Aql tarozisida o’lchab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir. Abu Ali ibn Sino


Download 194.87 Kb.
bet6/11
Sana08.11.2020
Hajmi194.87 Kb.
#142581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOLOGIYA 80


11-DARS

Belgilarning birikkan holda irsiylanishi
Odatda bir xromosomada joylashgan genlar birikkan holda nasldan naslga o‘tadi. SHunga ko‘ra ular hosil qilgan belgilar ham nasldan-nasga birikkan holda o‘tadi. Bu hodisani dastlab T. Morgan va shogirdlari tomonidan o’rganilgan va irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratildi. Albatta bir xromosomada joylashgan genlarning birikkan holda nasldan-naslga o‘tishi mutloq emas. Ba’zi hollarda meyozning profazasida ota-ona organizmlar gomologik xromosomaning o‘zaro konyugatsiyasi tufayli ular ayrim genlari bilan o‘rin almashinishi mumkin. Bu hodisa krossingover deb ataladi.
Masalalar:
1. Pomidor o‘simligida shoxlarining uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar birikkan bo‘lib, bir xromosomada joylashgan. Seleksioner uzun poyali (N) va yumaloq mevali (R) gomozigota pomidor bilan kalta poyali (n) va noksimon mevali (r) pomidorni chatishtirib, F1 da 110 ta, F2 da 1200 ta o‘simlik yetishtirgan:

a) F1 da uzun poyali va yumaloq mevasi qancha

b) F2 da necha xil genotipik sinf yuzaga keladiq

c) F2 da necha o‘simlik kalta poyali noksimon mevali bo‘ladi.

A) a-300, b-3-xil, c-300

B) a-900, b-2-xil, c-300

C) a-900, b-3-xil, c-300

D) a-900, b-3-xil, c-600

2. Xitoy primulasi gulining ustunchasi va og‘izchasi rangini belgilovchi genlar bitta xromosomada joylashgan, Gul ustunchasining qisqaligi (L) dominant, uzunligi (l) retsessiv, ustuncha og‘izchasining yashil rangi (R) qizil rangi (r) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ustunchasi qisqa gomozigota, og‘izchasi qizil bo‘lgan o‘simlik uzun ustunchali yashil og‘izchali o‘simlik bilan chatishtirilib, F1 da 990 ta, F2 da 1000ta duragay olingan:

a) F2 da nechta o‘simlik qisqa ustunchali va yashil og‘izchali bo‘ladi.

b) F2 da necha xil genotip hosil bo‘ladi.

A) a-250,b-4xil B) a-500,b-2xil

C) a-1000,b-3xil D) a-500,b-3xil

3. Drozofila meva pashshasida tananing qora rangi (b), qanotning kaltaligi (v) retsessiv, tananing kulrangi (B) va qanotning normallagi (V) dominant belgi hisoblanadi. Kulrang tanali normal qanotli gomozigota urg‘ochi drozofila, qora tanali, kalta qanotli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. F2 dagi drozofilalarning 269 tasi kulrang tanali, normal qanotli 87 tasi qora tanali, kalta qanotli bo‘lgan. Dastlabki ota-onaning genotipini aniqlang.

A) BBVV x bbvv B) bbVV x BBvv

C) BbVv x bbvv D) BBvv x bbvv

4. Makkajo‘xori donining tekisligi, burishganligi ustidan, rangliligi rangsizligi ustidan dominantlik qiladi. Makkajo‘xorining doni tekis va rangli navi doni burishgan va rangsiz navi bilan chatishtirilib, F1 da 4152 ta doni tekis va rangi, 149 ta doni burishgan va rangli, 152 ta doni tekis va rangsiz, 4163 ta doni burishgan va rangsiz formallar olingan. Genlar orasidagi masofani aniqlang(morganid)

A) 2,5 B) 3,5 C) 3,8 D) 1,5

5. Odamda katarakta (ko‘z gavxarining xiralanishi) va polidaktiliya (olti barmoqlilik) genlari xromosomada bir-biriga yaqin joylashib, krossingover hosil etmaydigan dominant genlarga bog‘liq. Ota normal, ona ikki belgi bo‘yicha geterozigota va onadagi kamchiliklar faqat ona avlodidan o‘tgan bo‘lsa, oilada mazkur belgilar bo‘yicha qanday farzand kutish mumkin.

A) 50% sog’; 50% ikkala belgi bo’yicha kasal

B) 100% sog’

C) 50% sog’; 50% bir belgi bo’yicha kasal

D) 100% ikkala belgi bo’yicha kasal

6. Odatda rezus faktor va eritrotsitlarni belgilovchi genlar birikkan holda 3-morganid uzoqlikda joylashgan. Musbat rezus faktor va eritrotsitlarning elliptotsitozi (eritrotsitlarning oval shaklda bo‘lishi) dominant genlar orqali beriladi. Agar ota-onaning biri ikki belgi bo‘yicha geterozigota holatda (bu belgilardan birini otadan, ikkinchisi onadan olgan), ikkinchisining rezus faktori manfiy, eritrotsitlari normal bo‘lsa, shu oilada tug‘ilgan farzandlarning genotipi bilan fenotipi‚ qanday bo‘ladi.

A) gen: 1;1;1;1, fen: 2;1;1

B) gen: 1;1;1;1, fen: 3;1

C) gen: 1;1, fen: 1;1

D) gen: 1;1;1;1, fen: 1;1;1;1

7. Ko‘zi oq (w), tanasi vilkasimon tuklangan (f) erkak drozofila pashshasi fenotip bo‘yicha o‘xshash 2 ta digeterozigota urg‘ochi forma bilan chatishtirilganda har xil natija olingan:

WF : Wf : wF : wf - 41% : 9% :9 % :41%

WF : Wf : Wf : wf - 9% : 41% : 41%: 9%

a) krossingover % ni toping

b) olingan natijaga qarab xromosomada orasidagi masofani anilang.(morganida)

A) a- 18%, b-18 B) a- 20%, b-20

C) a- 41%, b-41 D) a- 9%, b-9

8. Makkajo‘xorining doni rangli, endospermi tekis formasi bilan doni rangsiz, endospermi burishgan formasi chatishtirilganda naslda 4032 ta doni rangli, endospermi tekis, 4035 ta doni. rangsiz, endospermi burishgan, 144 ta doni rangli. endospermi burishgan, 151 ta doni rangsiz, endospermi tekis forma olingan. Ota-onaning genotipini, F1 dagi krossingover % ni aniqlang.

A) 2,5 B) 3,53 C) 3,8 D) 1,5

9. Hidli no‘xat gulining rangli va barg qo‘ltig‘ida «mo‘ylovchalarchalar» bo‘lishini ta’minlovchi genlari bir xromosomada joylashgan bo‘lib, birikkan holda nasldan-naslga o‘tadi. Guli qizil barg qo‘ltigida «mo‘ylovchalari» bor (RRTT) formasini guli pushti, barg qo‘ltig‘ida «mo‘ylovchalari» yo‘q (rrtt) formasi bilan chatishtirib, 80 ta o‘simlik olingan. Ular retsessiv belgili hidli no‘xat bilan qayta chatishtirilib, Fb da 1200 ta o‘simlik olingan:

a) F1 necha xil gameta hosil qiladi.

b) Fb o‘simliklardan nechtasining guli pushti, barg qo‘ltig‘ida mo‘ylovchalar bo‘lmaydi.

v) Fb o‘simliklardan nechtasining guli qizil barg qo‘ltigida «mo‘ylovchalar» bo‘ladi.

A) a-2xil, b-300, v-300 B) a-3xil, b-600, v-600

C) a-4xil, b-600, v-600 D) a-2xil, b-600, v-600

10. Makkajo‘xori maysalarining sariq rangda, yaltiroq bo‘lish genlari yashil va xira bo‘lishiga nisbatan retsessiv belgi hisoblanadi. Qayd qilingan belgilari bo‘yicha digeterozigota makkajo‘xori maysasi sariq, yaltiroq formasi bilan qayta chatishtirilganda. Fb da olingan 726 ta o‘simlikdan 310 tasi dominant, 287tasi retsessiv belgiga ega bo‘lib. qolgan 129 tasi krossingover formallar ekanligi aniqlangan. Krossingover % ni aniqlang.

A) 2,5 B) 18,35 C) 16,5 D) 17,77

11. Drozofilaning ikkinchi juft xromosomasida qanoti va oyoqlarining uzunligiga tasir etuvchi p va d genlar joylashgan. qanoti (p+) va oyog‘i (d+) normal uzunlikda bo‘lishini ta’minlovchi genlar qanoti (p) va oyog‘i (d) kalta bo‘lishini ta’minlovchi genlar ustidan dominantlik qiladi. Tajribada qanoti kalta, oyogi normal drozofila qanoti normal, oyog‘i kalta drozofila bilan chatishtirilgan. Hosil bo‘lgan F1 retsessiv belgili pashshalar bilan qayta chatishtirilganda. Fb da 840 ta pashsha olingan. SHulardai 27 tasi dominant belgiiga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi:

a) Fb duragaylar ichida ikkita retsessiv belgiga ega bo‘gani nechta.

b) Fb duragaylarning ichida qanchasi normal qanotli, normal oyokli bo‘ladi.

c) Fb dagi drozofilaning necha protsentida krossingover ro‘y bermaganq

d) p+ gen bilan d+ necha morganidga teng.

A) a-27,b-27,c-93,57,d-6,43

B) a-420,b-27,c-93,57,d-6,43

C) a-840,b-27,c-93,57,d-6,43

D) a-27,b-420,c-93,57,d-6,43

12.Makkajo`xori urug`ining silliq va bo`yalgan shakli bilan burishgan va bo`yalmagan shakli chatishtirilganida 1-avlodda silliq v abo`yalgan

urug`lar hosil bo`ldi. Bu genlar orasida masofa yaqin bo`lib digeterozigota o`simliklar ikki belgi bo`yicha retsessiv organism bilan chatishtitilganida avlodda 8304 ta bo`yalgan silliq, 298 ta burishgan, bo`yalgan, 304ta silliq bo`yalmagan, 8326ta burishgan, bo`yalmagan urug`lik makkajo`xori o`simligi olingan.

I. Ota onaga genotip jihatdan o`xshash organizmlar necha %?

A) 20,5% B) 3,5% C) 96,5% D) 48,5%

.II. Ota onadan genotip jihatdan farq qiluvchi organizmlar necha %?

A) 20,5% B) 3,5% C) 96,5% D) 48,5%

13.Odam rang ajrata olmasligi daltonizm va shapko`rlik jinsiy xromosomada joylashgan bo`lib, retsessiv holda irsiylanadi, ular orasida chalkashuv 48% tashkil etsa, normal ko`rish qobilyatiga ega bo`lgan ayol (otasi daltonik onasi shapko`rlik bilan kasallangan) normal ko`radigan erkakka turmushga chiqdi.

I. Ikki belgi bo`yicha kasal farzandlarning tug`ilish ehtimolini aniqlang?

A) 52% B) 48% C) 12% D) 25%

II. Rang ajrata olmaydigan farzandlarning tug`ilish ehtimolini aniqlang?

A) 52% B) 48% C) 12% D) 25%

III.Genotip jihatdan sog`lom farzandlar tug`ilish ehtimolini aniqlang?

A) 52% B) 48% C) 12% D) 24%

IV. Rang ajrata olmaydigan farzand tug’lishi ehtimoli?

A) 52% B) 48% C) 12% D) 25%

V. fenotip jihatdan sog’lom farzand tug’lishi ehtimoli?

A) 62% B) 48% C) 12% D) 25%

14.Drozofila pashshasida kulrang tana (A) va kalta qanotlilik (b) belgilarning boshqaruvchi genlar bir xromosomada, qora tana (a) va uzun qanotlini boshqaruvchi genlar esa boshqa xromosomada joylashgan bo’ladi. Kulrang tanali va uzun qanotli urg’ochi pashsha bilan qora tana va kalta qanotli erkaka pashsha chatishtirilsa, duragaylarning 83 foizi ota-onalarga o’xshash,

17 foizi yangi oraliq formalar bo’ladi. Ota-onalarning genotipini aniqlang.

A)AaBb x Aabb B)AABB x aabb

C)AaBb x aabb D)AaBB x aabb

15.Drozofila meva pashshalari tahliliy chatishtirilgandan quyidagi natijalar olindi. Ota- onalarga o`xshash formalar 965 va 944 ta, rekombinant ota- onaga o`xshamagan formalar 206 va 185 ta. Rekombinatsiya(krossingover) ehtimoli va genlar orasidagi masofa necha morganidaga teng.

A) 17%, 71 morganida B) 17%, 17 morganida

C) 7%, 7 morganida D) 27%, 72 morganida

16.Juni hurpaygan va normal uzunlikdagi sichqon bilan silliq va uzun junli sichqon chatishrilganida F1 da hurpaygan va normal junli sichqonlar olindi. Agar genlar orasidagi masofa yaqin bo`lsa, F1 avlod bilan taxliliy chatishtirish o`tkazilganda 54ta normal silliq, 198ta normal hurpaygan, 196ta uzun, silliq, 48ta uzun hurpaygan sichqonlar olindi.

I. Sichqonlarda chalkashish %ini aniqlang?

A) 20,5% B) 50% C) 79,5% D) 48,5%

II.Genotipi ota-onaga o`xshaydigan sichqonlar necha % ni tashkil qiladi

A) 20,5% B) 50% C) 79,5% D) 48,5%

17.Xushbo’y no’xatning qizil gulli va changchisining shakli tik formasi bilan , oq gulli va changchi shakli egilgan formasi o’zaro chachishtirilganda F1 da 150 ta o’simlikning barcha qizil gulli va changchisi tikka shaklga ega bo’ldi. F1 avlod o’zaro chatishtirilganda 2400 ta o’simlik olindi. F2 avlodda nechta o’simlik qizil gulli va tikka changchi shaklga ega bo’lgan?

A) 600 B) 1800 C) 450 D) 135

18. Pomidorlarda poyaning uzun bo’lishi kalta bo’lishi ustidan, mevasining yumaloq bo’lishi noksimon bo’lishi ustidan dominantlik qiladi. Poyaning bo’yini belgilovchi gen bilan meva shaklini belgilovchi genlar bitta xromosomada joylashgan bo’lib, rekombinatsiya(krossingover) ehtimoli 20%.

I.Har ikki belgisi bo'yicha geterozigotali o'simlik bilan past bo'yli va noksimon mevali o'simlik chatishtirilgan. Farzandlarning necha foizi fenotip jixatdan ota-onaga o'xshash,(a) necha foizi fenotip bo'yicha ota-onadan farq qiladi (b)?

A) a-20, b-80 B) a-80, b-20

C) a-70, b-30 D) a-60, b-40

II. Ikki belgisi bo’ycha geterozigota pomidor kalta poyali noksimon pomidor bilan chatishtirildi. Olinadigan duragaylarning necha foizi ota- ona genotipiga o`xshash, necha foizi o`xshamagan bo’ladi?

A) 30%, 30%; 20%,20%

B) 40%, 40%; 10%, 10%

C) 35%, 35%; 15%, 15%

D) 20%, 20%; 20%, 20%

19. AaBb genotipli organizmda belgilarning to'liqsiz birikkan holda irsiylanishida hosil bo'lgan krossoverlangan (1)va krossoverga uchramagan (2)gametalarni ko'rsating.

a)AB; b)Ab; c)ab; d)aB

A)1-a, b; 2-c, d B) 1-b, d ; 1-a,c

C)1-b, c; 2-a, d D)1-a, d; 2-b, c

20. Drozofilla meva pashshasida tananing qora rangi, qanotning kaltaligi retsersiv, tananing kulrangligi va qanotning normalligi dominant belgi hisoblanadi.Tananing rangi bilan qanotning uzunligini belgilovchi genlar to’liq birikkan bo’lib, bir xromosomada joylashgan

I.Tanasi kulrang, qanoti uzun drozofilani tanasi qora qanoti kalta drozofila bilan chatishtirib F2 da 90 ta kulrang tanali normal qanotli pashsha olindi. F1 da 608 ta pashsha olingan bo’lsa, ularning nechtasi kulrang tanali, uzun qanotli bo’ladi?

A)456 B)342 C)152 D) 304

II.Tanasi kulrang, qanoti uzun drozofilani tanasi qora, qanotli kalta drozofila bilan chatishtrildi. F1 duragayning tanasi kulrang va qanoti uzun bo’ldi. FB da genlarning to’liq birikkan holda irsiylanish nisbati qanday bo’ladi?

A)1:1:1:1 B)2:1 C)3:1 D)1:1

21. Genlari xromosomada birikkan digeterozigota erkak drozofila retsessiv belgili urg’ochi drozofila bilan chatishtirildi. Fb da nechta fenotipik sinf hosil bo’ladi?

A.)Bitta B) Ikkita C) Uchta D) To’rtta

22. Genlari xromosomada birikkan digeterozigota urg’ochi drozofila retsessiv belgili erkak drozofila chatishtirilsa Fb da nechta fenotipik sinf kuzatiladi?

A.)Bitta B) Ikkita C) Uchta D) To’rtta

23. Xushbo’y no’xatning necha juft belgilari mustaqil taqsimlanmaydi.

A.2 B.5 C.1 D.7

24. Drozofila pashshasida tananing kulrangliligi qoraligi ustidan, qanotlarining normalligi kaltaligi ustidan ustunlik qiladi. Ko’zlarining qizil bo’lishi oq bo’lishiga nisbatan ustunlik qiladi. Trigeterozigota urg’ochi pashsha hamma belgisi bo’yicha retsessiv erkak pashsha bilan chatshtirilganda,

I. avlodning necha foizi kalta qanotli, kulrang tanali, oq ko’zli bo’ladi?

A) 12,5 B) 4,25 C) 25 D) 8,5

II. avlodning necha foizi kalta qanotli, qora tanali, oq ko’zli bo’ladi?

A) 25 B) 20,75 C) 50 D) 12,5

25.Odamlarda rezus-faktor va eritrotsitlarning shaklini ifodalovchi genlar autosomaga to'liq birikkan holda irsiylanadi. Rezus musbat va elliptotsitoz dominant genlarga bog'liq. Er-xotinlardan biri har ikki belgi bo'yicha geterozigota bo'lib, rezus musbat va elliptotsitoz belgilarini otasidan olgan bo'lsa, uning turmush o'rtog'i ayolda rezus manfiy,eritrotsitlar normal holatdadir. Bu oilada tug'ilgan bolalarning fenotipi qanday?

A) 50% normal, manfiy; 50% elliptosetoz,musbat

B) 75% normal, manfiy; 25% elliptosetoz,musbat

C) 100% normal, manfiy;

D) 100% elliptosetoz,musbat

26.Katarakta va polidaktiliya dominant belgilar bo'lib, to'liq jinsga birikkan holda irsiylanadi. Ayolga ikkala anomaliya otasidan o'tgan, uning onasi bu ikkala belgi bo'yicha sog'. Shu ayol sog'lom erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada ikkala anomaliya bo'yicha kasallanib tug'ilishi ehtimoli bo'lgan farzandlarning %ini toping.

A) 50 B) 40 C)30 D) 25

27. Ko'z shox pardasining ko'rligi (katarakta) va polidaktiliya dominant belgi bo'lib, ular jinsga to'liq birikkan holda irsiylanadi. Onasi faqat katarakta bo'yicha gomozigota kasal, otasi esa faqat polidaktiliya bo'yicha gomozigota kasal bo'lgan oilada tug'ilgan qiz bu belgilar bo'yicha sog' yigitga turmushga chiqadi.

a) Katarakta bilan tug'iladigan bolalar (%) ehtimolini toping.

b) Faqat 1 ta anomaliya bilan tug'ilishi mumkin bo'lgan farzandlar %ini toping.

A) a-50, b-50 B) a-50,b-100

C) a-100, b-50 D) a-75, b-25

28.Gemofiliya va daltonizm kasalliklari X-xromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasidan naslga o'tadi. Ushbu genlar orasidagi masofa 9,8 morganidga teng.

I. Onasi daltonik bo'lgan, otasi esa gemofiliya bilan kasallangan, o'zi sog'lom ayol ikkala kasallik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqadi. Bolalarning ikkala anomaliya bilan tug'ilish ehtimolini toping (%)

A)4,9 B)3,4 C)5,2 D) 6,25

II.Onasi daltonik bo'lgan, otasi esa gemofiliya bilan, kasallangan oilada tug'ilgan qiz bilan ushbu belgilar bo'yicha sog'lom erkak nikohidan tug'ilgan ikki o'g'ilning biri daltonik, qoni normal iviydi, ikkinchisi gemofilik, lekin ranglarni yaxshi ajratadi.

a) Ushbu oilada ikkala juft belgilari bo'yicha sog'lom o'g'il, qizlarning tug'ilish ehtimolini (%) aniqlang.

b) oilada farzandlarning keltirilgan anomaliyalarning bittasi bilan kasallangan bo’lib tug'ilish ehtimolini (%) aniqlang.

A) a-54, b-49 B) a-58, b-42

C) a-55, b-48 D) a-52,45, b-45,1

III. Onasi daltonik bo'lgan, otasi esa gemofiliya bilan kasallangan sog'lom ayol ikkala kasallik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqadi. Bolalarning faqat bitta anomaliya bilan tug'ilish ehtimolini toping (%)

A) 90,2 B) 40 C) 65,5 D) 25

29. Makkajo'xorida barglarning burishganligi va poyasining past bo'ylilik geni retsessiv belgilar hisoblanib, bitta xromosomada bir-biridan

18 morganida masofada joylashgan. Barglari silliq va normal uzunlikdagi o'simlik burishgan bargli, past bo'yli makkajo'xori bilan chatishtirilganida F1 da 460 ta o'simlik olinib, ularning barchasi normal bo'yli, barglari silliq edi F2 da esa 1200 ta o'simlik olingan.

a) F2 da olingan o'simliklardan necha %i burishgan bargli, past bo'yli ekanligini aniqlang.

b) F2 da olingan o'simliklardan necha %i ikki belgisi bo'yicha geterozigota ekanligini aniqlang.

c) F2 da olingan o'simliklardan necha foizi silliq bargli, past bo'yli ekanligini aniqlang.

A) a-20,5, b-44, c-9,5 B) a-41, b-44, c-4,5

C) a-20,5, b-41, c-4,5 D) a-20,5, b-48, c-4,5

30. Drozofila pashshasida ko'zning normal rang geni oq ko'zlilik geniga, anomal qorin tuzilishi esa normal qorin tuzilishiga nisbatan dominantlik qiladi. Ushbu genlar jinsiy X-xromosomada 3 morganida masofa oralig'ida joylashgan. Har ikkala gen bo'yicha geterozigotali urg'ochi pashsha ko'zlarining rangi va qornining tuzilishi normal bo'lgan erkak pashsha bilan chatishtirilganida, F1 da 400 ta avlod olingan.

a) F1 da olingan pashshalardan nechtasi anomal qorin tuzilishiga ega ?

b) F1 da olingan pashshalardan necha %i ko'zining rangi oq?

A) a-200, b-50 B) a-400, b-25

C) a-400, b-50 D) a-200, b-25

31. Kalamushlarda junining qoramtir rangi och rangga nisbatan, ko'zining pushti rangi qizilga nisbatan ustumikka ega. Bu belgilar bitta xromosomada joylashgan. Laboratoriyada pushti ko'z, qoramtir junli kalamushlarni qizil ko'z, och rang junlilar bilan chatishtirilganida quyidagidek avlodlar olingan: 110 ta och rang junli, qizil ko'zli, 110 ta qoramtir jungli pushti ko'zli, 55 ta och rang jungli pushti ko'zli, 55 ta qoramtir junli, qizil ko'zli. Shu genlar o'rtasidagi masofani aniqlang (morganida).

A) 38,5 B) 33,33 C) 50 D) 35

32. Ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) va shapko'rlikni yuzaga chiqaruvchi retsessiv genlar jinsiy X-xromosomada joylashgan bo’lib, ular

orasidagi masofa 50 morganidaga teng. Onasi shapko'rlik bilan, otasi esa daltonizm bilan kasallangan, o'zining ko'rish qobiliyati normal

bo’lgan ayol faqat shapko'rlik bilan kasallangan erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada sog'lom farzandlarning tug'ilish ehtimolini aniqlang.

A) 97 B) 48,5 C) 50 D) 37,5

33.Makkajo‘xori maysalarining sariq va yaltiroq bo‘lishi yashil va xira bo‘lishiga nisbatan retsessiv belgidir. Bu genlar birikkan holda irsiylanadi. Genlari bo‘yicha digeterozigota bo‘lgan o‘simlikdan tahliliy chatishtirish natijasida olingan 726 ta o‘simlikdan 128 tasi krossingover formalar ekanligi aniqlandi. Hosil bo‘lgan o‘simliklardan nechtasining maysasi yashil rangga ega bo‘ladi?

A) 598 B) 363 C) 128 D) 299

34. Polidaktiliya va katarakta bitta autosoma xromasomada joylashgan. Erkak ikkala belgi bo’yicha kasallangan va bu belgilarni onasidan olgan. Ayol ikkala belgi bo’yicha sog’lom. Agar krossingover 3% bo’lsa, ikkala belgi bo’yicha sog’lom farzandlarni tug’ilish ehtimolini aniqlang.

A) 97 B) 48,5 C) 50 D) 3

35.Tovuqlarda erta pat hosil qilish va chipor rang kech pat hosil qilish va qora rangga nisbatan dominantlik qiladi. Bu belgilarni ifodalovchi noallel genlar autosomada birikkan holda irsiylanadi.

I. Digeterozigota organizmlar chatshtirilganda qanday gametalar necha foizdan hosil bo’lishini aniqlang? (xo’roz dominant genlarni faqat otasidan olgan, krossingover 20%)

1) AB - 40%; 2) ab - 40%;

3) Ab - 40%; 4) aB - 40%;

5) AB - 10%; 6) ab - 10%;

7) Ab - 10%; 8) aB - 10%;

A) 1,2,7,8 B) 1,2,5,6

C) 3,4,5,6 D) 3,4,7,8

II.Digeterozigota organizmlar chatshtirilganda kech pat hosil qiladigan chipor rangli jo’jalar avlodni necha foizini tashkil qiladi? (xo’roz dominant genlarni faqat otasidan olgan, krossingover 20%)

A) 5% B) 12,5% C) 60% D) 70%

III.Digeterozigota organizmlar chatshtirilganda kech pat hosil qiladigan qora rangli jo’jalar avlodni necha foizini tashkil qiladi? (xo’roz bitta dominant genni otasidan, ikkinchisini onasidan olgan, krossingover 20%)

A) 5% B) 20% C) 50% D) 12,5%

36.Drozofila meva pashshasining kulrang tanali uzun qanotli qizil ko’zli geterozigota urg’ochisi xuddi shunday fenotipga ega bo’lgan erkak pashsha bilan chatshtirildi. Urg’ochi pashshadan qanday gametalar hosil bo’lishi mumkinligini aniqlang?

1) AB XA -20,75%; 2) AB Xa -20,75%

3) ab XA -20,75% 4) ab Xa -20,75%

5) AB XA -12,5%; 6) AB Xa -12,5%

7) ab XA -12,5% 8) ab Xa -12,5%

9) Ab XA -4,25%; 10) Ab Xa -4,25%

11) aB XA -4,25% 12) aB Xa -4,25%

13) Ab XA -12,5%; 14) Ab XA -12,5%

15) aB XA -12,5% 16) aB XA -12,5%

A) 5,6,7,8,13,14,15,16

B) 1,2,3,4,9,10,11,12

C) 1,2,3,4,5,6,7,8

D) 5,6,7,8,9,10,11,12

37.Drozofila meva pashshasining kulrang tanali uzun qanotli qizil ko’zli geterozigota urg’ochisi xuddi shunday fenotipga ega bo’lgan erkak pashsha bilan chatshtirildi. erkak pashshadan qanday gametalar hosil bo’lishi mumkinligini aniqlang?

1) AB XA -20,75%; 2) AB Xa -20,75%

3) ab XA -20,75% 4) ab Xa -20,75%

5) AB XA -25%; 6) AB Xa -25%

7) ab XA -25% 8) ab Xa -25%

9) Ab XA -4,25%; 10) Ab Xa -4,25%

11) aB XA -4,25% 12) aB Xa -4,25%

13) Ab XA -12,5%; 14) Ab XA -12,5%

15) aB XA -12,5% 16) aB XA -12,5%

A) 5,6,7,8

B) 1,2,3,4,9,10,11,12

C) 1,2,3,4,5,6,7,8

D) 5,6,7,8,9,13,14,15,16

38.Drozofila meva pashshasining kulrang tanali uzun qanotli qizil ko’zli geterozigota urg’ochisi xuddi shunday fenotipga ega bo’lgan erkak pashsha bilan chatshtirildi.

I. Hosil bo’lgan erkak pashshalarning necha foizi oq ko’zli bo’ladi?

A) 50 B) 25 C) 41,5 D) 70,75

II. Hosil bo’lgan erkak pashshalarning necha foizi qizil ko’zli uzun qanotli bo’ladi?

A) 37,5 B) 41,5 C) 50 D) 45,75

III. Hosil bo’lgan erkak pashshalarning necha foizi qora tanali bo’ladi?

A) 41,5 B) 25 C) 50 D) 75

39.Odamda polidaktiliya va katarakta 1 ta autosomada joylashgan dominant genlar ta’sirida irsiylanadi. Erkak katarakta va polidaktiliya bilan kasallangan bo’lib, unga bu genlardan biri onasidan o’tgan. Ayol 2 belgisi bo’yicha sog’lom. Nazariy jihatdan krossingover 3% bo’lsa,

I. shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi ota-onaga fenotip jihatdan o’xshash bo’ladi?

A) 97% B) 50% C) 3% D) 48,5%

II.shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi ota-onaga genotip jihatdan o’xshash bo’ladi?

A) 97% B) 50% C) 3% D) 48,5%

III. shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi polidaktiliya va katarakta bo’yicha sog’lom bo’ladi?

A) 25% B) 48,5% C) 3% D) 1,5%

IV. shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi polidaktiliya bilan kasallangan bo’ladi?

A) 25% B) 48,5% C) 50% D) 97%

V. shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi ota-onaga fenotip jihatdan o’xshamagan bo’ladi?

A) 97% B) 50% C) 3% D) 48,5%

40.Odamda A va B genlari bitta xromasomada joylashgan va ular orasidagi masofa 8 Morganidaga teng. C geni boshqa nogomologik xromasomada joylashgan.

I. Barcha belgilari bo’yicha geterozigota organizm hosil qiladigan gametalar va ularning foizi aniqlang.

1) ABC-23; 2) ABc-23; 3) abC-23; 4) abc-23;

5) ABC-12,5; 6) ABc-12,5; 7) abC-12,5;

8) abc-12,5; 9) AbC-2; 10) Abc-2; 11) aBC-2; 12) aBc-2; 13) AbC-12,5; 14) Abc-12,5;

15) aBC-12,5; 16) aBc-12,5

A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,3,4,9,10,11,12

C) 5,6,7,8,9,10,11,12 D) 5,6,7,8,13,14,15,16

II. Barcha belgilari bo’yicha geterozigota organizm tahliliy chatshtirildi. Avlodda noallel dominant A va C genlarining birga uchrash ehtimolini aniqlang?

A) 25 B) 46 C) 48 D) 27

III. Barcha belgilari bo’yicha geterozigota organizm tahliliy chatshtirildi. Avlodda noallel dominant A va B genlarining birga uchrash ehtimolini aniqlang?

A) 46 B) 25 C) 48 D) 50



Download 194.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling