Fаvquloddа vаziyatlаrdа birinchi tibbiy yordаmni tаshkil etish
Download 54.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY YORDАMNI TАSHKIL ETISH © O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2023 FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY YORDАMNI TАSHKIL ETISH Maʼlumki, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish masalasi har bir mamlakatda dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoni larzaga solayotgan “KORONА” (“COVID-19”) virus epidemiyasi 2019 yil dekabr oyida Xitoy (Xubay, Uxan) da aniqlandi va qisqa muddatda (yanvar, fevral oylarida) dunyoning 170 dan ortiq davlatlari (Italiya, Frantsiya, Germaniya, Buyukbritaniya, Eron, Yaponiya, Turkiya va boshqalar) pandimiyasi tarqalib ketdi va glabol muammoga aylanmoqda. Epidemiya Respublikasini hamda chetlab oʼtmadi. Bu borada “Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti”ning koʼrsatmasi hamda Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda epidemiyaga qarshi kurashish boʼyicha ishlar olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish jarayonida jabrlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatishni tashkil etish yanada dolzarb masala hisoblanadi. Chunki favqulodda favqulodda vaziyatlar sodir boʼlgandan soʼnggi birinchi soatlar butun diqqat eʼtibor jabrlanganlar hayotini saqlab qolishga qaratiladi. Bu qimmatli soatlarda oziq-ovqat taʼminoti, transport taʼminoti va boshqa taʼminotlar bir oz kechikib yoʼlga qoʼyilishi mumkin, lekin tibbiy taʼminot masalasida — jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish ishlarini tashkil qilish masalasida kechikishlarga, sustkashliklarga yoʼl qoʼyib boʼlmaydi. Favqulodda vaziyat sodir boʼlgandan soʼnggi birinchi soatlarda hammaning diqqat eʼtibori jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatishga qaratilishi, buning uchun zarur boʼlgan barcha kuch va vositalar favqulodda vaziyat joyiga safarbar qilinishi lozim. Oʼtgan davr mobaynida favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarga imkon darajasida tez va sifatli tibbiy yordam koʼrsatish ishlarini tashkil qilish borasida koʼplab izlanishlar olib borildi. Favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarga imkon darajasida tez tibbiy yordam koʼrsatish borasidagi izlanishlar 1976 yilda favqulodda vaziyatlar va halokatlar tibbiyoti butunjahon assotsiatsiyasi tashkil topishiga olib keldi. Bizning mamlakatimizda bu boradagi keskin oʼzgarishlar birinchi Prezidentimiz tomonidan 1998 yil 10 noyabrdagi farmonidan soʼng yuzaga keldi. Ushbu farmonga muvofiq 1999-2005 yillar davomida sogʼliqni saqlash tizimini islohot qilishga moʼljallangan dastur doirasida “Halokatlar tibbiyoti” xizmati yoʼlga qoʼyildi. Bundan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan 2017-2021 yillar Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Xarakatlar strategiyaning toʼrtinchi yoʼnalishida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” boʼyicha fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash boʼyicha shoshilinch tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga qaratildi. Buning uchun poytaxtimizda Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy Markazi, viloyatlarda uning filiallari, tumanlarda esa sub filiallari ochilib, u yaxlit bir tizimga — shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga aylantirildi. Bu tizim tez tibbiy brigadalari va sanitar aviatsiya funktsional tizimlari bilan kuchaytirildi. Natijada tuman markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam boʼlimlarida har xil toifadagi shifokorlar, jumladan, jarroh, reanimatolog, terapevt kabi mutaxassislarning doimiy navbatchiligi tashkil etildi va ular tomonidan sutkaning hohlagan paytida jabrlanuvchilarga tibbiy yordam koʼrsatish imkoni paydo boʼldi. Shoshilinch yordam xizmati tashkil etilguniga qadar esa bunday sharoit mavjud emas edi. Chunki tuman markaziy kasalxonalarida har bir alohida boʼlimda kechasiga bittadan shifokor navbatchilikda qolar va ular asosan oʼz boʼlimlaridagi bemorlar uchun masʼul edilar. Ular kechasi kelib tushgan bir necha jabrlanuvchilarga toʼla qonli tibbiy yordam koʼrsatishga qodir emas edilar. Shoshilinich tibbiy yordam boʼlimlari tashkil etilishi munosabati bilan yarim tunda keltirilgan bir emas bir nechta jabrlanuvchilarga toʼla qonli tibbiy yordam koʼrsatish imkoni vujudga keldi. Chunki shoshilinch tibbiy yordam boʼlimlarida jarroh, reanimatolog, terapevtlardan iborat brigada navbatchilik olib borishi bilan birga bu boʼlimlarda zudlik bilan jarrohlik hamda reanimatsion tadbirlar olib borish uchun sharoitlar yaratildi. Tuman va viloyat bosqichlarida ularning iqtisodiy imkoniyatlarini, kelib chiqishi mumkin boʼlgan talofatlar miqyosini hisobga olgan holda shu hududdagi sogʼliqni saqlash vazirligiga hamda boshqa vazirlik va idoralarga tegishli tibbiyot muassasalari negizida tuziladi. Favqulodda vaziyat hududiga imkon darajasida koʼp qutqaruvchilarni, sanitar drujinalarni, qoʼshimcha tibbiy xodimlar va avtotransportlarni jalb qilish, vaqtincha evakuatsiyani tashkil qilish, birinchi tibbiy yordam va birinchi vrachlik yordamini tashkil qilish, favqulodda vaziyat hududida sanitar-gigenik tadbirlarni amalga oshirish, favqulodda vaziyat hududiga tushib qolgan tibbiy muassasalarni muhofaza qilish ishlari markazlashmagan tarzda amalga oshiriladi. Malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam koʼrsatish, tibbiy evakuatsiyani tashkil qilish, birinchi tibbiy yordam otryadlari, qoʼshimcha dala gospitallari tashkil qilish, tibbiy kuch va vositalarni boshqarish markazlashgan tarzda amalga oshiriladi. Markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv bir-biri bilan muvofiqlashishi lozim. Markazlashmagan boshqaruv printsipi favqulodda vaziyat joyida joylardagi hokimiyat organlari yoki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha tuzilgan shtab yoki komissiya tomonidan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha mustaqil qarorlar chiqarishida oʼz aksini topadi. Birinchi bosqichda ishchi-xodimlar, aholi, talaba va oʼquvchilar, avariya-qutqaruv guruhlari yordamida qidiruv-qutqaruv, Download 54.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling