«fashion- menejment va marketing»


Download 0.58 Mb.
bet2/68
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1645379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
фмм умк 2023 КД —3

Fanning vazifasi –moda sanoatini moda paydo bo’lgan davrdan boshlab hozirgi davrgacha bo’lgan rivojlanish bosqichlarini o’rganish, zamonaviy moda sanoatining rivojlanishida markеting va mеnеjmеntni tutgan o’rnini o’rganish va olgan bilimlarni zamonaviy moda sanoatimizni rivojlantirishda qo’llash mumkin.







  1. I-MODUL. FASHION – BIZNES VA MODA INDUSTRIYASI. MARKETING VA DIZAYN



Reja:
1.Marketing fanining vujudga kelish tarixi.
2.Marketing fanining hozirgi zamon ta'riflari.
3.Marketing turlari.
4.Menejment tushunchasi.


1.Marketing fanining vujudga kelish tarixi
Dunyo amaliyotida marketing birdaniga paydo bơlgan emas.
Bu–ishlab chiqarish va sotishning maqsadi, vazifalari va rivojlanish uslublariga menejerlarning kơp yillik evolyutsion qarashlari natijasidir. Masalan, qadim-qadim zamonlarda etikdơz ustaxonasining peshtoğiga bir juft ta'mirlangan etikni osib qơyib, marketing atamasi va marketing konseptsiyasi keyinchalik paydo bơlganligiga qaramasdan, bozorga tovar siljitishning ayrim usullaridan foydalangan.
Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq ơzining «Jamiyat boyligi» nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste'molchining talabini qondirishdan boshqa qayğusi yơqdir - deb yozgan edi.
«Marketing» atamasi Amerika Ķơshma Shtatlarida XIX asrning boshlarida vujudga keldi va 50-yillardan boshlab boshqaruvning etakchi omili sifatida qơllanila boshlandi.
Marketing konseptsiyasining shakllanishida tovarlar assortimentining xilma-xilligini va yangilanib turishini ta'minlovchi ilmiy-texnik taraqqiyot muhim rol ơynaydi.
Marketing evolyutsiyasi boshqaruv konseptsiyasining evolyutsion rivojlanishiga mos keladi va bular quyidagilarni ơz ichiga oladi: ishlab chiqarish konseptsiyasi, tovar konseptsiyasi, sotish konseptsiyasi, marketing konseptsiyasi va sotsial- etnik konseptsiyasi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling