1- mavzu: matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana11.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1088273
1   2   3
آ
باد ). Mumtoz adabiyotda “adab”ning 
ko‘pligi sifatida qo‘llanadi. Undan tashqari “odob” so‘zi inson faoliyatining ayrim 
sohalariga oid qoidalar va ularga rioya qilish ma’nosida ham ishlatiladi. 
Tekst– yozuvda qayd etib qo‘yilgan nutq. Termin bu ma’nosida og‘zaki nutqqa 
qarshi qo‘yiladi; nutqiy asar, jumladan, adabiy asarning yozma (harflar) yoki og‘zaki 
(tovushlar) belgilar vositasida qayd etilgan konkret-hissiy (ko‘rish yo eshitish) qabul 
qilinadigan tomoni. Bu ma’nodagi tekst matnshunoslikning ob’yekti sanaladi; nutqiy 
kommunikatsiyaning nisbiy butunlik, yaxlitlik kasb etgan va nisbiy avtonomlik, alohidalik 
xususiyatiga ega eng kichik birligi, ya’ni adabiy-badiiy asar. Bu ma’nodagi tekstning 
mazmuni uni tashkil qilayotgan nutq birliklari, ularning o‘zaro aloqalari bilangina 
cheklanib qolmaydi. Butun sifatida u muallif tomonidan muayyan nutqiy situatsiyada 
tug‘ilgan, uning butun sifatidagi mazmun-mohiyati o‘zidan tashqaridagi reallik bilan 
bog‘liq holda voqe bo‘ladi”. 
TA’SIRLAR ZANJIRI –Ma’lum adabiy asar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan 
manbashunos o‘zi o‘rganayotgan ob’yektning yaxlit butunlik sifatida yuzaga kelishiga 
sabab bo‘lgan ta’sirlar zanjirini tiklaydi, tadqiq etilayotgan asarning bu silsiladagi o‘rnini 
belgilaydi, xalqalar orasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi. 
Manbashunoslik tadqiqi mana shu uzluksiz jarayon ichida kechadi. 
Ekzegetika – diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari 
bilan bevosita bog‘lanadi.
Nazorat savollari 
1.Ta’sirlar zanjiri iborasi nimani anglatadi? 
2.Mumtoz adabiy matnlarni eski o‘zbek yozuvidan joriy alifboga tabdili 
muammolari nimalardan iborat? 
3.Yevropada matnshunoslik ilmi qanday nomlanadi? 
4. Diyorimizda matbaachilik tarixi qachondan boshlangan? 
7
Қадимий (қўлёзма ва баъзан тошбосма) китобларда асл матн ҳошия билан ажратилган. Матн шарҳлари ҳошияда гир 
айланасига битилган. Бу ўринда шу ҳолат назарда тутиляпти. 
8
Ҳомидий Ҳ., Абдуллаева Ш., Иброҳимова С. “Ўқитувчи”, Т. 1970, 222-бет. 
9
Розенталь Д.Э., Теленкова М.А. М.: “Просвещение”, 1976, 483-стр. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling