Fаvquloddа vаziyatlаrdа birinchi tibbiy yordаmni tаshkil etish
FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY YORDАMNI TАSHKIL ETISH
Download 54.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- LAZIZ KAMOLOV, MANSUR BOYXOROZOV, FVV Аkademiyasi, FVBQ va XTE kafedrasi oqituvchilari.
FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY YORDАMNI TАSHKIL ETISH
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2023 razvedka, jabrlanuvchi-larni vayronalardan vaqtincha yigʼish joylariga olib chiqish, ularga birinchi yordam koʼrsatish ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlar uchun javobgarlik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish komissiyasi yoki shtab zimmasiga yuklanadi. Birinchi bosqich - yaʼni favqulodda vaziyat hududida olib boriladigan ishlarda tibbiy xizmat xodimlaridan tashqari boshqa xizmatlarning ham roli katta boʼladi. Chunki favqulodda vaziyat hududida jabrlanganlar soni koʼp boʼlganda ularni qutqarish, birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordami koʼrsatish ishlariga qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlarining kuch va vositalari yetishmay qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyat hududiga obʼektlarning ishchi- xizmatchilarini, aholini, oʼquvchi va talabalarini (ularning kuch va vositalarini) jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, tibbiy taʼminotni tashkil etish vazifasi nafaqat tibbiyot xodimlari, balki boshqa xizmatlarning ham vazifasi hisoblanadi va bu vazifani bajarishda iqtisodiyot obʼektlarining oʼrni beqiyos boʼladi. Ikkinchi bosqich - jabrlanuvchilarni favqulodda vaziyat hududidan kasalxonagacha yetkazib borish, kasalxonada tibbiy yordamni davom ettirish va oxirigacha davolash ishlarini oʼz ichiga oladi. Bu bosqichda asosiy vazifa tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatiladi. Biroq bu bosqichda ham jabrlanganlarni tashish uchun tibbiy mashinalar yetarli boʼlmaganda ularga qoʼshimcha transport vositalari (avtobus, yuk mashinasi, yengil mashina va h.) ajratish lozim boʼladi. Ushbu mashinalar esa iqtisodiyot obʼektlaridan olinadi. Favqulodda vaziyat sharoitida jabrlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatish ularning ogʼirlik darajasiga qarab amalga oshiriladi, yaʼni tibbiy yordam avval ogʼirlarga keyin nisbatan yengillarga koʼrsatilishi lozim. Shundan kelib chiqib favqulodda vaziyat sharoitida barcha jabrlanganlar 4 ta asosiy toifaga boʼlinadi: Birinchi toifa — oʼta ogʼirlar; Ikkinchi toifa — ogʼirlar; Uchinchi toifa — oʼrtacha ogʼirlar; Toʼrtinchitoifa — yengillar Shunday qilib yuqorida keltirilganlarga asoslanib quyidagicha yakuniy xulosa chiqarishimiz mumkin: 1. Favqulodda vaziyatlar sharoitida aholiga tibbiy yordamni tashkil qilish faqatgina tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatilmasdan bu tadbirga barcha xizmatlar, shu jumladan iqtisodiyot obʼektlari kuch va vositalari jalb etiladi. Bu xizmatlarni jalb etish ishlari hokimiyat, uning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha shtablari yoki komissiyalari zimmasiga yuklatiladi. Iqtisodiyot obʼektlari kuch va vositalarini jalb etish ushbu obʼektlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. 2. Bizning mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarda shoshilinch yordam xizmati doirasida va bu doiradan tashqari jabrlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatish ishlariga jalb etiladigan koʼplab tibbiy brigadalar tashkil etilgan va bu brigadalar favqulodda vaziyat joyiga shu tuman va viloyat brigadalaridan tashqari qoʼshni tumanlardan, qoʼshni viloyatlardan, respublikadan, zarurat boʼlsa bir necha viloyatdan jalb etilishi mumkin. Shunda biz favqulodda vaziyat sodir boʼlgan joyda koʼplab tibbiy brigadalarni yigʼa olamiz va aholiga tibbiy yordam koʼrsatishni samarali yoʼlga qoʼya olamiz. 3. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy yordamni oʼz vaqtida boshlash va samarali tibbiy yordam koʼrsatish masʼuliyati obʼektlar fuqaro muhofazasi xodimlari zimmasiga koʼplab vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalar oldindan sanitar drujina yoki sanitar postlar tashkil qilish, ularni tibbiy vositalar bilan taʼminlash va imkon darajasida koʼp ishchi- xizmatchilarni favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam koʼrsatish qoidalariga oʼrgatishdan iborat boʼladi. 4. Jabrlanuvchilarga tibbiy yordamni tashkil qilish va ular hayotini saqlab qolish boʼyicha barcha tadbirlarning toʼgʼri tashkil etilishi va samaradorligi FV hududiga tibbiy kuch va vositalarning tezlik bilan olib kirilishiga, toʼgʼri saralanishiga yaʼni, birinchi navbatda kim kasalxonaga joʼnatilishini aniqlab olishga va zudlik bilan evakuatsiya qilishga bogʼliq. 5. Favqulodda vaziyatlar sharoitida tibbiy yordamning samaradorligi imkon darajasida koʼp kishilarning birinchi tibbiy yordam qoidalarini bilishlariga bogʼliq boʼladi. Shuning uchun ishchi-xodimlarni, talabalarni va aholini oldindan birinchi tibbiy yordam koʼrsatish qoidalariga oʼqitish muhim ahamiyatga ega. LAZIZ KAMOLOV, MANSUR BOYXO'ROZOV, FVV Аkademiyasi, FVBQ va XTE kafedrasi o'qituvchilari. Download 54.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling