371
to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo
kengash hamda uning
doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar
vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. O’zbekiston,
Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot
banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH)
tashkil topdi.
1995 yil 15 dekabrda Jambulda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston
respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 2000
yilgacha bo’lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim
bo’lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini
rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab
chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qiladigan Qozog’iston, Qirg’iziston va
O’zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektiv batalonini tashkil qilish
haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv bataloni
shakllantirildi.
1997 yil 9-10 yanvar kunlari Bishkekda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston
davlat boshliqlarining kengashi bo’lib unda uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy
Do'stlaringiz bilan baham: