Favqulodda vaziyatlar ta`rifi, tasnifi


Favqulodda vaziyatlar ularni oldini olish va harakat qilish Davlat


Download 471.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi471.48 Kb.
#1192881
1   2   3   4   5
Bog'liq
Favqulodda vazi

Favqulodda vaziyatlar ularni oldini olish va harakat qilish Davlat 
tizimi. Uning asosiy vazifalari. Favqulodda vaziyatlarda Davlat tizimining 
axborot boshqaruvi.
Reja: 
Fuqaro muhofazasi strukturasi kimlardan iborat;
Fuqaro muhofazasi tarkibi;
Fuqaro muhofazasi axborot markazi vazifasi;
4. Fuqaro muhofazasi xizmatining huquq va majburiyatlari. 
Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi 
(FVDT)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
-Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy-me`yoriy hujjatlarning yagona 
konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish; 
-Respublika hududidagi mumkin bo`lgan texnogen va tabiiy favqulodda 
vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baholash; 
-Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini 
ta`minlashga,xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning
barqarorligini ta`minlashga qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish; 
-Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish 
va ularni bartaraf etish uchun muljallangan kuch va vositalarning doimiy 
tayyorligini ta`minlash; 
-Aholini,boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini 
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash; 
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar 
zaxirasini yaratish; 
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish; 
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga
oid tadbirlarni amalga oshirish; 
-Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga 
oid tadbirlarni amalga oshirish; 


-Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan 
,ularni bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va 
majburiyatlarini amalga oshirish; 
-Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
sohasida halqaro hamkorlik qilish. 
Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarinig asosiy vazifasi 
quyidagilardan iborat: 
-Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV 
sharoitida xalq xo`jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko`rsatishlarini 
ta`minlash; 
-Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika 
maqsadli va ilmiy–texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
-Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy 
tayyor holda saqlash; 
-Atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob`yektlarning holatini kuzatish va nazorat 
qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
-Boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat
qilishga tayyorgarligini ta`minlash; 
-Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni, shu 
jumladan, evakuatsiya ishlarini o`tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini 
ta`minlash, zarar ko`rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish; 
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va 
moddiy resurslar zahirasini yaratish
-FVlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni 
amalga oshirishda qatnashish; 
-Favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob`yektlarning rahbarlari tarkibi, 
kuch va bositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va 
boshqa ishlarni bajarish. FVDT boshqaruv organlarining ob`yektlar darajasidagi 
bazifalari quyidagilardan iborat: 


-Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish,ob`yektlar 
ishining FVlar chog`ida ishonchliligi va barqarorliligini oshirishga doir 
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
-Boshqaruv organlarining, ob`yektlar kuch va vositalarining FV chog`ida 
harakatlarga tayyorgarligini ta`minlash;
-Avariya–qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarga shu 
jumladan, ob`yektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlikni amalga oshirish; 
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy 
resurslar zaxiralarini yaratish;
-Ob`yektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini 
FVlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish;
-Har bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning holatini
kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo`lishligini nazorat etadi, hamda 
qutqaruv va qayta tiklash ishlariga rahbarlik qiladi. Korxona FMning boshlig`i 
shu korxona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FMsiga 
bo`ysunadi. 
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi: 
-Aloqa va tashviqot guruhi; 
-Qutqaruv, qidiruv va o`ta shoshilinch ishlarni amalga oshirish guruhi;
-Yong`inga qarshi va o`t o`chirish guruhi; 
-Tibbiy xizmat ko`rsatish guruhi;
-Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga qarshi ish olib boruvchi guruh; 
-Jamoa tartibini saqlash guruhi; 
-Elektr ta`minoti guruhi; 
-Avariya-texnikani ta`mirlash uruhi; 
-Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko`rsatish guruhi; 
-Transportda xizmat ko`rsatish guruhi; 
-Moddiy ta`minot va boshqa vazifalarni bajaruvchi guruhlar; 
-Bularga maxsus topshirlarni bajarish vazifalari topshiriladi. 


Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig`i tomonidan rahbar etib ob`yektda 
doimo ishlab kelayotgan, bo`lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadilar. FVDT 
kuchlariga quyidagilar kiradi:
1. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari; 
2. Hududiy va ob`yektlarning harbiylashmagan umumiy-maxsus maqsadli 
tizimlari
3. Mahalliy hokimiyat organlarinig (viloyat, shahar, va tumanlar) FVV 
(favqulodda vaziyatlar vazirligi ) ning qutqaruvchi komandalarining tizimlari; 
4. FVVga to`g`ridan-to`g`ri hamda tezkor bo`ysunuvchi respublika 
ixtisoslashtirilgan tizimlari; 
5. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda, professional-
ixtisoslashtirilgan avariya- qutqaruv va avariya tiklash bo`limlari;
6. Ob`yektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari;
7. Qizil yarim oy, hamda Qizil xoch jamiyati ko`ngilli otryadlari; 
8. Vatanparvar, mudofaaga ko`maklashuvchi tashkiloti. Bularning tarkibida 
respublikamiz bo`yicha, “Najodkor”, RQQM-(Respublika qidiruv-qutqaruv 
markazi hamda) SQXT (Suvdan qutqarish xizmati tizimlari) tuzilgan bo`lib, 
Respublikamiz miqiyosida bo`ladigan har qanday FVlarda fuqarolarni qutqarish 
vazifalarini bajaradilar; 
FVDT ning mablag`i quyidagilardan tarkib topgan:
-Davlat byudjeti hisobidan;
-Mahalliy byudjet hisobidan; 
-Vazirlik va uning tarmoqlari hisobidan; 
-Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag`lari hisobidan; 
-Qizil xoch; va Qizil yarim oy;
-Jamiyatining birlamchi zaxiralar hisobidan;
-O`zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari va 
boshqalar. 
Dunyoda shu davrga qadar tabiiy ofatlar doimiy ravishda bo`lib keldi va 
bundan keyin ham yuz berishi ehtimoli ko`p. 



Download 471.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling