1. aqshning geografik joylashuvi aqshning tarixi


Download 143.5 Kb.
bet8/11
Sana30.03.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1309303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3.mavzu

Tuproqlari. Tuproq qoplami xilma-xil. SHimoli-sharqda ser ajriq podzol (kulrang) va o’rmon qo’ng’ir tuproq, janubi-sharqda jigar rang, sur-jigar rang tuproq, Ichki tekisliklarda qoramtir preriy, tipik qora tuproq va to’q sur, Kordileraning tog’ oralig’i platosida quruq dashtlarning kulrang va och sur tuproqlar, Tinch okeanining biroz qurg’oqchil va yomg’irsiz davr uzoq davom etuvchi sohillarida nam tropik o’rmonlar qizil-qo’ng’ir tuproqlar uchraydi. Yirik tog’ tizmalari, o’rmonlar, ko’llar va go’zal qirg’oq bo’ylaridan turizm va dam olish maqsadlarida keng foydalaniladi. Tabiatni qo’riqlash va Atrof muhitni muhofaza qilish maqsadlarida yirik milliy parklar, qo’riqxonalar barpo qilingan. Muhofazaga olingan yirik tabiat ob’ektlari orasida Iellouston milliy bog’i, Yosemit milliy bog’i, Sekvoyya o’rmonlari, Grand-Kanon milliy bog’lari, Mamont va Karlsbad g’orlari bor.
7. AQSH aholisi urf-odatlari va bayramlari.AQSH tarixiga nazar soladigan bo’lsak, qadimda bu yerdagi tub aholisi hisoblangan hindularni, Yevropalik mustamlakachilar AQSH va Kanadani bosib olganda siqib chiqargan. Ular yevropalik mustamlakachilarga qarshi mardonavor kurash olib borishgan. Yevropalik mustamlakachilar ispanlar, frantsuzlar, inglizlar o’zlarining katta ta’sirini ko’rsatishgan. Ayniqsa buni AQSHdagi Florida shtatidagi Sankt-Avgustinda (1565) ko’rishimiz mumkin. Ispaniya mustamlakachilari yana o’zlarini ta’sirini Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko va Texas shtatlariga ham ko’rsatgandir.
AQSHni chetdan kuchib kelgan millat va elatlar, turli irq vakillari tashkil qilsada, u yerda oilaviy, xonadon, turli halq urf odatlari, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lgan milliy bayramlar ko’p nishonlanadi. Ushbu bayramlar munasobati bilan amerikaliklarning dam olish kunlari uzaytiriladi, ya’ni bayram kunlari asosan dushanba kuniga muljallanib aholi bayramni to’laqonli nishonlashi uchun sharoit yaratiladi. Bayram kunlari barcha tashkilot va banklar uchun dam olish kuni deb hisoblanadi
Yoz faslida 3 ta asosiy bayramlar o’tkaziladi. Ulardan “ Xotirlash kuni”, “ Mehnatkashlar kuni” va “Mustaqillik kuni” keng nishonlanadi. Bu kunda asosan ochiq havoda barbekyu (kabob) pishiriladi. Mustaqillik kunida esa barbekyudan tashqari feyerverk, salyutlar otish ham odatdir hisoblanadi.
Xotirlash kuni” - AQSHning milliy bayrami bo’lib, har yili may oyining oxirgi dushanba kuni nishonlanadi. Bu kun Amerikaning barcha urush janglarda halok bo’lgan harbiy askarlarini xotirlash uchun bag’ishlangan. 1971 yildan boshlab bu bayram AQSHning “Milliy bayrami” deb tan olindi. Bu kunda Amerikaliklar qabrlarni, harbiy xotira maydonlarini ziyorat qilishadi va AQSH bayrog’i tush paytgacha tushiriladi.
Mehnatkashlar kuni”AQSHning milliy bayrami, sentyabr oyining birinchi dushanba kuni nishonlanadi. Ilk marotaba 1882 yili Nyu- Yorkda nishonlangan. 1894 yildan boshlab AQSHning barcha shtatlarida qonuniy davlat bayrami deb tan olingan. Bu bayramni amerikaliklar uchun yoz oyining oxirgi kuni timsoli. Bayram kuni ishchilar va ularning oilalari uchun festivallar uyushtiriladi.
Mustaqillik kuni” – ya’ni 1779 yilda AQSHning mustaqillik deklaratsiyasi tasdiqlangan kun bo’lib, unda AQSHning Buyuk Britaniya Qirolligidan mustaqilligi e’lon qilingan. AQSHda har yili 4 iyul kuni nishonlanadi. Bu kun AQSHning ozod va mustaqil davlat sifatida tug’ilgan kuni hisoblanadi. Ko’p amerikaliklar bu kunni “ To’rtinchi iyul” deb ham atashadi. Bayram feyerverk, barbekyu, turli xil karnaval, ko’rgazma, sayil, kontsert, oilaviy uchrashuv va boshqa ommaviy tantanalar bilan nishonlaydilar.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling