1- ma’ruza: Asosiy issiqlik energiya manbalari, yoqilg’ilarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Yoqilg’ilarni kelib chiqishi. Reja


Download 0.86 Mb.
bet3/4
Sana09.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1255544
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzuga

Maxsulot turi

1950

1990

1995

2022

Birlamchi energiya ishlab chiqarilishi (sh.yo.mlrd.t.)

100

439

442

Neftni olish, mlrd.t.

100

580

660

Tabiiy gazni olish, trln, m3

100

1050

1100

Toshkumirni qazib olish, mlrd.t.

100

250

257

Ko’ng’ir ko’mirni qazib olish, mlrd.t

100

300

225

Elektr energiyani ishlab chiqarish, trln kvt • s

100

1229

1323

Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari RO‘YXATI


T/r

Qurilmaning energiya ishlab chiqarish uslubi bo‘yicha nomi

Qayta tiklanadigan manbalar

TIF TN kodi

1.

Quyosh energiyasi qurilmalari

Quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga (PV — fotoelektrik o‘zgartirish) va/yoki issiqlik energiyasiga (CSP — termodinamik o‘zgartirish, QSK — quyosh suv isitish kollektori) o‘zgartirish.

8501 61, 8501 62, 8501 63, 8501 64, 8419 19

2.

Shamol energetikasi qurilmalari

Havoda harakatlanuvchi massalarning kinetik energiyasini rotorni aylantirish natijasida mexanik energiyaga va keyinchalik uni elektr energiyasiga o‘zgartirish.

8502 31

3.

Geotermal energiya qurilmalari

Yer usti va osti issiqligidan foydalangan holda issiqlik yoki elektr energiyasi olish.

8502 39

4.

Gidroenergetika (30 MVt gacha) qurilmalari

Suv resurslari va gidravlika tizimlari energiyasini kam quvvatli gidroenergetika qurilmalari (30 MVt gacha) yordamida elektr energiyasiga aylantirish.

8502 39

5.

Bioenergetika qurilmalari

Organik energiya manbalaridan foydalanish orqali issiqlik, elektr va mexanik energiya olish.

8419 89, 8479 89

O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha bir qancha maqsadlar qo‘yilgan. Jumladan, elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichi qo‘shimcha 40 mlrd kilovat soatga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish, elektromobillar va ularning asosiy tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Taklif etilayotgan Taraqqiyot strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi — Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlashda kelgusi 5 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Bunda 36 yo‘nalish maqsad qilingan.
Shunday yo‘nalishlardan biri iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalari barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish to‘g‘risida.
Issiqlik elektr stansiya (IES) lar tabiiy yoqilg’ilardan asosiy foydalanuvchilardan bo’lib, elektr stansiyalarning ulushi umumiy yoqilg’i - energetik balansida 45-50% ni tashkil qiladi.
O’zbekistan noyob yoqilg’i - energetika resurslariga egadir.
Kidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko’mir 2 milliard tonnadan ortiq 160 dan ortiq neft koni mavjud.
Neft, gaz va kondensat zahiralari o’z ehtiyojlarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, shu bilan birga energiya manbalarini eksport qilish imkonini ham beradi. Hozir bu kapital mablag’ sarflashning eng foydali soxalaridan biri bo’lib qoldi.
Mutaxassislarning baholashicha, O’zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyib 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin.
Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G’arbiy Xisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda.
Qidirib topilgan zahiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo’yicha 35 yildan ko’proq, neft bo’yicha esa - 30 yilgacha qoplaydi. Neftning 90 foizdan ortiqrog’i eng arzon - favvora usulida olinmoqda.
1992 yil Namangan viloyatida istikbolli Mingbulok, neft koni ochildi. Uni sanoat usulida ishlatish O’zbekistonning neft maxsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’la ta’minlash imkonini beradi.
Sanoatda yoqilg’ilardan foydalanish har doim ham samarali bulavermaydi. Shuning uchun yoqilg’idan foydalanish va uni samarali ishlatish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolyapti.
Yoqilg’ilarni quydagi asosiy tavsif va omillari, xalq xo’jaligidagi axamiyatini ifodalaydi:
Yonish issiqligi yoki issiqlik hosil qilish xususiyati. 1 kg suyuq, va qattiq yoki 1 m3 gaz yoqilg’isidan ajralib chiqqan issiqlik miqdori;
Issiqlik ishlab chiqish - yonish harorati eng yuqori bo’lib, bu yoqilg’i to’liq yonishi sharoitida xosil bo’ladi va chiqqan issiqlik yonish jarayonida xosil bo’lgan moddalarni isitishga sarflanadi. Issiqlik ishlab chiqishi uni yuqori xarorat jarayonida unumli foydalanishini belgilaydi;
Ballast mikdori yoki qattiq va suyuk yoqilg’ida mineral qismi va namligi, gaz yoqilg’ida esa azot va uglerod (IV) oksid miqdori bilan ifodalanadi. Ballast borligi yoqilg’ini yonish issiqligini kamaytiradi va yoqilg’ida uni ko’p miqdorda bo’lishi issiqlik ishlab chiqishini ham sezilarli darajada pasaytiradi;
Ziyon keltiruvchi moddalar, ayniqsa, maishiy va texnolo­gik yoqilg’ining sifatini pasaytiradi; Qattiq yoqilg’ini qizdirish jarayonida oson uchuvchan moddalarning ajralib chiqishi va boyitilgan qoldiqlari esa uning silliqlanishi va texnologik jarayonda ishlatilishini ta’minlaydi.
Yoqilg’ining narxi va yoqilg’i sanoatida kapital mablag’lar hajmi, yoqilg’i qazib olish kiyinligi va konlarni izlab topish murakkabligi bilan belgilanadi.
Yoqilg’ilar to’grisida tushuncha ularning tasnifi.
Yonuvchi qazib olinadigan moddalarga issiqlik energiya manbai sifatida (tayyor qazib yoki undan suniy usul bilam olingan) xar xil yoqilg’ilar kiradi.
Ular malum talablarga javob beradigan bo’lsalar, unda yoqilg’i deb aytilishi mumkin. Masalan, ular havoni kislorodi bilan faol brikmasi va kun miqdorda tabiiy zaxirasi bo’lsa va sanoatda keng ishlatilsa.
Yonuvchi moddalarni issiqlik qiymatiga unga qaysi soxada qulay ishlatilishi xal qilishadi.
Yonuvchi qazib olinadigan moddalar xom ashyo manbasi sifatida ximiya sanoatining turli soxalarida katta ahamiyatga ega bo’lyapti. xar xil yoqilg’i turlarining ahamiyati ularning tasiflarida o’z ahamiyatini topgan.
Misol uchun: yoqilg’ilarnimg umumiy tasnifi yoqilg’ining agregat holati, ularmi qazib olish yo’llari va olinishi bilam farqdanadi. Agregat holatiga unga yoqilg’i qattiq suyuq, va gazsimon holatlariga unga bo’linadi.
Undan tashqari kelib chiqishi, olib kelishini, oltingurt, koks, namlik qo’llanilishi, issiqlikga chidamliligi, uchuvchan moddalar chiqishi uvalanib. ketishiga unga ham tasniflanishi mumkin. Oxirgi ikki xususiyatga unga yoqilg’ilarnimg sanoat tami­noti asoslangan. Yoqilg’i olib kelshiga unga: mahalliy va olib keltirilgan yoqilg’ilarga bo’linadi.
Yoqilg’ilarning tiklanishiga unga ular qayta tiklanadigan (gedroenergiya, geotermal energiya, quyosh nuri energiyasi va tik- lanmaydigan qazilma organiq yoqilg’ilari, yadorli yoqilg’ilar)ga bo’linadi. Oltingugurt miqdoriga unga mazutlarning 3 turi mavjud.
Boshqa tasniflarga unga ular ayrim xususiyatlari va ishlatish jarayonlari bo’yicha bo’linadi. Yoqilg’i olinishiga unga ular tabiiy va sunniylarga bo’linadi. Suniy yoqilg’ilar tabiiylaridan fizik-mexaniq yoki fizik ximiyaviy qayta ishlab chiqarish yo’li bilan olinadi. Fizik-ximiyaviy qayta ishlanishi natijasida yoqilg’ining tashqi ko’rinishi, tuzilishi, ximiyaviy tarkibi va mexaniq xossalari o’zgaradi. Fizik-mexaniq qayta ishlashda qattiq yoqilg’ilardan foydalaniladi. Tabiiy qattik yoqilg’ishlarning qayta ishlash natijasida quyidagi yoqilg’I vavli: changsimon yoqilg’i, briketlar, koks, chala koks hamda ayrim suyuq va qattik yoqilg’ilar olinadi.
Neftni qayta ishlash natijasida ko’p xar xil yoqilg’ilardan tashkari turli xil sanoatiho yoqilsh maxhsulotlari olinadi.
Yoqilg’ilarning olinishining umumiy tasnifi quyidagi 1.3-jadvalda berilgan: kerosin, mazut, dizel yoqilg’isi, ligroin, benzin va boshqalar. Yoqig’ini ishlatishiga unga ular energetik va texnologik yoqilg’ilarga bo’linadi. Energetik yoqilg’ilar issiqlik va elektr energiya olish qurilmalarida, texnologik yoqilg’i esa, erituvchi, isituvchi, qayvatuvchi, kuydiruvchi va boshqa pechlarda hamda ximiya sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling