Favqulotda vaziyatlar va fuqorolar muhofazasi haqida tushuncha


Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari


Download 204 Kb.
bet8/13
Sana08.05.2023
Hajmi204 Kb.
#1443274
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Favqulotda vaziyatlar va fuqorolar muhofazasi haqida tushuncha

4. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari
Fuqarolar muhofazasi davlat tizimlari - harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, xududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilgan «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi qonunida o‘z aksini topgan.
Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini ham belgilab bergan.
Fuqaro muhofazasining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • aholi va ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;

  • boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;

  • xalq xo‘jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;

  • aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;

  • fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash;

  • aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish;

  • aholining harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash;

  • radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;

  • qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;

  • harbiy davrlarda ham zarar ko‘rgan xududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;

  • aholini va xududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib zararlangan xududlarda, ob’ektlarda normal hayot faoliyatini yaratib bo‘lmaydi. Bu ishlarni davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun xalq yordamida amalga oshiriladi.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling