan, mustaqil taqsimlanadi) Uning retsessiv alleli - c uzun oyoqlilikni ta'minlaydi. Qora patli, to'q rang terili, gulsimon tojli xo'roz chipor patli, to'q rang terili, bargsimon tojli tovuq bilan chatishtirildi. Ularning ikkalasi ham qisqaoyoqli edi. Olingan jo'jalar quyidagicha: 6 ta chipor patli, to'q rang terili xo'roz, 2 ta chipor patli, oqish terili xo'roz, 5 ta qora patli, to'q rang terili tovuq, 2 ta qora patli, oqish terili tovuq. Hamma jo'jalar gulsimon tojli edi. Ota-onaning genotipi qanday?

A) XbXbSsRRCc x XBYSsrrCC

B) XbXbSsRRCc x XBYSSrrCc

C) XbXbSSRRCc x XBYSsrrCc

D) XbXbSsRRCc x XBYSsrrCc

22.Mushuklarda qora rang B gen bilan, sarg'ish rang b gen bilan belgilanadi. Bu ikki gen X xromosomada joylashgan va ular Y xrornosomada bo'lmaydi. Qora rangni boshqaruvchi gen sariq rangni boshqaruvchi gen ustidan chala dominantlik holda irsiylanadi. Genotipda ikkala gen uchrasa mushuklarning rangi olachipor bo'ladi. Agar qora rangli urg'ochi mushuk sarg'ish rangli erkak mushuk bilan chatishtirilsa qanday rangli va genotipli mushukchalar tug'iladi?

A)XBXb, XBY, 50% olachipor va 50% qora

B)XBXB, XBY, 100% qora

C)XBXb XbY, 50% olachipor va 50% sarg'ish

D)XBXB, XBXb, XBY, XbY 50%, qora va 50% sarg'ish

23. Tovuqlarda olachipor patlilik qora ranglilik ustidan dominantlik qiladi va X xromosomaga bog'liq holda irsiylanadi. Agar qora rangli tovuq olachipor rangli xo'roz bilan chatishtirilsa jo'jalarning rangi qanday bo'ladi?

A)50% olachipor tovuq va 50% olachipor xo'roz

B)100% qora xo'roz va tovuqlar

C)75% olachipor tovuq va 25% qora xo'roz

D)50% olachipor tovuq va 50% qora xo'roz

24.Quyidagi qanday genotipli ota-onadan daltonik o'g'illar tug'ilishi mumkin?

1)XDXDx XDY; 2)XDXdx XDY; 3)XdXd x XDY; 4)XDXDx XdY

A)1,2 B)2,3 C)3, 4 D)2, 4

25.Qanday genotipli tovuq va xo'rozlar chatishtirilganda, keyingi avlodda tovuqlaraing barchasi faqat qora tusli, xo'rozlar esa faqat chipor tusli bo'ladi? (Chipor rang dominant belgi.)

A)XaXa x XAY B) XAXa x XaY

C) XaXax XaY D) XAXa x XAY

26. Normal rang ajratish geni (dominant)va daltonizm geni (retsessiv) x xromosomada joylashgan. Daltonik erkak kishi sog'lom ayolga uylanganida oilada daltonik qiz tug'ildi. Ota-ona genotipini aniqlang.

A)XDXdxXDY B)XDXDxXdY

C)XDXdxXdY D)XdXdx XDY

27. Odamlarda uchraydigan daltonizm retsessiv d geni bilan ifodalanib u jinsiy X xromosomada joylashgan. Quyida berilgan ota-onalar genotipini tahlil qilib, qaysi oilada hamma farzandlar daltonizm kasalligiga ega bo'lib tug'ilish ehtimolini aniqlang.

A)XDXDx XDY B)XdXdxXdY

C)XDXdxXDY D)XDXDxXdY

28. Gen kasalligiga ega qiz maslaxat markaziga murojat qildi. Uning nasl nasabi o’rganib chiqilib, qanday xulosa qilinadi.

1) sog’lom ona oilasida kasal farzand tug’ildi;

2) barcha F1, F2 avlodlarda kasallik kuzatildi;

3) kasal ota oilasida barcha o’g’illar kasal tug’ildi; 4) kasallik otadan o’g’illarga beriladi;

A) Jinsiy X-xromasomaga birikkan dominant gen

B) Jinsiy Y-xromasomaga birikkan gen

C) Autosomaga birikkan dominant gen

D) Autosomaga birikkan retsessiv gen

29.Mushuklarda ranglarni ifodalovchi genlar

X-xromosomada joylashgan. Qora rang -dominant, lekin malla rang ustidan to'liq dominantlik qilolmaydi, natijada geterozigotalarda oraliq belgi - toshbaqa rang hosil bo'ladi. Toshbaqa rangli mushukchalarning jinsi va genotipi qanday bo'ladi?

A) erkak;X°Y

B) urg'ochi; XAXA yoki XaXa

C) faqat erkak; XAYa

D) faqat urg'ochi; XAXa

30.Drozofila pashshasida ko'zining oq rangi X-xromosomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko'zli urg'ochi pashsha qizil ko'zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa F2 da qanday ajralish namoyon bo'ladi?

A)100% qizil B)75% qizil: 25% oq

C)50% qizil : 50% oq D)25% qizil : 75% oq

31.Odamda ter bezlarining bo'lmasligi retsessiv belgi bo'lib, jinsga bog'liq holda irsiylanadi. Oilada ota va o'g'il bu anomaliyaga ega bo'lib, ona sog'lom bo'lsa, o'g'ilga bu anomaliyaning otadan o'tganligi ehtimoli qanday (%)?

A) 0 B) 25 C) 75 D) 50

32.Drozofila pashshasida ko'zining oq rangi

X-xromasomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko'zli urg'ochi pashsha qizil ko'zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa F1 da olingan duragaylarning qaysi birida ko'zning rangi qizil bo'ladi?

A)urg'ochi va erkaklarda

B)faqat urg'ochilarda

C)faqat erkaklarda

D)F1 da qizil rangli pashshalar uchramaydi

33.Drozofila pashshasida ko'zining oq rangi

X-xromosomadagi retsessiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko'zli urg'ochi pashsha qizil ko'zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa F1da olingan duragaylarning qaysi birida ko'zning rangi oq bo'ladi?

A) urg'ochi va erkaklarda

B) faqat urg'ochilarda

C) faqat erkaklarda

D) F1 da oq rangli pashshalar uchramaydi

34. Ranglarni ajrata olmaslik daltonizm kasalligi retsessiv (d) holda nasldan –naslga o’tadi. Rangni normal ajratadigan odamlarda (D) gen bor. Har ikki gen X xromosomalarda joylashgan. Quyidagi keltirilgan nikoxlarining qaysi birida daltonizm bilan kasallangan qiz va o’g’il bolalar tug’lishi mumkin?

1)XDX x XdY 2)XDXd x XdY 3)XDXD x XdY 4)XDXd x XdY 5)XDXD x XXDY

A)1,2 B)2,4 C)2,5 D)1,5

35. Odamda gemofiliya kasalligini keltirib chiqaruvchi gen (h) X jinsiy xromosomada joylashgan. Otasi gemofiliya bilan kasallangan qiz sog’lom yigitga turmushga chiqib, 8 ta farzand ko’rdi. Farzandlarning nechtasi sog’lom va shulardan nechta tashuvchi sog’lom bo’ladi?

A)6 ta; 2 ta B)2 ta; 4 ta

C)3 ta; 3 ta D)8 ta sog’lom

36. Tovuqlarda patining rangini taminlovchi gen jinsiy X xromasomada joylashgan holda irsiylanib, B gen panting chipor, b- qora rangda bo’lishini taminlaydi. Tajribada chipor tovuq qora xo’roz bilan chatishtirilgan.

a)F2 da 80 ta parranda olinsa, ulardan nechtasi chipor, nechtasi qora patli bo’ladi? b)Jinsi bo’yicha qanday ajralish namoyon bo’ladi?

A)a- 80ta,0ta; b-80 ta xo’roz,0 ta tovuq

B) a- 40ta,40ta; b-0 ta xo’roz,80 ta tovuq

C) a- 60ta,20ta; b-60 ta xo’roz,20 ta tovuq

D) a- 40ta,40ta; b-40 ta xo’roz,40 ta tovuq

37. Gen kasalligiga ega qiz maslaxat markaziga murojat qildi. Uning nasl nasabi o’rganib chiqilib, qanday xulosa qilinadi.

1) sog’lom ota va sog’lom ona oilasida 25 yoki 0% kasal farzandlar tug’ildi; 2) kasal ota va onadan 100% kasal farzandlar tu’giladi;

3) kasallikning o’g’il va qiz bolalarda uchrash extimoli bir xil;

A) Jinsiy X-xromasomaga birikkan dominant gen

B) Jinsiy X-xromasomaga birikkan retsessiv gen

C) Autosomaga birikkan dominant gen

D) Autosomaga birikkan retsessiv gen

38.Odamlarda gemofoliya X-xromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasldan naslga o’tadi. Albinizm esa autosomada joylashgan retsessiv gen bilan ifodalanadi. Ushbu belgilari bo’yicha sog`lom ota-onadan ikkala belgi bo’yicha kasal o’g`il tug`iladi. Ikkinchi farzandi ham ikkita belgi bo’yicha kasal bo’lib tug`ilish ehtimolini aniqlang.(% da)

A) 25 B) 6,25 C) 0 D) 12,5

39.Tovuq va xo 'rozlar pati chipor va qora

bo'lib, Z-xromosomada joylashgan. Agar chipor rangli geterozigota xo 'roz qora rangli tovuq bilan chatishtirilsa F1 avlod genotipi qanday bo’ladi?

A) Z B Zb: Zb Zb: Z BW: Z bW

B) ZBZB:ZBZb:ZBW
C) ZBZb ZBW

D) ZBZb ZBZb ZBW ZbW



40.Albinos (a), daltonik (d) va gipertrixoz (b) erkak albinizm va daltonim bo'yicha geterozigotali, gipertrixozga ega bo'lmagan ayolga uylangan. Bu oilada otasiga o'xshash o'g'il tug'ilgan.

a) Ota-onalar genotipini aniqlang.

b) Oilada tug'iladigan farzandlarning necha foizi daltonik, albinos bo'lishi mumkin?

c) Oilada tug'iladigan farzandlarning necha foizida gipertrixoz namoyon bo'ladi?

d) Oilada tug'iladigan farzandlarning necha foizi albinizm va daltonizm bo'yicha sog' bo'ladi?

e) Oilada tug'iladigan farzandlarning necha foizi albinizm va daltonizm bo'yicha sog', lekin

gipertrixozli bo'ladi

A)a-aaXdYb x AaXDXD, b-25%,c-50%,d-25%,e-12,5%

B) a-aaXDYb x AaXDXd, b-25%,c-50%,d-25%,e-12,5%

C) a-aaXdYb x AaXDXd, b-25%,c-25%,d-25%,e-12,5%

D) a-aaXdYb x AaXDXd, b-25%,c-50%,d-25%,e-12,5%

41. Odamlarda albinizm belgisi autosoma retsessiv belgi sifatida irsiylanadi. Angidrozli ektodermal displaziya jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadigan retsessiv kasallikdir. Ushbu belgilar bo'yicha sog'lom ota-onadan har ikki anomaliya bilan kasallangan o'g'il tug'ildi.

a.Ushbu oilada ikkala belgisi bo'yicha sog'lom qiz tug'ilish ehtimolini aniqlang.

b. Ushbu oilada ikkala belgisi bo'yicha sog'lom o'g'il tug'ilish ehtimolini aniqlang.

c. Ushbu oilada faqat bitta anomaliya bilan kasallangan farzand tug'ilish ehtimolini aniqlang.

A) a-37,5%,b-18,75%, c-37,5%

B) a-37,5%,b-25%, c-31,25%

C) a-25%,b-18,75%, c-31,25%

D) a-37,5%,b-6,25%, c-31,25%

42.Gipertrixoz - Y xromosomaga bog'liq holda irsiylanadigan kasallik bo'lib, bunda bola tanasi jun bilan qoplangan holda tug‘iladi. Ota- onadan mazkur kasallik bilan kasallangan daltonik bola tug‘ildi. Ota- onadan biri bu kasalliklardan faqat bittasi bilan og‘rigan ikkinchisi esa har ikkala kasallik bo’yicha sog‘lom. Nazariy jihatdan bunday genotipli ota-onadan faqat daltonizm kasalligiga chalingan farzandlarning tug’ilish ehtimoli necha foiz?

A) 25 B) 18,75 C) 37,5 D) 0

43.Miopiya, ya’ni yaqindan ko'rish kasalligi dominant belgi bo‘lib, autosoma xromosomada joylashgan, uning retsessiv alleli esa normal ko‘rishni ta’minlaydi. Gemofiliya kasalligi jinsiy X-xromosomada, tepakallik geni esa Y- xromosomada joylashgan, ular retsessiv holda irsiylanadi. Barcha belgilari bo‘yicha geterozigotali ayol, normal ko‘ruvchi, gemofilik va tepakal erkakka turmushga chiqdi. Tug‘ilajak farzandlarning necha foizi ota genotipiga (a), necha foizi ona genotipiga (b) o‘xshaydi hamda genotip (c) va fenotip (d) bo‘yicha qanday nisbatda ajralish namoyon bo'ladi?

1)6,25%; 2)12,5%; 3)25%; 4) 1:1:1:1:1:1:1:1;

5) 1:2:2:4:1:2:1:2:1; 6) 1:2:1:2:1:1

A) a-2; b-2; c-4;d-4 B) a-l;b-2;c-5;d-6

C) a-2; b-l; c-4; d-4 D) a-3;b-l; c-6; d-5

44.Gipertrixoz retsessiv belgi bo‘lib, Y-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi, polidaktiliya esa autosoma dominant belgi sifatida irsiylanadi. Otasi gipertrixoz, onasi esa polidaktiliya bilan kasallangan oilada ikkala belgi bo‘yicha sog‘lom qiz tug‘ilgan. Ota-ona genotipini va bu oilada yana ikkala belgi bo‘yicha sog‘lom o‘g‘il tug‘ilish ehtimolini toping.

A) 25 B) 18,75 C) 37,5 D) 0

45. Ba`zi baliqlarning oq va qizil individlari uchraydi. Qizil urg`ochi baliq bilan oq erkak baliq chatishtirilganda, F1dagi hamma baliqlar qizil bo`lib chiqdi. F1 duragaylar bir- biri bilan chatishtirilganda F2dagi hamma urg`ochilari qizil, erkaklarining yarmi qizil, yarmi oq bo`lib chiqdi. Bu natijani qanday izohlash mumkin?

A) chala dominantlik

B) qizil- dominant, oq- retsessiv, birinchi urg`ochi baliq geterozigota bo`lgan

C) qizil- dominant, oq- retsessiv, birinchi urg`ochi baliq gomozigota, gen jinsga bog`liq holda irsiylanadi

D) epistaz holati, qizil dominant belgi bo`lib, ikkita allel genlar bilan ifodalangan

46. Qora sochli, gemofiliya bilan kasallanmagan ikki belgisi bo`yicha ham geterozigotali sog`lom ayol qora sochli geterozigotali gemofiliya bilan kasallanmagan sog`lom yigit bilan turmush qursa, ulardan tug`iladigan gemofiliya bilan kasallangan qora sochli va malla sochli o`gil bolalarning tug`ilish extimolligi qanday bo`ladi?

A) 1/16; 3/16 B) 3/16; 1/16

C) 4/16; 3/16 D) 2/16; 1/16

47. Daltonizm- jinsiy X xromosomaga bog`liq retsessiv holda irsiylanadi. Daltonik otaning sog`lom qizi, daltonik otaning sog`lom o`g`liga turmushga chiqdi. Shu oila juftining genotipini va ularning F1 da tug`iladigan o`g`illar genotipini ko`rsating.

A) XAXa x XaY; XAY, XaY

B) XAXa x XAY; XAY, XaY

C) XAXa x XaY; XaY, XaY

D) XaXa x XAY; XAY, XaY

48. Qizil ko`zli uzun qanotli drozofila meva pashshalari chatishtirilganda quyidagi nasl olindi: urg`ochilar: 154 ta qizil ko`zli uzun qanotli, 48 ta qizil ko`zli kalta qanotli; erkaklar: 98 ta qizil ko`zli uzun qanotli, 25 ta qizil ko`zli kalta qanotli, 95 ta oq ko`zli uzun qanotli, 32 ta oq ko`zli kalta qanotli. Ko`z rangi jinsga bo`g`liq holda irsiylanadi. Ota- ona genotipini aniqlang.

A) XaXaBB x XAYBb B) XAXABb x XAYBB

C) XAXaBb x XaYBb D) XAXaBb x XAYBb

49. Gipertrixoz - Y xromosomaga bog’liq holda irsiylanadigan kasallik bo’lib, bunda bola tanasi jun bilan qoplangan holda tug’iladi. Ota-onadan mazkur kasallik bilan kasallangan daltonik bola tug’ildi. Ota-onadan biri bu kasalliklardan faqat bittasi bilan og’rigan, ikkinchisi esa har ikkala kasallik bo’yicha sog’lom. Nazariy jihatdan bunday genotipli ota-onadan faqat daltonizm kasalligiga chalingan farzandlarning tug’ilish ehtimolligi necha foiz?

A) 25 B) 18.75 C) 37.5 D) 0

50. Otasi gemofiliya bilan kasallangan qiz, otasi gemofiliya bilan kasallangan sog`lom yigitga turmushga chiqdi. Ulardan tug`ilajak farzandlar qanday bo`ladi?

A) o`g`illar hammasi sog`lom, qizlar yarmi kasal, yarmi sog`lom

B) hamma farzandlar kasal

C) qiz va o`g`illarning yarmi sog`lom, yarmi kasal

D) qizlar sog`lom, o`g`illarning yarmi kasal yarmi sog`lom

51.Gen kasalligiga ega yigit maslaxat markaziga murojat qildi. Uning nasl nasabi o’rganib chiqilib, qanday xulosa qilinadi.

1) kasal ota va sog’lom ona oilasida barcha F1 avlodlar kasal tug’ildi; 2) bu kasallik erkaklarga nisbatan ayollarda ko’proq uchradi; 3) dominant gomozigota ayol va sog’lom erkak oilasida barcha avlod kasal tug’ildi

A) Jinsiy X-xromasomaga birikkan dominant gen

B) Jinsiy X-xromasomaga birikkan retsessiv gen

C) Autosomaga birikkan dominant gen

D) Autosomaga birikkan retsessiv gen

52.Odamda sochning jingalakligi (A)silliqligi (a)ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotalarning sochi to'lqinsimon bo'ladi. Daltonizm (d)esa retsessiv belgi bo'lib, jinsga bog'liq holda irsiylanadi. Digeterozigota qiz to'lqinsimon sochli sog'lom yigitga turmushga chiqqan. Tug'ilgan farzandlarning necha foizi jingalak sochli sog'lom va jingalak sochli daltonik bo'ladi?

A)25 va 6,25 B)18,75 va 6,25

C)75va25 D)25 va

53. Miopiya autasomada joylashgan dominant gen, daltonizm X xromosomaga birikgan holda irsiylanadi. Yaqindan ko’radigan ota onadan miopiya bilan kasallangan, daltonik bola tug’ilgan, ota ona genotipini toping.

A) aaXDX d x aaXD Y B) Aa XDXd x AaXD

C) aaXD X D x aaXd Y D)AAXDXD x aaXd Y

54.Albinizm kasalligi autosomada joylashgan retsessiv gen (a) bilan, diabetning bir turi esa

X-xromosomada joylashgan retsessiv (b) gen bilan ifodalanadi. Otasi sog', onasi esa diabet bilan kasallangan, har ikkovi ham qora sochli (albinos emas) erkak va ayol oilasida necha % bolalar ikkala belgi bo'yicha kasal bo'ladi?

A) 37,5 B) 50 C)12,5 D)62,5.

55. Yanoqlarida chuqurchasi bor bo’lgan, ko'k ko'zli, qoni normal iviydigan ayol yonoqlarida chuqurchasi yo'q, qo'ng'ir ko'zli, qoni normal iviydigan erkakka turmushga chiqdi. Ularning oilasida yonoqlarida chuqurchasi yo'q, ko'k ku'zli, gemofilik o'g'il bola tug'ildi. Yonoqlarda chuqurcha bo’lishi, qo'ng'ir ko'z dominant belgi bo'lib, autosoma orqali birikmagan tarzda irsiylanadi. Gemofiliya retsessiv belgi bo’libjinsiy X xromosomaga birikkan holda irsiylanadi.

a) Ushbu oilada qo'ng'ir ko'zli farzandlarning necha foizi anomaliyasiz tug'ilishi mumkin?

b) Ushbu oilada gemofiliya bilan kasallangan, yonoqlarida chuqurchasi bo’lgan farzandlarning tug'ilish ehtimolini aniqlang.

A) a-25, b-12,5 B) a-12,5, b-25

C) a-75, b-12,5 D) a-12,5, b-12,5

56. Gipertoniya geni autosomaga bog'liq dominant holda irsiylanadi, ko'zning optik ateroskeyasi X-xromosomaga birikkan retsessiv belgi hisoblanadi. Agar ayol faqat ateroskeya bilan kasallangan, gipertoniya bo'yicha sog'lom bo'lsa va u faqat gipertoniya bilan kasallangan (uning otasi gipertonik, onasi sog'lom bo’lgan) erkakka turmushga chiqsa,

a) bu oilada necha foiz farzandlar ikkala belgi bo'yicha sog'lom tug'iladi?

b) oilada necha foiz farzandlar ikkala belgi bo'yicha kasal tug'iladi?

A) a-25, b-12,5 B) a-12,5, b-25

C) a-75, b-12,5 D) a-25, b-25.

57. Albinos (a), daltonik (d) va gipertrixoz (b) erkak, albinizm va daltonizm bo'yicha geterozigotali, gipertrixozga ega bo'lmagan ayolga uylangan.Bu oilada otasiga o'xshash o'g'il tug'ilgan.

a) Oilada tug'iladigan qizlarning necha foizida daltonizm namoyon bo'ladi?

b) Oilada tug'ilgan qizlarda fenotip bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?

A)a-40%, b-1:1:1:1

B) a-50%, b-2:1:1

C) a-30%, b-1:1:1:1

D) a-50%, b-1:1:1:1

58. Odamda daltonizm retsessiv allellarga bog'liq va u X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. Talassemiya autosoma kasalligi bo'lib, u chala

dominantlik qiladi. Rangni yaxshi ajratadigan, lekin talassemiyaning yengil formasi bilan kasal ayol, daltonik, lekin talassemiya bo'yicha sog' erkakga turmushga chiqdi. Ularning oilasida daltonik, talassemiyani yengil formasi bilan kasallangan o'g'il tug'ildi. Bu oilada anomaliyasiz o'g'il tug'ilishi ehtimoli qancha?

A) 37,5 B) 50 C)12,5 D)62,5.

59. Aggamaglobulinemiyaning bir turi autosomaga birikkan retsessiv kasallik holatda, ikkinchi turi esa retsessiv X-xromosomaga birikkan holatda nasidan naslga o'tadi. Ayol ikki belgisi bo'yicha geterozigota va erkak aggamaglobulinemiya bilan kasallangan, agar unga bu kasallik faqat onasidan o'tgan bo'lsa (har ikkala turi ham), otasidan esa umuman

kasallik o'tmaganligi malum bo’lsa, oilada kasal bolalar tug'ilishi ehtimolini toping.

A) 37,5 B) 50 C)75 D)62,5

60.Tishlarning qoramtir rangi ikkita dominant gen ta'sirida rivojlanadi. Bu genlarning biri autosomada, ikkinchisi X-xromosomada joylashgan. Tishlari qora erkak va ayoldan tish rangi normal bo'lgan qiz va o'g'il tug'ildi. Ayol tishini qoramtir rang geni X-xromosomada, erkak tishini qoramtir rang geni autosomalarda joylashgan taqdirda shu oilada tish rangi normal bo'lgan farzandning tug'ilish ehtimoli qanday?

A) 37,5 B) 50 C)25 D)62,5.

61. Qora ko'zli ayol - ranglarni yaxshi ajratadi, uning otasi ko'k ko'z va daltonik. Shu ayol ko'k ko'z, rangni yaxshi ajratadigan erkak bilan turmush qurdi. Bu oilada ko'k ko'z, kasal o'g'il bola(a), ko'k ko'z, kasal qiz(b) va qora ko'zli, sog'lom qiz(a) tug'ilish ehtimoli qanday bo'ladi (agar qora ko'z autosomada joylashgan dominant belgi, daltonizm X-jinsiy xromosomaga birikkan retsessiv belgi ekanligi ma'lum bo’lsa)?

A) a-25, b-0, c-25 B) a-12,5, b-25, c-25

C) a-12,5, b-6,25, c-25 D) a-12,5, b-0, c-25

62. Odamda ter bezlarining bo'lmasligi retsessiv belgi bo'lib, jinsiy X-xromosoma bilan birikkan holda irsiylanadi. Albinizmni retsessiv autosoma geni belgilaydi. Normal ota-onadan ikki anomaliyaga ega bo’lgan og'il tug'ildi. Ota-onaning genotipini aniqlang(a). Qizlarning ikkala anomaliya bilan kasallanib tug'ilishi ehtimoli qanday(b)?

A) a-AaXBXb x AaXBY, b-0%

B) a-AaXBXb x AaXBY, b-12,5%

C) a-AaXBXb x AaXBY, b-25%

D) a-AaXBXb x AaXBY, b-6.25%

63.Gemofiliya X-xromosoma bilan birikkan holda irsiylanadigan retsessiv kasallik ,Albinizm retsessiv autosoma kasalligi. Sog'lom ota-onadan

ikki belgisi bo'yicha kasal farzand tug'ildi.

2-o'g'ilning ikkala kasallik bilan tug'ilish ehtimoli qanday (%) (a) va ota-ona genotipini aniqlang(b).

A) a-0%, b-AaXBXb x AaXBY

B) a-6,25%,b-AAXBXb x AaXBY

C) a-18,75, b-aaXBXb x AaXBY

D) a-25%, b-AaXBXB x AaXBY

64.Odamda anaridiya (ko'rlikning bir turi) autosoma dominant gen orqali irsiylanadi. Optik atrofiya (ko'rlikning boshqa bir turi) retsessiv jinsiy X-xromosomaga birikkan kasallik hisoblanadi. Optik atrofiyaga ega bo'lgan erkak faqat anaridiya bilan kasallangan ayolga uylandi (ayolning onasi har ikkala anomaliya bo'yicha sog'lom, otasi esa optik atrofiya bilan kasallangan edi).

a) Farzandlarining sog'lom bo'lib tug'ilish ehtimoli qancha (%)?

b) Farzandlarining kasal bo’lib tug'ilish ehtimoli qancha (%)?

c) Farzandlarining har ikkala anomaliya

bilan kasallanib tug'ilish ehtimoli qancha (%)?

d) Farzandlarining faqat bitta anomaliyaga

ega bo’lib tug'ilish ehtimoli qancha (%)?

A) a-18,5%,b-100%, c-50%,d-50%

B) a-25%,b-75%, c-25%,d-50%

C) a-0%,b-100%, c-50%,d-50%

D) a-0%,b-100%, c-60%,d-40%

65. Ota-onasi sog'lom, onasi ko'k va otasi qora ko'zli oilada ko'k ko'zli, gemofilik o'g'il tug'ildi, Gemofiliya retsessiv X-xromosoma orqali irsiylanadigan kasallik. Ota-ona genotipini aniqlang.

A)AaXBXb x AaXBY

B) AAXBXb x AaXBY

C) aaXBXb x AaXBY

D) AaXBXB x AaXBY

66.Jingalak patli, yashil oyoqli xo'roz, normal patli, sariq oyoqli tovuq bilan chatishtirilganda F1 da hamma xo'rozlar jingalak patli, sariq oyoqli va hamma tovuqlar jingalak patli, yashil oyoqli bo'lib chiqdi. Ikkinchi avlodda esa tovuq va xo'rozlar 4 xil fenotipik sinf hosil qildi. Shulardan 73 tasi jingalak patli, sariq oyoqli, 71 tasi jingalak patli, yashil oyoqli, 21 tasi normal patli, sariq oyoqli, 18 tasi normal patli, yashil oyoqli bo’ldi. Dastlabki ota-onalarning genotipini toping (jingalak pat autosoma orqali, oyoqlarning rangi jinsiy X-xromosoma orqali irsiylanadi).

A)AaXBXb x AaXBY

B) AAXbXb x aaXBY

C) aaXBXb x AaXBY

D) AaXBXB x AaXBY

67.Pigmentli retinit (qorong'ulikda ko'rishning buzilishi bo'lib, sekinlik bilan ko'rlikka olib keladi) 3 xil yo’l bilan irsiylanishi mumkin: autosoma dominant, autosoma retsessiv va jinsiy X-xromosomaga birikkan retsessiv belgi sifatida (har uchchala turi ham turli xil xromosomalarda joylashgan). Pigmentli retinit bilan og'rigan, har

uchchala gen bo'yicha geterozigota bo’lgan ayol va uchchala gen bo'yicha sog'lom (faqat autosoma turi bo'yicha geterozigota) bo’lgan erkak oilasida

a) sog'lom farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping.

b) kasal farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping.

c) sog'lom o'g'il farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping.

A) a-28,1, b-62,35, c-9,37

B) a-28,1, b-71,87, c-6,37

C) a-17,1, b-71,87, c-9,37

D) a-28,1, b-71,87, c-9,37

68. Onasi va akasi ranglarni normal ajrata oladigan ayol ranglarni ajratolmaslik kasalligiga chalingan. Uning birinchi o'g'il farzandining daltonik bo’lib tug'ilish ehtimoli qancha?

A) 25 B) 50 C) 100 D) 75

69. Tish emali gipoplaziyasi jinsiy X-xromosomaga birikkan dominant

belgi sifatida irsiylanadi. Ota-onaning har ikkalasi ham shu anomaliya bilan kasallangan oilada sog'lom tishlarga ega bo'lgan o'g'il farzand tug'ildi. Keyingi o'g'il farzandning sog'lom bo'lib tug'ilish ehtimolini toping.

A) 25 B) 50 C) 0 D) 75

70. ≪k≫ omili parrandalarda retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanuvchi letal gen hisoblanadi. Bu gen bo'yicha gomozigotalilar tuxumdan ochib chiqqunicha nobud bo'ladi. 248-raqamli xo'rozni malum bir tovuq bilan chatishtirganda 200 ta jo'ja olindi. Ularning yarmi, xo'roz, yarmi tovuq edi.

51-raqamli xo'rozni xuddi o'sha tovuq bilan

chatishtirganda 210 ta jo'ja olindi, ulardan 70 tasi tovuqlar edi.

a) Letal gen ta'sirida nobud bo’lgan individlarning soni va genotipini aniqlang.

b) 51 –nomerli xo'rozning genptipini, toping.

c) 248-raqamli xo'rozning genotipini toping.

A) a-XkY,b-XKXk, c- XKXk

B) a-XkY,b-XKXk, c- XkXk

C) a-XkY,b-XKXK, c- XKXk

D) a-XkY,b-XKXk, c- XKXK

71.Tovuq va xo’rozlar patining chipor rangda bo’lishi (B) qora bolishi (b) ustidan,toj shaklining gulsimon bo’lishi (A) oddiy (a) bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi.Pat rangini yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X,toj shaklini belgilovchi genlar autosoma xromasomada joylashgan.Digeterezigotali xo’roz va gulsimon tojli,qora patli aXb gametalar yashovchan bo’lmagan tovuqlar (faqat urg’ochilarida aXb gametalar yashovchan emas) chatishtirilishidan 240 ta jo’ja olinganligini hisobga olib quyidagilarni aniqlang.

a)chatishtirishdan olingan oddiy tojli chipor rangli jo’jalarning genotipini;

b)chatishtirishdan olingan jo’jalarning nechtasi gulsimon tojli qora rangli ekanligini.

A. a-aaXBXb; aaXbY; b-80

B. a- aaXBXb; aaXbY; b-120

C. a- aaXBXB; aaXBXb; aaXBYb-100

D. a- aaXbY; b-100


Download 194.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling