Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Foydali nasihatlar
1. Mard bilan ulfat bo‘lgan mu-
rodga yetadi, nomard bilan yaqin 
yurgan kishi g‘amdan boshi chiq-
maydi.
2. Mard (mo‘min-imonli) odam-
ning va’dasi ham naqd, ham tez bo‘ladi.
3. Shijoat bu yurakning quvvatidir. Agar 
tanada yetarli kuch bo‘lib, qalbda shijoat bo‘l-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
558
masa, befoydadir. Ammo tana kuchsizroq bo‘lsa 
ham, ammo qalbda g‘ayrat-shijoat bo‘lsa, ta-
naning kuchsizligi ahamiyatsizdir.
4. Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan 
qo‘rqmaydi.
5. Qo‘rqmasang – yov qochar.
6. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi 
odamlarning eng qo‘rqog‘idir.
7. Jahon ahli shijoatnikidir.
Jasur o‘g‘lon
(Ibratli hikoya)
Ibn Qutayba hikoya qiladiki, Umar ibn Xat-
tob yo‘l bo‘yida o‘ynayotgan bolalar oldidan 
o‘tayotgan edi. Ular orasida yosh Abdulloh ibn 
Zubayr ham o‘ynayotgan edi. Hazrati Umar-
ni ko‘rgan zahoti salobatidan qo‘rqib, bolalar 
o‘zini chetga olishdi. Lekin bir bolakay joyida 
qimirlamay turaverdi. Undan boshqa hech kim 
qolmadi. Mo‘minlar amiri unga yaqin keldi-da, 
tabassum qilib:
– Nega do‘stlaring kabi sen ham chetga chiq-
mading? – deb so‘radi. Bola hazrati Umarga:
– Ey mo‘minlar amiri, aybim yo‘qki, sizdan 
qo‘rqsam, yo‘l ham tor emaski, sizga bo‘shatay 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
559
desam, – deya mag‘rur javob qildi. Bolaning 
shijoatidan hazrati Umar xursand bo‘ldi. Ke-
lajakda ulug‘ inson bo‘lishiga umid bog‘ladi. 
Yillar o‘tib, bu umid haqiqatga aylandi. Bola 
ulg‘ayib, zamonaning ulug‘laridan biri – 
sarkarda Abdulloh ibn Zubayr bo‘lib yetishdi. 
Bu javob zamiridagi durdek yashirin ziyraklik 
va go‘zal topqirlikka qarang.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling