Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
474 Mehribon Hasan (Ibratli hikoya) ish kunlaridan birida Hasan non sotib olish uchun nonvoyxonaga bordi. Uy- iga qaytib kelayotganida yo‘lda ozg‘in bir itni ko‘rdi. Go‘yo uning qo‘lidagi nondan bir bo‘lak berishini o‘tinib so‘rayotgandek tuyuldi. Bu bechora it holiga achingan Hasan o‘ziga-o‘zi: “Agar bu itga nonlardan birini bersam, onam qattiq urishadi”, dedi. Ammo Hasan o‘ylab o‘tirmasdan itga yordam berishga qaror qil- di. Savatini qorga qo‘ydi-da, bir bo‘lak nonni olib maydalab it oldiga tashladi. Nonvoyxona- dan chiqib bu yerdan o‘tib ketayotgan bir ki- shi Hasanning gapini eshitib qoldi. O‘zidagi bir bo‘lak nonni sekin, bildirmasdan Hasanning savatiga solib qo‘ydi. Hasan uyiga kelganida savatidagi non kamaymaganini ko‘rib hayron bo‘ldi. Agar Hasan mana bu hadisni bilganida, bu voqeaning mohiyatini yaxshilab tushunib olgan bo‘lar edi: “Kishining molu dunyosi qil- ingan sadaqadan kamaymaydi”. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 475 Mushukka aylangan sher (Ibratli hikoya) ir zamonlar bir shaharda jinoyatchilarni vahshiylarcha jazolash usuli joriy etilgan ekan. Shahar hokimi jinoyatchilarni och qolgan sherlar oldiga tashlashni buyurar ekan. Odam- lar yig‘ilib, shu jazoning qanday ijro etilishini ko‘rish uchun sher yotgan qafas oldiga kelis- har ekan. Bir kuni egasidan qochib ketgan qul- ni jazolagani olib kelishibdi. Bechora qulni o‘n kun och qoldirilgan bir sher oldiga keltirishib- di. Uni ko‘rgan sher to‘satdan to‘xtab qolibdi. Keyin qulning yoniga kelib uning qo‘llarini ya- lay boshlabdi, unga suykalib erkalanibdi. Yig‘ilganlar buni ko‘rib hayron bo‘lishibdi va quldan sher nima uchun unga hujum qil- maganini so‘rashibdi. Shunda qul jazo berayo- tgan kishilarga va odamlarga qarab shunday debdi: “Ancha avval men bu sherga o‘rmonda yo‘liqib qoldim. Oyog‘iga uchli, katta bir tikan kirib qolib, uni rosa azoblayotgan ekan. Men unga yordam berdim, shu tikanni olib tashlad- im, shundan beri biz do‘st bo‘lib qolganmiz”. Odamlarga qulning bu hikoyasi judayam ta’sir qildi. Ular qul bilan sherni birgalikda www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling