1- laboratoriya ishi


Benzinning nordonlik muhitini tekshirish jadvali


Download 1.08 Mb.
bet23/35
Sana29.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1732870
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
1-лаборатория иши

Benzinning nordonlik muhitini tekshirish jadvali

Muhit

Indikatorlar

Metiloranj

Fenolftalin

Ishqorli

sariq

to‘q qizil

Neytral

to‘q sariq

rangsiz

Kislotali

qizil

rangsiz



Benzinlarni tashqi ko‘rinishiga qarab baholash
Rangi, tiniqligi, hidi va tarkibida suv, mexanik aralashmalar bor yo‘qligi tekshiriladi. Benzinlarning rangi: Ai-80 sariq, Ai-93 qizg‘ish, Ai-95 rangsiz, Ai-98 ko‘k rangda bo‘ladi. Benzinlar ranglanishi unga tetraetilqo‘rg‘oshin (TEQ) qo‘shilganini ko‘rsatadi. Tetraetilqo‘rg‘oshin (TEQ) oktan sonini oshirish uchun qo‘shiladi va bu benzinlar etillangan benzin deb ataladi. Etilli suyuqlik tarkibida tetraetilqo‘rg‘oshin bilan etil bromid (brometan) aralashmasi va boshqa moddalar bor. Biroq ular juda zaharli bo‘lganligi tufayli, bunday antidetanatorli benzinning ishlatilishi cheklashni taqozo etadi. TEQ odamni zaharlashi bilan qurumning
60-70 % ini qo‘rg‘oshin birikmalari tashkil etadi. Etillangan benzinlarni ajratish uchun rang beriladi.
Benzin o‘ziga xos sezilarli hidga ega bo‘lib, unung bug‘lari zaharli hisoblanadi. Benzinning tiniqligi tekshiriladi: benzinlar tiniq bo‘lishi kerak, tarkibida hech qanday ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanik aralashmalar va suv bo‘lmasligi lozim. Benzinning tiniqligini shisha idishda aniqlanadi. Mexanik aralashmalar va suv yonilg‘ida erimaydi, shuning uchun yonilg‘ida ularning borligini rangsiz shishadan yasalgan idishdagi yonilg‘ini ko‘zdan kechirib aniqlash mumkin.

Toza neft mahsulotlari bir jinsli bo‘ladi, agar ular tarkibida ozginagina suv bo‘lsa ham idishdagi hamma yonilg‘i xiralashadi, bunday yonilg‘ini dvigatellarda ishlatish mumkin emas. Agar benzin tarkibida suv va mexanik aralashma mavjud bo‘lsa, uning rangi xira bo‘ladi va bunday hollarda u tindiriladi va filtrdan o‘tkaziladi. Agar bunday qilinmasa ishlash vaqtida mexanik aralashmalar karbyurator yo‘llarini to‘sib qismlarini, silindr va porshenlarni ko‘p yeyilishiga sabab bo‘ladi. Idishlar tubida suv borligi laboratoriyada kaliy permanganat yordamida aniqlash mumkin. U neft mahsulotlarida erimaydi, lekin suvda oson eriydi. Bu moddaning bir nechta kristali oq lattaga o‘rab, idish tubiga tushiriladi va 3-4 min. tutib turiladi. Pushti yoki qizil rangning paydo bo‘lishi idishda suv borligini bildiradi. Bu holda suv qatlamining qalinligini sezgir qog‘oz yoki pasta yordamida aniqlash mumkin.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling