Favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash


favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi


Download 46.7 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi46.7 Kb.
#228028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahongir 1111222

favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi — favqulodda vaziyat manbaining tegishli xavf ko‘rsatkichlari bilan belgilanadigan yuzaga kelish ehtimoli yoki takrorlanish tezligi;

xavfga baho berish — xavfni va uning ehtimoli bo‘lgan manbalarini identifikatsiyalash, ularning yuzaga kelish mexanizmini tadqiq qilish, identifikatsiya qilingan xavfli hodisalar yuzaga kelish ehtimoliga va ularning oqibatlariga baho berish.

2-bob. Yagona tizimning asosiy vazifalari va funksiyalari

4. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

5. Yagona tizim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash, ular bo‘yicha tizimli kuzatuv va nazoratni tashkil etish sohasida:

monitoring obyektlarining tizimli kuzatuvi va laboratoriya nazoratini olib boradi;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfini aniqlaydi va uni baholashni amalga oshiradi;

Yagona tizimning barcha darajalarida favqulodda vaziyatlarning potensial xavf manbalarining holati va tavsifi, shuningdek, ular yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishni amalga oshiradi;

b) favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelganligi va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlash sohasida:

favqulodda vaziyatlar manbalarining ma’lumotlar bazasi hamda potensial xavfli obyektlar reyestrini shakllantiradi va rivojlantiradi;

maxsus geoaxborot tizimlar yaratilishi va yuritilishini tashkil etadi, favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar yuzaga kelish xavfi darajasi bo‘yicha hududlarni batafsil rayonlashtirgan holda monitoring ma’lumotlarining tizimli kiritilishini va yangilanib borilishini ta’minlaydi;

Yagona tizimning axborot maydonida favqulodda vaziyatlarning potensial manbalari holati va darakchilari to‘g‘risida monitoring ma’lumotlari almashinuvini ta’minlaydi;

favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi to‘g‘risida ogohlantirish ma’lumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha tavsiyalarni FVDT rahbar organlariga tezkor taqdim etilishini amalga oshiradi;

favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash vazifalarini hal etish uchun mavjud axborot-kommunikatsion tizimlarni takomillashtiradi;

maxsus, shu jumladan davlat siriga oid ma’lumotlar himoyalanishini ta’minlaydi.

v) favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning rivojlanish ehtimoli xususiyati va ko‘lamini oldindan prognozlashtirish sohasida:

tezkor monitoring ma’lumotlarini, shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, hisoblashni amalga oshiradi;

favqulodda vaziyat situatsion ssenariylari hamda uning oqibatlarini ko‘rsatgan holda favqulodda vaziyat manbai rivojlanish modelini ishlab chiqadi;

favqulodda vaziyat yuzaga kelishi, ularning oqibatlari ko‘lamining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlari muntazam tayyorlanishini ta’minlaydi;

Yagona tizim faoliyat ko‘rsatishida axborot-tahliliy va tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlanishini amalga oshiradi;

g) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:

favqulodda vaziyat yuzaga kelishi prognozlari asosida ularning oldini olish tadbirlari samaradorligini oshirish, bartaraf etish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

favqulodda vaziyatning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

favqulodda vaziyatni to‘xtatish va oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarning birlamchi hisob-kitobini amalga oshiradi.

3-bob. Yagona tizim tarkibi

6. Yagona tizimni FVDT doirasida xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash funksiyalarini bajaradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tuzilmalari (xizmatlar, tashkilotlar, inspeksiyalar, bo‘limlar, laboratoriyalar va boshqalar) majmuasi (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim tuzilmasi deb ataladi) tashkil etadi.

Yagona tizim respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega.

7. Yagona tizimning tashkiliy-funksional strukturasi FVDT doirasida favqulodda vaziyatga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash funksiyasini bajaradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarni birlashtiradi (keyingi o‘rinlarda Yagona tizim ishtirokchilari deb ataladi).

4-bob. Yagona tizim faoliyatini tashkil etish

Oldingi tahrirga qarang.

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)

9. Yagona tizim faoliyatini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (keyingi o‘rinlarda FVV deb ataladi).

10. Yagona tizim ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligi javobgarlik zonalari aniq ajratilgan tamoyil bo‘yicha: obyekt — tuman (shahar) — viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) — respublika, ketma-ketlikda monitoring va prognoz ma’lumotlari almashinuvini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.

11. Yagona tizim ishtirokchilari FVV va uning hududiy tuzilmalariga favqulodda vaziyat manbalari holati va faollashuv ehtimoli to‘g‘risida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalarning holati to‘g‘risidagi monitoring va prognoz ma’lumotlarini mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida* keltirilgan ro‘yxatga muvofiq taqdim etishlari shart hisoblanadi.

12. Xavfli jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi monitoring ma’lumoti, favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar va hodisalar tahdidi to‘g‘risidagi prognoz ma’lumoti, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat asosiy parametrlari, shuningdek, uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumot mazkur Nizomning 3, 4 va 5-ilovalariga* muvofiq shaklda taqdim etiladi.

1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

13. Yagona tizim ishtirokchilari tashkiliy-funksional tuzilmaga muvofiq ma’lumot almashinuvini quyidagi muddatlarda amalga oshiradi:

a) favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi xavfli tabiiy-texnogen jarayon va hodisalarni monitoring va prognozlash natijalari bo‘yicha:

respublika darajasida:

har oy — 28 sanaga qadar;

har chorak — 20 sanaga qadar (chorak boshlanishidan oldin);

har yili — 1-dekabrga qadar;

mahalliy darajada:

har hafta — juma kuni;

har oy — 25 sanaga qadar;

obyekt darajasida:

har kuni;

har hafta — juma kuni;

b) favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda yoki sodir bo‘lganda — zudlik bilan;

v) favqulodda vaziyatlarning oqibatlari to‘g‘risida — sutka davomida, favqulodda vaziyat oqibatlari to‘liq bartaraf etilgunga qadar har kuni.

14. Ma’lumotlarni uzatish ularning turiga ko‘ra:

favqulodda vaziyatlar tahdidi va sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi og‘zaki ma’lumotlar — mavjud telefon va radioaloqa kanallari orqali;

monitoring va prognoz ma’lumotlari, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatning asosiy parametrlari va oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, fotomateriallar, GATda shakllantirilgan mavzuli qatlamlar — Yagona tizimning himoyalangan axborot almashish kanallari, shuningdek, pochta yoki faksimil aloqa orqali amalga oshiriladi.

Chegaralangan xususiyatga ega ma’lumotlarni uzatish yopiq aloqa kanallari orqali yoki maxsus pochta orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

15. Yagona tizim doirasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan ma’lumot almashinuvi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

16. Monitoring va tahliliy ma’lumotlar asosida FVV quyidagi ko‘rinishdagi prognozlarni tayyorlaydi va FVDT rahbar organlariga taqdim etadi:

qisqa muddatli haftalik favqulodda vaziyatlar prognozi;

o‘rta muddatli oylik favqulodda vaziyatlar prognozi;

o‘rta muddatli choraklik favqulodda vaziyatlar prognozi;

uzoq muddatli yillik favqulodda vaziyatlar prognozi.

17. FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlari monitoring va prognoz ma’lumotlari asosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.

18. Prognozlashtirilayotgan xavfli tabiiy-texnogen jarayon va hodisalar yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyat ko‘lamidan kelib chiqqan holda Yagona tizimning quyidagi uchta faoliyat ko‘rsatish rejimlaridan biri o‘rnatiladi:

kundalik faoliyat;

yuqori tayyorgarlik;

favqulodda vaziyat.

19. Yagona tizim kundalik faoliyat rejimida faoliyat ko‘rsatganda quyidagilar amalga oshiriladi:

monitoring obyekti holatini, potensial xavfli obyektlardagi va unga chegaradosh hududlardagi yuzaga kelgan holatni kuzatish va nazorat qilish;

monitoring ma’lumotlarini yig‘ish, axborot almashish, qayta ishlash va tahlil qilish, GATga monitoring ma’lumotlarini kiritish va yangilash;

yuzaga kelgan holatni prognozlashtirish, favqulodda vaziyatlarga olib keladigan xavfli tabiiy-texnogen jarayon va hodisalar xavfini baholash;

favqulodda vaziyatning oldini olish, bartaraf etish va oqibatlarini kamaytirish tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi tahdidi va xavf omillarini oldindan aniqlash, shuningdek, ular yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlarining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

Yagona tizim tuzilmalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish.

20. Yagona tizim yuqori tayyorgarlik rejimida faoliyat ko‘rsatganda quyidagilar amalga oshiriladi:

favqulodda vaziyat manbalarining holatini (zarur hollarda) kuchaytirilgan tarzda kuzatuv olib borish;

monitoring ma’lumotlarini yig‘ish, o‘zaro axborot almashish, qayta ishlash va tahlil qilish, favqulodda vaziyatlar ehtimoli rivojini modellashtirish;

favqulodda vaziyatlarni joriy va tezkor prognozlashtirish;

favqulodda vaziyatni bartaraf etish va oqibatlarini to‘xtatish uchun zarur kuch va vositalar birlamchi hisob-kitobini qilish;

yuzaga kelishi mumkin favqulodda vaziyatning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

21. Yagona tizim favqulodda vaziyat rejimida faoliyat ko‘rsatganda quyidagilar amalga oshiriladi:

favqulodda vaziyatlar zonasiga Yagona tizim tuzilmasi maxsus guruhlarini yuborish;

favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini aniqlash;

uzluksiz kuzatuvlar olib borish va favqulodda vaziyat rivojini tezkor prognozlashtirish;

favqulodda vaziyatni to‘xtatish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar va takliflar ishlab chiqish.

5-bob. Yagona tizimning texnik asoslari

22. Yagona tizimning monitoring, axborot-tahliliy faoliyati texnik asoslarini ularning javobgarlik sohasiga bog‘liq holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarga tegishli yer usti va aviatsion vositalari tashkil etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

23. Xavfli tabiiy, texnogen va ekologik obyektlar holati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun yer usti vositalari sifatida favqulodda vaziyatlar asosiy manbalari hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti va boshqa tashkilotlar, shuningdek, potensial xavfli obyektlar holatini diagnostika va nazorat qilish vositalari hisoblanadi.



(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)

24. Aviatsion vositalar (vertolyot, samolyotlar) radiatsion holatni, keng miqyosda vayron bo‘lgan zona holatini, magistral suv quvurlari holatini, shuningdek, boshqa (yo‘l, qor ko‘chkisi, yer ko‘chkisi va sel toshqini) monitoring ma’lumotlarini olish uchun foydalaniladi.

6-bob. Yagona tizimning faoliyatini moliyalashtirish

25. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda davlat budjeti mablag‘lari, boshqa turdagi tashkilotlarda esa — ularning o‘z mablag‘lari yoki qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar Yagona tizimning faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

26. Yagona tizimning tuzilmalari rahbarlari taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishonchliligi, o‘z vaqtida taqdim etilishi va to‘liqligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1027/0498-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)

Download 46.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling