1- laboratoriya ishi


Xromatogrammaning o‘lchamlari


Download 1.08 Mb.
bet25/35
Sana29.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1732870
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
1-лаборатория иши

Xromatogrammaning o‘lchamlari. Agar harakatchan faza oqimining ma'lum xossasini sorbent qatlamidan chiqishida vaqt birligida yoki harakatchan faza hajmida o‘zgarishi qayd qilib turilsa, registrator lentasida chiqish xromatografik egri chizig‘i - xromatogramma yoziladi (9-rasm). Chiqish egri chizig‘ining tutib qolish parametrlari deb ataluvchi parametrlari aralashmadagi moddalarni ajratish natijalarini ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

9-rasm. Differensial xromatografiya egri chiziqlari:
1-nol chiziq; 2-sorbsiyalanmaydigan komponentga xos chiziq; 3-4-tahlil qilinayotgan komponentga tegishli chiziqlar
Ajratiluvchi moddalarga nisbatan qo‘zg‘almas fazaning sorbsion qobiliyati tutib turish vaqti tR bilan ifodalanadi. Bu xromatogrammada moddani sorbent qatlamiga kiritish paytidan moddaning sorbent qatlamidan maksimal konsentratsiyada harakatchan faza oqimida chiqishini ochiltirish paytigacha bo‘lgan oraliqni ko‘rsatadi. Bunda harakatchan fazaning sorbent qatlamidan o‘tgan hajmi tutib qolish hajmi tR deyiladi:

bu yerda
v — harakatchan fazaning hajmiy tezligi.
(vRf) orqali yutilmaydigan komponentning tutilib qolish vaqti (hajmi) belgilanadi.
Chiqish egri chizig‘ining (cho‘qqining) balandligi h cho‘qqining maksimumidan nol chizig‘igacha tushirilgan tik chiziqdir. Nol chizig‘i xromatogrammaning bir qismi bo‘lib, kolonkadan toza holdagi hara­katchan faza chiqishi paytidagi detektor signalini qayd etish natijasida olinadi. Cho‘qqi kengligi |J.-egri chiziqning bukilish nuqtalarida egri chiziqqa o‘tkazilgan urinmalarning nol chiziqda kesishgan kesmasi yoki balandlik o‘rtasidagi n0_5 cho‘qqi konturi nuqtalari orasidagi masofa hisoblanadi.
Xromatografik ajratishning samaradorligi. Xromatografiyalash jarayonida modda sorbent qatlamlari orqali harakatlanib, qo‘zg‘almas va harakatchan fazalar orasida taqsimlanadi. Bunda modda zonasi yuvilib, aralashib ketadi. Ikki yonma-yon komponent zonalari qancha ko‘p yuvilib ketgan bo‘lsa, ularni bir-biridan ajratish shuncha qiyin bo‘ladi. Xromatografiya zonasining yuvilib ketish o‘lchami ekvivalent nazariy tarelkalar balandligi ENTB yoki H hisoblanadi.
Kolonkali xromatografiya uchun nazariy tarelkalar soni Nquyidagi formulalarga asoslanib topiladi:
(1)
ENTB quyidagi formuladan hisoblab topiladi:

bu yerda L — kolonkaning uzunligi, mm.
ENTB ning qiymati qancha kichik bo‘lsa, kolonka shuncha samarali ishlaydi va xromatogrammada cho‘qqilar shuncha tik bo‘ladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling