£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


XIV BOB. IKKINChI JAHON URUShI YILLARIDA O’ZBEK XALQINING


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

XIV BOB. IKKINChI JAHON URUShI YILLARIDA O’ZBEK XALQINING 

FAShIZM USTIDAN QOZONILGAN G’ALABAGA QO’ShGAN HISSASI 

 

Tayanch so’z va iboralar: Fashizm. Urushni keltirib chiqargan sabablar. 

O’zbekistondagi safarbarlik. Urush yillarida sanoat. Qishloq xo’jaligi. Fan. 

Maorif. Madaniyat. Baynalmilallik yordami. O’zbekistonlik jangchilarning 

jasoratlari. Xotira va qadrlash kuni. 



 

1. O’zbekistonnning urush girdobiga tortilishi, moddiy va ma’naviy kuchlarning 

frontga safarbar etilishi 

 

O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi  1939 yil 1 sentyabrda Fashistlar 

Germaniyasi qo’shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan ikkinchi jahon urushi 

boshlanib ketdi. 

 Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o’rtasidagi ixtiloflar, agressiv davlatlar - 

fashistlar Germaniyasi, fashistlar Italiyasi va militaristik Yaponiya boshladilar. Ular 

orasida Germaniya fashistlari uyushtiruvchi, etakchi rol o’ynadi. 

  Fashistlar bloki davlatlari tomonidan olib berilgan urush bosqinchilik, adolatsizlik 

urush edi. Fashizmga qarshi urushgan davlatlar adolat uchun kurashdilar. Agressiya 

qurboni bo’lgan mamlakatlarda vatanparvar kuchlar, xalq tomonidan qarshilik ko’rsatish 

harakati boshlangach, urushning ozodlik xarakteri yanada ko’chaydi. 

Angliya va Frantsiya hukmron doiralari birinchi jahon urushida qo’lga kiritgan 

hududlarni o’z tasarrufida saqlab qolishga, Gitler qo’shinlarini Sharqqa, Sovet Ittifoqi 

tomon yo’naltirishga intildilar. 

Sovet davlatining tashqi siyosati fashistlar Germaniyasini Angliya va Frantsiyaga 

qarshi qo’yishga va ularning harbiy kuchlari zaiflashgan paytda zarba berishga qaratilgan 

edi. 1939 yil 23 avgustda sobiq SSSR bilan Germaniya o’rtasida 10 yil muddatga hujum 

qilmaslik to’g’risida shartnoma imzolanadi. Shartnomaning mahfiy qo’shimcha 

bayonnomasiga muvofiq Germaniya va SSSR o’zlarining ta’sir doiralarini bo’lib oladilar. 

German va sovet manfaatlari Polsha davlati hududlari bilan bog’liq edi. Germaniya 

Boltiqbo’yi mamlakatlariga da’vo qilishdan voz kechadi. Germaniya 1939 yil 1 

sentyabrda Polshaga bostirib kirgach, Sovet davlati 1939 yil 17 sentyabrda o’z 

qo’shinlarini G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyaga kiritadi va bu hududlarni o’z 

tasarrufiga oladi. 1940 yil iyunda SSSR Boltiqbo’yi respublikalarini ham egalladi. 

 Ikkinchi jahon urushining dastlabki davridayoq fashistlar Germaniyasi G’arbiy va 

Markaziy Evropada hukmronlikni qo’lga kiritdi. Germaniya va Italiya Evropadagi 10 

davlatni – Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, 

Daniya, Norvegiya, Avstriya, Frantsiyani bosib oldi. 

 Fashistlar Germaniyasi Evropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo’lga kiritib 

bo’lgach, 1941 yil 22 iyun yakshanba kuni tong saharda hujum qilmaslik to’g’risidagi 

shartnomani buzib, urush e’lon qilmasdan Sovet Ittifoqiga xoinona hujum boshladi. 

Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va 

qolganlarini qul qilishdan iborat edi. 




 

273


  Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari-Italiya, Finlyandiya, Vengriya, 

Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirishdilar. 

 Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibidagi barcha 

respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston ham urush girdobiga tortildi. 

  Shu tariqa, ikkinchi jahon urushi jahondagi 61 mamlakatni, Er shari aholisining 80 

foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o’z girdobiga tortdi. 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling