«fashion- menejment va marketing»
Nom tanlash (“Brand –name”)
Download 0.58 Mb.
|
фмм умк 2023 КД —3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Vizual gavdalantirish. Atributlar
- 6. Brend hayotining tsikllari.
3. Nom tanlash (“Brand –name”)
Har qanday brendga nom kerak. U tanlangan segmentga mos kelishi zarur, aksincha bơlsa, stereotiplarni engish uchun qơshimcha harajatlar qilishga majbur bơlinadi. 4. Brend imidjini yaratish. (“Brand Image”) “Brend qurilishi” bơyicha mutaxassislarning ayrimlari (“Brand Building”) “brend-zina”ning quyidagi bosqichlaridan foydalanishni taklif qiladilar: ◊ identifikatsiya (u nima?) ◊ ahamiyati (u nima uchun?) ◊ reaktrsiya (men u haqida nimani ơylayman?) ◊ munosabat ( u bilan qanday assotsiatsiyalar boğliq?). Kevin Keller esa brendni olti blokdan tarkib toptiradi: ◊ xarakterli xususiyatlari ◊ foydalanish xususiyatlari ◊ imidj ◊ baholash va his-tuyğular ◊ rezonans (qanday his-tuyğular). Boshqalar nishon qurib, “nishonga otadilar” (brand target, brand wheel) yoki tovarga shaxsiy xussusiyatlarni berishga urğu beradilar. Bunda brendga insoniy fazilatlar beriladi va u shu tarzda “jonlantiriladi”. Turli metodikalarni umumlashtirgan holda brend yaratishning quyidagi algoritmini hosil qilish mumkin: Taqdim qilinayotgan xususiyatlar bir qator savollarga javob berishi zarur: 1. Nima? Ob'ektning jismoniy va funktsional xususiyatlari. Atributlar. 2. Qanday muammoni hal qiladi? Ob'ektdan foydalanishning ahamiyati. Ustunligi. 3. Kim bilan? Ob'ektdan foydalanish qaysi ijtimoiy guruh bilan yaqinlashtiradi. Personallik. 4. Iste'mol qilishda qanday emotsiyalar kuzatiladi. Nima assotsiatsiya hosil qiladi? Qiymati. 5. Vizual gavdalantirish. Atributlar Bu bosqichda logotip, qadoqlash, reklama, mahsulotini ishlab chiqishga yơnaltirilgan texnik vazifalar rasmiylashtiriladi, ayrim vaziyatlarda mahsulotning dizayni ham yaratiladi. yana yangi brend kirib borishi zarur bơlgan savdo makonini ta'riflovchi brif vazifaga ham ehtiyoj seziladi. 6. Brend hayotining tsikllari. Brendni chiqarish (dastlabki qadamni bosish va ơsish). Bu brend-byuldingdagi eng kơp harajat talab qiladigan bosqichdir. U bir nechta davrlarga bơlinadi. Boshlanğich davr uchun asosiy vazifa ơsish sur'atini oshirish yoki qisqa davr ichida maksimal darajadagi sotuvga yarishishdan iborat bơladi. Sotishni joriy qilish bơyicha texnik vazifalarni hal qilish va infrastrukturani rivojlantirishdan tashqari abl va btl instrumentlarining barcha guruhlari bơyicha markani bozorga olib kirish uchun kompleks reklama kompaniyasi ishlab chiqiladi. Mediarejalashtirish asosiy urğuni auditori yani maksimal darajada qamrab olishga e'tibor qaratadi. Tovar aylanishi har qanday vaziyatda ơsib boradi (“Pivo Pit” 6 oy davomida oborotni 16% ga oshirdi, ammo shu tushunarliki, bu reklamaga emas, balki yangi tovarga bơlgan reaktsiyadir). Ammo bu davrda realizatsiya reklamaga bơlgan harajatlarni qoplashi mumkin emas, ya'ni bu davrda brend hali sof foyda keltirmaydi. Massiv reklama kompaniyasi distributiv tarmoqning ơsishi bilan tơliq muvofiqlashtirilishi zarur. Peshtaxtalarda yơq mahsulotni reklama qilish mumkin emas. Shuning uchun brend-menejment, logistika, sotish jarayoni bitta zanjirning halqalari hisoblanadilar. Bu davrda brendni chiqarish katta harajatlar bilan boğliq bơladi, ya'ni u uzoq muddatli investitsiyalarni talab qiladi. Yetuklik davri. Asosiy vazifa - uzoq muddat davomida katta hajmdagi sotish darajasini ushlab turish va dividentlar olishni boshlash. Bir tomondan, harajatlarning optimizatsiyasi, pasayishi kuzatilsa, boshqa tomondan turli marketing tadbirlari ơtkaziladi, tashkilotning barcha zvenolari ishi yaxshilanadi, personal, dilerlar rağbatlantiriladi, foyda olish jarayoni boshlanadi. Bu davrdagi marketing tadqiqotlari ơzining birinchi xaridini qilganlarga yơnaltirilgan bơladi. Reklama –informatsion tadbirlar tanlovning tơğriligiga, imidjni shakllantirishga qaratilgan bơladi. Aynan shu davrda doimiy xaridorlarni rağbatlantirish dasturlari ishlab chiqiladi – “brand loyalty”. Brendning eskirishi (inqirozi). Vaqt ơtishi bilan uchinchi bosqich – pastga qarab ketish bosqichi boshlanadi. Bu muddatning kelishini uzoqlashtirish uchun faqat reklama tadbirlari bilan cheklanib qolmaslik zarur. Brendni sifatli tarzda rivojlantirish va tovarga xaridor diqqatini jalb qilishning yangidan - yangi usullarni ơylab topish zarur bơladi. Hayot ơzgarib, yangi ustuvor yơnalishlar paydo bơlmoqda, bozordagi vaziyat ơzgarmoqda. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling