Fayllar. Org
V. QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI QATNAShChILARINING MAS’ULIYATI
Download 369.69 Kb.
|
internetdan olingan ma\'lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31-modda. Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
V. QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI QATNAShChILARINING MAS’ULIYATI
30-modda. Investorlarning mas’uliyati (tavakkalchiligi) Investitsiyalarning obyektini, shakli va miqdorini tanlash mas’uliyati (tavakkalchiligi) investorning o‘z zimmasida bo‘ladi, shunga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarga, shu jumladan aksiyalarga qilingan o‘z investitsiyalarini himoyalash uchun pirovard mas’uliyat (tavakkal) ham investorning (aksiyadorning) zimmasida bo‘ladi. 31-modda. Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilariga nisbatan: mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan qoidabuzarliklarni tugatish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun — eng kam ish haqining 40 baravaridan 70 baravarigacha miqdorda; emitentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarishning belgilangan tartibi investorlarga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda buzilganligi uchun — qimmatli qog‘ozlar chiqarish hajmining besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishning belgilangan tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan buzilganligi uchun — qimmatli qog‘ozlarga doir bitim summasining besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 75 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, mazkur qoidabuzarlik takror sodir etilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlarga doir bitim summasining o‘n foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) yo‘li bilan investorlar va nazorat organlarini chalg‘itganlik uchun — eng kam ish haqining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima solishdan iborat iqtisodiy jazo choralari qo‘llaniladi. Iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash sud tomonidan, qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jazo choralari summasini ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollarda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda qo‘llanilgan iqtisodiy jazo choralarini undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. (31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) Download 369.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling