Agressiya haqida ma’lumot Agressiya va zo'ravonlikni tushunish Agressiya turlari
Download 31.53 Kb.
|
Agressiya va uning shakllari, verbal, jismoniy agressiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1.Agressiya haqida ma’lumot
Mavzu: Agressiya va uning shakllari, verbal, jismoniy agressiya Reja Agressiya haqida ma’lumot Agressiya va zo'ravonlikni tushunish Agressiya turlari Terapiyada tajovuzkor yoki zo'ravon xatti-harakatlarni davolash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1.Agressiya haqida ma’lumot Psixologiyada agressiya deganda, boshqalarni o‘ziga bo‘ysindirish yoki ularning ustidan hukmronlik qilish maqsadida, fantaziyasida (xayol surish) yoki real xulq- atvorda namoyon bo‘ladigan tendensiyani (intilishni) tushunadilar. Ushbu tendensiya universal xarakterga ega bo‘lsada, ammo “agressiya” atamasining o‘zi umuman neytral ma’no kasb etadi. Aslida agressiya hayot va yashash qiziqishlariga xizmat qiladigan, pozitiv, hamda o‘zinig agressiv xohishini qoniqtirishga yo‘naltirilgan, negativ ahamiyat kasb etishi mumkin. Agressiya psixik reallik sifatida aniq xarakteristikalarga ega: yo‘naltirilganligi, namoyish etish shakllari, intensivlik. Agressiyaning maqsadi - xususan jabrlanuvchiga azob (zarar) yetkazish (dushmanlik agressiyasi), hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash (instrumental agressiya) hisoblanadi. Agressiya tashqi ob’ektlarga insonlar va predmetlar yoki o‘ziga yo‘naltiriladi. Boshqa insonlarga yo‘naltirilgan agressiya jamiyat uchun maxsus xavfni tashkil etadi. A.Bandura va R.Uolter uni asotsial agressiya deb ataganlar va uni ijtimoiy-destruktiv xarakterli xarakatlar bilan bog‘laydilar, buning natijasida boshqa shaxs yoki mulkka zarar yetkazilishi mumkin, biroq bu harakatlar qonuniy nuqtai nazaridan jazolanmasligi ham mumkin. Agressiya ochiq va latent shakllarga ega bo‘lishi mumkin. “Agressiya” atamasini vayron etish niyatlarini belgilash uchun qo‘llanilishiga qaramasdan, uni pozitiv namoyishlarini baholash uchun masalan, manmanlikdan kelib chiqqan faollik uchun keng qo‘llaydilar, Bunday harakatlarni o‘z mavqeini o‘rnatish deb belgilaydilar, shu bilan bu harakatlar do‘stona motivatsiya yordamida paydo bo‘lganini ta’kidlaydilar. Ular raqobat, yutuqlarga intilish, hazil, sport musobaqalari va boshqa shakllarda namoyon bo‘ladi. Agressiyaning odatiy namoyishlari quyidagilar hisoblanadi: nizo chiqarish, bosim o‘tkazish, majburlash, tilining yomonligi, negativ baholash, hamla qilish yoki jismoniy kuchni qo‘llash bo‘lsa, yashirin shakllari aloqadan qochish, kimgadir zarar yetkazish maqsadiga befarqlik, o‘ziga ziyon yetkazish va o‘z joniga qasd qilish kabilarda namoyon bo‘ladi. Agressiyaning ichki reprezentatsiyalari turli agressiv affektlar orqali, xususan asabiylashish, hasad, nafrat, g‘azab, chidamlilik, vahshiylik, jinnilik va qutirish ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin,. Agressiv affektlar intensivligi ularning psixologik funksiyasi bilan hamjihatlikda, agressiya individ uchun avtonomiyani saqlab qolish, azob yoki xavf manbaini yo‘qotish, ehtiyojlarini qondirish yo‘lida to‘siqlarni yo‘q qilish, ichki nizoning yechimi, o‘zini baholashning o‘sishi kabi muhim funksiyalarni bajarishi va bunday vaziyatda agressiyani shaxs to‘la-to‘kis yoki qisman anglamasligi mumkin. Nafrat - eng murakkab agressiv va intensiv affektlardan biri bo‘lib, nafratga chalingan insonning asosiy maqsadi agressiya ob’ektini yo‘qotishga qaratilib shubhasiz, nafrat jiddiy xavfni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, g‘azabning normal reaksiyasi bo‘lishi ham mumkin. Ma’lum sharoitda nafrat va qasoskorlik noadekvat tarzda kuchayishi mumkin. Nafrat ob’ekti bilan munosabatlar agressor shaxsiyati uchun muhim qadriyatga ega. U nafrat ob’ektini chin dildan yo‘qotishni istaydi va shu bilan birga u bilan munosabatlarni saqlab qolishga intiladi. Quyida turli psixologik nazariyalarda agressiv xulq-atvor muammosining tadqiqi bilan bog‘liq tahlillarni keltirib o‘tamiz. Biologik nazariyalar deviant holatlarni o‘rganishda deviant xulq-atvorning agressivlik va jinoyatchilik turlarini tadqiq qilishga harakat qilishadi. Lekin deviatsiya muammosi keng ko‘lamdagi ijtimoiy muammo hisoblanib, jamiyatda mavjud jamiyat tomonidan qabul qilinmagan har bir harakatni o‘z ichiga oladi. XIX ikkinchi yarmida italiyalik Ch.Lombroz biologik nazariya yo‘nalishda dastlab deviant xulq-atvor muammosi bilan shug‘ullangan. Ch.Lombroz jinoyatchilikning asosiy sababi bu irsiy-biologik omillar deb uqtiradi. Jinoiy (kriminal) xulq-atvorning paydo bo‘lishiga dastlab ob-havo, tabiat va tug‘ma omillardan tortib iqtisodiy, madaniy va genderlargacha bo‘lgan ijtimoiy omillar ham sabab bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda shaxslararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xususiyatlaridan biri agressivlikdir. Agressiya – bu odamlar, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar majmui hisoblanadi. Bugun insoniyat tarixi ishonchli tarzda shuni isbotlamoqdaki, agressiya shaxs va jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, agressiya ulkan tortishish kuchi va yuqumlilik xususiyatiga ega – ko‘pchilik o‘zining agressiv ekanini inkor etadi, ammo o‘zining kundalik hayotida esa, uni keng namoyish qiladi. Aynan agressiv xulq-atvor shaxslararo nizolarning vujudga kelishiga va ularni hal etishning asossiz yo‘llari paydo bo‘lishiga olib keladi. Ijtimoiylashuv – individning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish jarayoni va faolligi bo‘lib, bu o‘z navbatida muloqot va faoliyatda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiylashuv jarayoni jamiyatdagi turli o‘zgarishlar va maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya natijasida stixiyali tarzda kechadi. Ijtimoiylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy maktablar turlicha tahlil qilganlar: 1) neobixeviorizm namoyandalarining fikricha, ijtimoiylashuv – bu ijtimoiy o‘rganishdir; 2) interaksionizm vakillarining fikricha, o‘zaro taʼsirlar natijasi; 3)gumanistik psixologiya vakillarining taʼriflashicha, «Men» konsepsiyasining namoyon bo‘lishidir. Ijtimoiylashuv serqirra jarayon bo‘lib, yuqorida keltirilgan psixologiyaning ilmiy maktablari namoyandalari uning faqat bir tomonigagina asosiy urg‘u beradilar. Hozirgi kunda jahon psixologlari ijtimoiylashuv muammosini ijtimoiy xulq-atvorni boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu konsepsiya shaxslararo munosabatlarga kirisha olish darajasiga bog‘liq ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish tizimini tahlil qiluvchi dispozitsiyalar iyerarxiyasini o‘z ichiga qamrab oladi. Insonlardagi shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi xulq-atvor tiplaridan biri agressiyadir. “Agressiya” tushunchasiga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki bu atama ko‘plab xatti-harakat shakllarini ifodalaydi. Odamlar biron kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi yoki badfeʼl, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan yoki o‘z g‘oyalarini qatʼiy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qila- digan inson kabi taʼriflarni keltirishlari mumkin. Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan dastlabki nuqtai nazarlar ichida U.Makdaugoll, Z.Freyd, G.Marrey va boshqa olimlarning «inson va hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud bo‘ladi», degan qarashlaridir. Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr-mulohazalar XX asrning boshlarida frustratsiya nazariyasi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keldi. Unga ko‘ra, agressivlik frustratsiyaning oqibatidir. Bunday qarashni birinchi bo‘lib J. Dollard ilgari surdi. Ammo, ushbu ikki xil nuqtai nazar ham amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmadi. Agressiv xulq-atvor xususidagi yana bir nuqtai nazar L.Berkovichning ijtimoiy bilish nazariyasida bayon qilingan. Unga ko‘ra, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to‘siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi. Nihoyat, agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari haqidagi eng zamonaviy nuqtai nazar bilishning kognitiv nazariyasi bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Bu konsepsiyada agressiv harakatlar quyidagi jarayonlarning natijalari sifatida baholanadi: 1.Sub’yektning o‘z agressiv xulq-atvorini ijobiy deb baholashi; 2.Frustratsiyaning mavjudligi; 3.Affekt yoki stress tipidagi emotsional qo‘zg‘alishning kuchliligi. R. Kratchfild va N. Livson agressiyaning bir-birini inkor etmaydigan va birday maqbul ikki tavsifini keltirganlar. Birinchisi, xulq-atvorning zohiriy (tashqi) alomatlariga asoslanadi: «Agressiya – kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir». Ikkinchisi, odamning botiniy (niyatlari) bilan bog‘liq, yaʼni insonni harakatga undovchi kuchlar bilan mushtarak: «Agressiya – boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday xatti-harakatdir». Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga monand tushunchalarga tayangan ko‘plab psixologlar agressiyani mavjudotning yashash uchun kurash bilan bog‘liq uzviy xususiyati deb hisoblaydilar. D.Bass taklif etgan taʼriflardan biriga ko‘ra, boshqalar uchun xavf tug‘diruvchi va ularga ziyon yetkazuvchi har qanday feʼl-atvor agressiyadir. Bir necha taniqli tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan ikkinchi taʼrif esa quyidagicha: u yoki bu harakatlar agressiya sifatida tasniflanishi uchun ular oxir-oqibat xafa qilish yoki haqoratlashga olib kelishi emas, balki xafa qilish va haqoratlarni maqsad qilib qo‘yishi lozim. Nihoyat, uchinchi nuqtai nazar X.Zilman tomonidan bildirilib, unga ko‘ra, agressiya o‘zgalarga tan jarohati va boshqa jarohatlar yetkazish demakdir. “Agressiya” tushunchasining talqinidagi kelishmovchiliklarga qaramay, ijtimoiy fanlar sohasidagi ko‘plab mutaxassislar uning ikkinchi nuqtai nazarda bayon etilgan maʼnosiga ko‘proq tayanadilar. Shunday qilib, hozirda ko‘pchilik psixologlar tomonidan «agressiya – boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki ziyon yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan feʼl-atvorning har qanday shakli», degan taʼrif qabul qilingan. U agressiyaga emotsiya, motiv yoki ko‘rsatma sifatida emas, balki feʼl-atvor modeli sifatida qarashni taqozo etadi. Bu muhim fikr ko‘plab chalkashliklarni tug‘dirdi. “Agressiya” atamasi ko‘p hollarda g‘azab kabi salbiy his-tuyg‘ular, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar, hatto irqiy va etnik xurofot bilan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi zarar yetkazish bo‘lgan feʼl-atvorda muhim rol o‘ynashiga qaramay, ular bunday harakatlar uchun asos bo‘la olmaydi. G‘azab boshqalarga tajovuz qilish uchun aslo zaruriy shart hisoblanmaydi, agressiya o‘ta sovuqqonlik holatida qancha yuzaga kelsa, shuncha o‘ta emotsional hayajon holatida ham sodir etiladi. Shuningdek, agressorlarning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishi yoki ularni yoqtirishi umuman shart emas. Ko‘pchilik odamlar o‘zlari yoqtirgan insonlarga zulm o‘tkazadilar. Inson agressiyasining turli-tumanligi va tubsizligidan kelib chiqib, mazkur feʼl-atvorni o‘rganishda asos tomonidan taklif etilgan konseptual chegaralanish juda foydali ekanligi ayon bo‘ldi. D.Bassning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin: jismoniy – verbal, faol – sust va to‘g‘ri egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga yaqin kategoriyalarni berib, ular asosida ko‘plab agressiv harakatlarni tushuntirish mumkin. Agressiya murakkab muammo bo'lib, yaqinda o'rganila boshlanganligi sababli, uning mavjud bo'lish sabablari to'g'risida hanuzgacha bir fikrga kelilmagan. Biroq, ilmiy hodisalar doirasida ushbu hodisani tushuntirishga harakat qiladigan ba'zi bir qabul qilingan nazariyalar mavjud. Keyin biz eng muhim uchta narsani ko'rib chiqamiz. Instinktiv tajovuz nazariyasi birinchi marta Zigmund Freyd tomonidan taklif qilingan. Ushbu taniqli psixoanalitning fikriga ko'ra, tajovuzkorlik u "Eros" deb atagan asosiy hayotiy instinktlarni to'sib qo'yish natijasida paydo bo'ladi. Shunday qilib, birinchi navbatda zo'ravonlik muqarrar emas va tug'ma emas, balki hissiy boshqaruvning yomonligidan kelib chiqqan deb hisoblangan. Biroq, keyinchalik psixoanalitik nazariyalar rivojlanishda davom etdi; va Freyd "Tnathos" yoki o'lim kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu turtki hayotning ta'siriga zid bo'lar edi va ularning orasida eng muhimi tajovuzkorlik bo'lishi kerak. Shu paytdan boshlab, Freyd insonning barcha xatti-harakatlari Eros va Tarnatos to'qnashuvidan kelib chiqadi deb himoya qildi. Shu sababli agressiya ushbu nazariyaga ko'ra muqarrar bo'lar edi; Ammo psixoanalitiklar uchun ushbu instinktiv disk bilan ishlashning ba'zi usullari mavjud, ular zo'ravonlikni o'z ichiga olmaydi. Shu ma'noda, Freyd tug'ma tajovuzkorlikni boshqa odamlar uchun konstruktiv yoki foydali xatti-harakatlarga aylantirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan sublimatsiya yoki siljish kabi ba'zi mexanizmlar haqida gapirdi. Agressivlikning mohiyati haqidagi eng keng tarqalgan farazlardan yana biri bu tendentsiya tug'ma bo'lishi shart emas, balki umidsizlik bilan bog'liqligini ta'kidlaydi. Shunday qilib, agar inson o'z maqsadlariga erisha olmasa, o'z qadr-qimmatida to'siqqa duch kelsa yoki o'z xohish-istaklarini qondira olmasa, ular tajovuzga murojaat qilishlari mumkin. Ushbu nazariyaga ko'ra, turli xil odamlar tomonidan ko'rsatiladigan tajovuzkorlik darajalari jihatidan mavjud bo'lgan farqlarning katta qismi har birida ko'ngilsizlikni keltirib chiqaradigan vaziyatlar yoki elementlar nima bilan bog'liq. Oldingi ta'limga, shaxsiyat va mavjud bo'lgan modellarga qarab, har bir inson ma'lum bir daqiqada ozmi-ko'pmi hafsalasini pir qiladi. Ammo bu nuqtai nazardan tajovuzkorlikdan qanday yaxshi narsa bo'ladi? Ko'ngilsizlik-agressiya gipotezasi, umidsizlikni keltirib chiqargan ob'ekt yoki shaxsga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita zo'ravonlik qo'llanilishi, erishilmagan istak intensivligini kamaytirishga xizmat qilishini tushuntiradi. Shu tarzda, tajovuzkorlik tashqi vaziyatlarni o'zgartirmasdan, ko'ngilsizlikni kamaytirishning bir usuli bo'lar edi, bu ko'p holatlarda boshqarib bo'lmaydigan bo'ladi. Ammo, biz shuni ham bilamizki, ko'ngli qolgan barcha odamlar zo'ravonlikka murojaat qilishga qaror qilmaydilar va barcha tajovuzlar umidsizlik tufayli emas, shuning uchun bu nazariya ushbu hodisaning mavjudligini o'z-o'zidan tushuntirib berolmaydi. Bugungi kunda tajovuzkorlik to'g'risida eng ko'p qabul qilingan nazariyalardan biri bu zo'ravonlik xatti-harakatlaridan foydalangan holda mos yozuvlar modelini kuzatishda ushbu reaktsiyaning katta darajada paydo bo'lishini himoya qiladi. Bolalar, hayotlarining birinchi yillaridanoq ota-onalarini va boshqa kattalarni kuzatishni boshlaydilar, nima to'g'ri va nima bo'lmasligini tushunishga harakat qilishadi. Shunday qilib, bolaligini zo'ravonlik odatiy bo'lgan uyda o'tkazgan kishi, tinchroq muhitga qaraganda tajovuzkor xatti-harakatlarni tez-tez va oson bajarishga moyil bo'ladi. Biroq, ijtimoiy ta'lim nazariyasiga ko'ra, ota-onalar bolani istagan narsasiga erishish yoki ko'ngli qolganini bildirish uchun muntazam ravishda zo'ravonlik ishlatishni o'rganishga majbur qiladigan yagona odam emas. O'qituvchilar kabi boshqa ma'lumotnomalar namuna bo'lishi mumkin; va ommaviy axborot vositalarida tajovuzkorlikni kuzatish ham uning ko'rinishini yanada kuchaytiradi. Shunday qilib, ijtimoiy ta'lim nazariyasiga ko'ra, inson butun hayoti davomida harakat qiladigan barcha muhit birgalikda yoki u turli vaziyatlarda zo'ravonlik ishlatishi yoki tajovuzkor xatti-harakatlarini ko'rsatishi uchun birgalikda ishlaydi. Agressiyaning barcha shakllari bir xil emas. Garchi, yuqorida aytib o'tganimizdek, ushbu hodisa to'g'risida ko'plab nazariyalar mavjud bo'lsa-da, ularning aksariyati ikkita asosiy turni ajratishga kelishib oldilar: instrumental tajovuzkorlik va hissiy tajovuzkorlik. Bir tomondan, hissiy tajovuzkorlik aniq maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita zo'ravonlik harakatlarini nazarda tutadi. Bu ongli maqsadga ega bo'lgan va ko'pincha ko'proq boshqariladigan tajovuzkorlikning yanada oqilona shakli bo'lar edi. Uning ishlatilishi ko'pincha Machiavellianism va psikotikizm kabi ba'zi shaxsiy xususiyatlar bilan bog'liq. Masalan, agar u sotib olishni istagan mahsulot narxiga chegirma olish uchun do'kon xodimiga baqirishga qaror qilsa, odam instrumental tajovuzkorlikni ishlatadi; yoki u o'qituvchiga imtihon bahosini oshirishga urinish bilan tahdid qilsa. Boshqa tur, hissiy tajovuzkorlik, ko'p jihatdan birinchisidan farq qiladi. Instrumental bilan sodir bo'ladigan narsadan farqli o'laroq, bu odatda o'zgargan sentimental holat tufayli yuzaga keladi, masalan, umidsizlik, g'amginlik yoki g'azab. Bundan tashqari, u odatda u qadar nazorat qilinmaydi va u odam his qilayotgan his-tuyg'ularni bo'shatishdan tashqari ma'lum bir maqsadga ega emas. Masalan, ishda yomon kun o'tkazgani uchun uyiga kelgach, xotiniga baqirgan erkak hissiy tajovuzdan foydalangan bo'ladi. Ba'zi hollarda, tajovuzkorlik mavjudligi asosiy psixologik buzilish mavjudligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu sodir bo'lganda, zo'ravonlik avj olishi juda tez-tez va kuchayib boradi, garchi ba'zi hollarda bu farq juda nozik va uni faqat mutaxassis aniqlay oladi. Agressivlik bilan bilvosita bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan ko'plab ruhiy kasalliklar mavjud, masalan, shizofreniya, bipolyar buzuqlik yoki ba'zi tashvishlanish holatlari. Biroq, ayrim sindromlar zo'ravonlik bilan harakat qilish tendentsiyasi bilan bevosita bog'liqdir. Ular orasida eng keng tarqalgani oppozitsiya defiant buzilishi va o'zini tutish buzilishi. Ikkala holatda ham, ta'sirlangan shaxs jamiyat tomonidan jazolangan harakatlarni amalga oshiradi, masalan, boshqa shaxslarga hujum qilish, hayvonlarni o'g'irlash yoki ularga yomon munosabatda bo'lish; va buni bir necha bor va tobora kuchayib borishi bilan amalga oshiradi. Agar odam ushbu ikki kasallikdan biriga chalingan bo'lsa (bu ayniqsa bolalarda uchraydi), uni iloji boricha tezroq hal qilishga urinish uchun maxsus psixologik davolanishni qo'llash juda muhimdir. Agressiya bilan bog'liq boshqa kasalliklar orasida shaxsga qarshi ijtimoiy buzilish va vaqti-vaqti bilan portlovchi buzilish kiradi. Download 31.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling