1- mavzu: matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari


MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIKNING YONDOSH SOHALARI


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1088273
1   2   3
MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIKNING YONDOSH SOHALARI 
Bilim sohasining ko‘pgina fanlarida bo‘lganidek, manbashunoslik va matnshunoslik 
ham tanholikda mavjud bo‘lolmaydi. Jahon andozalariga ko‘ra manbashunoslik va 
matnshunoslikning bir qancha yondosh sohalari mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi 
mustaqil fanlar sifatida tan olingan hamda manbashunoslik tadqiqot ob’yektlarining 
xarakteriga 
qarab 
zarur 
o‘rinlardagina qo‘llanilib boriladi. Quyida ularning 
manbashunoslik va matnshunoslik ilmida ko‘p tilga olinadiganlari bilangina tanishib 
o‘tamiz. 
MATNSHUNOSLIK—filologiyaning adabiy, tarixiy, ilmiy asarlar hamda tarixiy 
hujjatlar matnini ilmiy-tanqidiy o‘rganish va nashr qilish bilan shug‘ullanuvchi sohasidir. 
Adabiy, tarixiy va ilmiy asarlar matnshunosligiga bo‘linadi. Bu manbashunoslik bilan eng 
uzviy bog‘liq bo‘lgan soha. Bunga biz qo‘llanmamizning ikkinchi qismida alohida fan 
sifatida to‘xtalamiz. 
ARXEOGRAFIYA—qadim yozma yodgorliklarini qayta ishlash usullari va e’lon 
qilishning nazariy masalalari haqidagi tarixiy-filologik fan. Bu sohadagi ishlar mintaqa 
madaniyatimizda alohida nom bilan atalmagani holda juda qadimdan davom etib keladi. 
PALEOGRAFIYA— qadim yozma yodgorliklarning yozilish o‘rni, vaqti va h.k.larni 
aniqlash uchun uning tashqi belgilarini, yozuvini o‘rganuvchi tarixiy-filologik fan. Buning 
uchun qo‘lyozmalarning materiali, harf shakllari, bezak va boshqa xususiyatlari sinchiklab 
o‘rganiladi. Alohida nom bilan atalmagani holda kitobat ishlari jumlasida mavjud bo‘lib 
kelgan. 
USLUBShUNOSLIK- 

lisoniy 
(lingvistik) 
uslubshunoslik 
va 
adabiy 
uslubshunosliklarga bo‘linadi. Adabiy yo‘nalishda ayrim tarixiy davrlar, mintaqalar, 
muayyan adabiy maktablar, ijodkorlarning ijod tarzi, uslubi xususiyatlarini o‘rganuvchi 
filologik fan. Bunda asarlardagi badiiy nutq, poetik til xususiyatlari, ifoda vositalari 
o‘rganiladi. Jumladan, xuroson uslubi, iroq uslubi, hind uslubi, turkona uslub va h.k. 
TARIXIY POETIKA- badiiy so‘z san’atining tarixning turli bosqichlarida vujudga 
kelgan qonuniyatlari va mumtoz adabiyot janrlari nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi 
filologik fan. U qadimda ilmi adabning bir qismini tashkil etgan. 


10 
QADIMIY LUFATLAR- ular alohida so‘zlarning ma’nosini sharhlash bilan bir 
qatorda bu so‘zlar sharhlangan manbalarni ham keltirishlari manbashunoslikning ko‘pgina 
munozarali savollariga javob bera olishlari bilan ham qimmatlidir. 
GERMENEVTIKA- matnshunoslikning qadim yozma yodgorliklarni, klassiklarning 
asarlarini ularning dastlabki mazmunini tiklash maqsadida sharhlash, tafsir etish sohasi. 
(Antik davrda diniy matnlarni sharhlash, tafsir etishdan kelib chiqqan). Jumladan, Forobiy 
yunon mutafakkirlari Aflotun, Arastu, Evklid, Ptolemey, Porfiriy va boshqalarning 
asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa Aristotelь asarlaridan «Metafizika», «Etika», 
«Ritorika», «Sofistika» va boshqalarni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bergan. 
Bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi «Mo ba’iy tabiat» ga o‘xshash maxsus 
sharhlar yozgan. Hozirgi ma’nodagi germenevtika shoir yoki yozuvchi asarlarining ilmiy 
tanqidiy-matnini tuzish, bu asarlarni har xil izoh va sharhlar bilan ta’minlash, asarning 
adabiyotda tutgan o‘rnini aniqlab berishdir. 
BIBLIOGRAFIYA—tarixiy, adabiy, ilmiy asarlarning fan, mavzu, davr, mamlakat
mualliflarga bag‘ishlab tuzilgan manbalari ro‘yxati. Ular alohida kitob yoki kitobga ilova 
tarzida, alifbo tartibida bo‘ladi. Qadimda ayrim qo‘lyozma kitoblar orasida ba’zi sohaga 
oid yoki biror muallifga mansub kitoblar fehristi (ro‘yxati) keltirilgan 
ARXIVShUNOSLIK—hujjatlarni yig‘ish, tartibga solish va saqlash usullarini ishlab 
chiquvchi, arxivlar ishini tashkil etishni, ularning tarixini o‘rganuvchi fan. Bu soha 
mutaxassislari Respublika Davlat arxivi, nohiya va viloyat arxivlarida faoliyat 
ko‘rsatadilar. Adabiy arxivlar respublikamiz qo‘lyozma fondlarida va adabiyot 
muzeylarida joylashgan. Sho‘rolar davrida qatag‘on qilingan adiblar haqida Respublika 
Davlat arxividan ko‘pgina ma’lumotlar topish mumkin. 
FILIGRANOLOGIYA—qog‘ozdagi suv belgilarini o‘rganuvchi fan. Ayniqsa, kitob 
muqovalariga tushirilgan shakllar, bezaklar suv belgilari usulida hosil qilingan. Ularning 
vujudga kelgan vaqti va joyini bilgan holda, sanasi ko‘rsatilmagan qo‘lyozma kitoblar 
haqida hukm chiqarish mumkin bo‘ladi. 
EPIGRAFIKA-tosh, yog‘och, sopol kabi narsalarda saqlangan yozuvlarni 
o‘rganuvchi tarixiy-filologik fan. 
NUMIZMATIKA—tarixning tanga, chaqa va taqinchoqlardagi yozuvlarni, pul zarb 
qilish va pul muomalasini o‘rganuvchi sohasi. 
Manba – arabcha “oqib chiqmoq”, “boshlanmoq”, “otilib chiqmoq”, “kelib chiqmoq” 
ma’nolarini anglatuvchi naba’a ( ََعَبَن) fe’lidan “oqib chiqish joyi”, “boshlanish nuqtasi” 
“buloq”ma’nosidagi manba ( عَبْنَم) so‘zi yasalgan. Har qanday harakat, voqea-hodisaning 
boshlang‘ich nuqtasi, avvali, boshiga nisbatan qo‘llangan bu so‘z ma’lum soha 
kishilarining ixtiyoriga binoan ijod mahsuli tushunchasida qarorlashdi va “manba” 
deyilganida muayyan asar (kitob) tushunila boshladi. Mutolaa qilingan kitob o‘z 
o‘quvchilarida turli xil o‘xshash va farqli fikrlarni uyg‘otadi. Fikrlarning o‘xshashligi 
qarashlarni, farqliligi yondashuvlarni yuzaga keltiradi. Bu jarayon bamisoli kitobdan 
kitoblar otilib chiqayotgan, asardan asarlar tarmoqlanib, toshib oqayotgan oqimga 
o‘xshaydi.
Matn – arabcha izohli lug‘atlarda bu so‘z “narsaning ustki, yuza qismi” deb 
ta’riflangan. Masalan, yerning ustki qattiq qismi (ضرلااَنﺘم), йўлнинг ўртаси (قيرطلاَنﺘم), 


11 
китoб саҳифасидаги ёзувларнинг ҳoшия ва шарҳлардан хoли асoсий қисми
7
(َ نﺘم
باﺘكلا) matn so‘zi bilan ifodalangan. Shunindek, bu so‘zning “mustahkam; pishiq” kabi 
sifat ma’nosida kelgan turi ham mavjud. Tilimizga o‘zlashgan matonat, metin so‘zlari ham 
matn bilan o‘zakdoshdir. “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”da tekst so‘zi “avtorning 
asl so‘zi, asarning qo‘lyozmasi yoki nashr etilgan nusxasi
8
, “Slovarь-spravochnik 
lingvisticheskix terminov» kitobida “yozuv yoki nashrda aks ettirilgan nutqiy asar (баён 
қилиш”)
9
, “Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati”da “matn – mazmunan va 
mantiqan o‘zaro aloqador bo‘lgan gaplar yoki alohida olingan gap” 
MATN TARIXI – muayyan matnning paydo bo‘lishidan to oxirigi holatigacha 
davom etgan jarayon matn tarixini tashkil qiladi. Aksar matnlar ma’lum vaqt mobaynida 
sub’yektiv (muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va ob’yektiv (ijtimoiy) omillar 
ta’sirida o‘zgarishga uchraydi. Matnshunosning vazifasi mana shu o‘zgarishlarni aniqlash, 
ularni tarixiy, ilmiy dalillar bilan asoslash va shu yo‘l bilan asl matnni tiklashdir. 
Odob – “adab” so‘zining ko‘plik shakli (

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling