Fayllar familiyasi


Download 71.5 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1605703
1   2
Bog'liq
Fayllar familiyasi

Графика:

BMP – rastrli grafik format. Windows uchun standart grafik fayllar formati. Windows dagi barcha tasvirlarni tahrir qilish dasturlari BMP fayllarni yarata va o‘qiy oladi. Tasvirning rangini oq-qoradan to to‘liq ranglargacha belgilash mumkin. Bu formatda tasvir siqilmaydi. Taxminan 16,7 million xil rang ishlatiladi.

GIF – Graphics Interchange Format (grafik ma’lumotlarni almashish formati). CompuServe firmasining standarti, u rastrli rangli tasvirlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Tarmoq orqali tarqatish uchun mo‘ljallangan ushbu format fayllari juda kichkina bo‘ladi. Format kulrangning 256 xil jilosi yordamida oq-qora tasvirni va 256 xil yoki undan kam rangni qo‘llab, rangli tasvirni yozib oladi. Tasvirni animatsiyada ham ishlatish mumkin.

JPEG (JPG) – asosan rastrli tasvirlar (fotosuratlar, rasmlar va b.) uchun ishlatiladi. JPEG formatida yuqori darajada siqilganligi tufayli, tasvir fayli hajmi sezilarli darajada kamayadi. Lekin bunda tasvir sifati yo‘qoladi. Bugungi kunda JPEG fotosuratlar va ko‘psonli ranglar ishlatilgan tavsirlar uchun eng yaxshi format sanaladi. U Internetda ishlatish va elektron pochta orqali jo‘natishga qulay. Taxminan 16,7 million xildagi rang qo‘llaniladi.

PSD – Photo Shop Data. Fotosuratlarni qayta ishlovchi fotoshop dasturida yaratilgan fayllar formati. Taxminan 250 trillion xil rang qo‘llaniladi.

TIFF(TIF) – Tagged Image File Format (tasvirli fayllarning teglangan formati), rastrli grafik format. Bu format tasvirlarni yuqori sifatini ta’minlaydi va kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlar almashishdagi standart format sanaladi. TIFF formati tasvirni ma’lumotlarni yo‘qotmay siqish imkonini beradi. Raqamli kameralar foydalanuvchilari tomonidan keng qo‘llaniladi. Taxminan 16,7 million xildagi ranglar mavjud.

Ҳужжатлар, Матн:

DOC – Microsoft Word da yaratilgan fayl. U matn, surat, jadval, grafika, diagrammalarni, sahifalarni formatlash va chop etish o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi.

PDF – Portable Document Format. Adobe Acrobat dasturi hujjati (fayli). Fayllarni o‘zgarmas shaklga va formatga keltirgan holda taqdim etish uchun qo‘llaniladi. Bunda u qanday qurilmada ochilishining farqi yo‘q. Ya’ni, fayl qanday yaratilgan bo‘lsa, doimo shunday ko‘rinadi.

RTF - Rich Text Format. Microsoft tomonidan taklif etilgan. Belgilangan matnli fayllarni saqlash formati. RTF fayllar aksariyat zamonaviy muharrir-dasturlarda ochiladi. Ko‘pchilik matn muharrirlari RTF formatida import/eksportni amalga oshira oladi, shu sababli bu format faylni bir dasturdan ikkinchisiga o‘tkazishda ko‘p qo‘llaniladi.

TXT – standart matnli hujjat (fayl), u formatlanmagan matnga ega bo‘ladi va matnlarni qayta ishlovchi istalgan dasturda ochiladi (odatda «Bloknot» yordamida).

Овоз: 

MIDI – Musical Instrument Digital Interface. Buni ovozli fayl degandan ko‘ra, o‘rnatilgan sintezatorlarni boshqarish dasturi desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. MIDI turli qurilmalarda o‘xshash ovozlar yaratish va qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlar almashish imkonini beradi.

MP3 – buni tasvirli fayllarning formati – JPG ga o‘xshatsak bo‘ladi. MP3 da fayl 10-12 barobarga siqiladi, bunda sifat ham yo‘qoladi. MP3 formatidagi ovozli faylning sifati a’lo darajada bo‘lmaydi, lekin mutaxassis bo‘lmaganlar uchun unchalik sezilmaydi. Bu formatda siqish inson qulog‘iga eshitilmaydigan chastotalarni olib tashlash hisobiga amalga oshiriladi.

WAV – Microsoft firmasi fayllari. Ular Windows da qo‘llaniladi. Siqilmagan format. Bu format tovushni aniq yetkazadi, lekin diskda ko‘p joy egallaydi. Hajmi kattaligi tufayli, Internet orqali jo‘natishga noqulay.

WMA - Windows Media Audio. Microsoft tomonidan audioma’lumotni saqlash va translyatsiya qilish uchun yaratilgan fayllar formati. Bu formatda fayllar yaxshilab siqiladi.

Бошқалар:

EXE – DOS yoki Windows ilovasi (dasturi), ba’zan o‘zini o‘zi ochuvchi arxiv. Sichqoncha bir yoki ikk marta bosilganda ishga tushuvchi bajariladigan fayl.

HTM, HTML - Hyper Text Markup Language da yozilgan matn. Internet sahifalarini yaratish uchun qo‘llaniladi.

manbaa: megabyte.uz
Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling