Fayllar bilan ishlovchi funksiyalardan foydalanish uchun
Download 10.47 Kb.
|
informatik@
Fayllar bilan ishlash. Binar fayllar Ma`lumotlarni saqlab qo`yish uchun, tashqi xotiraning nomlangan qismiga fayl deyiladi. Bunday fayllar fizik fayllar deyiladi. Mantiqiy fayllar. Fizik fayllar bilan ishlash uchun, programmalashtirish tillarida maxsus strukturalashgan, toifalangan fayllar kiritilgan. Bunday fayllar mantiqiy (logicheskiy) fayllar deyiladi. Mantiqiy fayllar, hech qanday fizik xotirani band qilmasdan ma`lumotlarning mantiqiy modelini o`zida saqlaydi.Fizik va mantiqiy fayllar bir - biri bilan fopen funksiyasi orqali bog'lanadi. Fayl bir nechta elementdan tashkil topgan bo`lganligi uchun, faqat fayl ko`rsatkichi ko`rsatayotgan elementga murojaat qilish mumkin. Fayldan o'qish yoki yozish mumkin bo'lgan o'rinni ko'rsatuvhi elementga fayl ko'rsatkichi deyiladi. Fayldan ma'lumot o'qiganda yoki yozganda fayl ko'rsatkichi avtomat ravishda o'qilgan yoki yozilgan bayt miqdoricha siljiydi. Fayl ko'rsatkichini magnitafon galovkasiga o'xshatish mumkin. Binar fayl - har xil ob'ektlarni ifodalovchi baytlar ketma - ketligidir. Ob'ektlar faylda qanday ketma - ketlikda joylashganini programmaning o'zi aniqlashi lozim. Fayllar bilan ishlovchi funksiyalardan foydalanish uchun Fayldan ma'lumotlarni o'qish yoki yozish uchun ochish fopen funksiyasi orqali amalga oshiriladi. FILE * fopen ( const char * filename, const char * mode ); filename - o'zgaruvchisi char toifasidagi satr bo'lib, faylning to'liq nomini ko'rsatishi lozim (filename = "D:\Qudrat_c++\Namuna\file\file.txt"). Agar faylning faqat nomi ko'rsatilgan bo'lsa, fayl joriy katalogdan qidiriladi (filename = "file.txt"). mode - o'zgaruvchisi ham char toifasidagi satr bo'lib, faylni qaysi xolatda ochish lozimligini bildiradi. mode qiymati Faylning ochilish xolati "w"
Faylni yozish uchun ochish. falename o'zgaruvchisida ko'rsatilgan fayl hosil qilinadi va unga ma'lumot yozish mumkin bo'ladi. Agar fayl oldindan bor bo'lsa (ya'ni oldin hosil qilingan bo'lsa), faylning ma'lumotlari o'chiriladi va yangi bo'sh fayl faqat yozish uchun ochiq holda bo'ladi "r"
Fayl o'qish uchun ochiladi. Agar fayl oldindan mavjud bo'lmasa, xatolik sodir bo'ladi. Ya'ni ochilishi lozim bo'lgan fayl oldindan hosil qilingan bo'lishi shart. "a"
Faylga yangi ma'lumotlar qo'shish - kiritish uchun ochiladi. Yangi kiritilgan ma'lumotlar fayl oxiriga qo'shiladi. Agar fayl oldindan mavjud bo'lmasa, yangi fayl hosil qilinadi. "w+"
Yozish va o'qish uchun faylni ochish. Agar fayl oldindan bor bo'lsa (ya'ni oldin hosil qilingan bo'lsa), faylning ma'lumotlari o'chiriladi va yangi bo'sh fayl yozish va o'qish uchun ochiq holda bo'ladi "r+"
Oldindan mavjud bo'lgan faylni o'qish va yozish uchun ochish. "a+"
Fayl ma'lumotlarni o'qish va yangi ma'lumot qo'shish uchun ochiladi. fseek, rewind Download 10.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling