Farzand tarbiyalashda maslahatlar
553
Ko‘ylagi yamoq bola
(Ibratli hikoya)
azrati Umar ibn Xattobning yosh o‘g‘li
ko‘chada bolalar bilan o‘ynar edi. Bolan-
ing ko‘ylagiga yamoq solingan bo‘lib, tengqur-
lari uning ustidan kulishdi. “Otang mo‘minlar
amiri bo‘lsayu, sen shunday yirtiq-yamoq
kiyimda yursang”, deb kamsitishdi. Hazrati
Umarning o‘g‘li bundan juda xafa bo‘ldi. Ota-
sining huzuriga borib:
– Bolalar kiyimimdagi yamoqlarni ko‘rib,
ustimdan kulishyapti, – deb bo‘lgan
voqeani
so‘zlab berdi. Shunda Umar ibn Xattob o‘g‘liga:
– Xazinachiga borib, xazinadan bir kiyim-
lik mato berar ekansiz, otam maoshlaridan olib
o‘rniga qo‘yar ekan, degin, – deb tayinladi.
O‘g‘il xazinachining oldiga borib, mo‘minlar
amirining so‘zlarini aytdi. Xazinachi unga:
– Agar otang
maosh olgunlaricha yashab
turishlariga kafolat bersalar, aytgan matoni
beraman, – dedi.
O‘g‘il xazinachining
hech narsa bermas-
ligini tushundi. Otasi huzuriga borib, xazina-
chi nima deb javob berganini aytdi. Shunda
Umari Odil:
www.ziyouz.com kutubxonasi