To‘qnashish deb, ikki yoki undan ko‘p jismlarning juda qisqa vaqt
davomidagi ta’sirlashuviga aytiladi.
To‗qnashish tabiatda juda ko‗p uchraydi. Bilyard sharlarining to‗qnashuvi,
odamning yerga sakrashi, bolg‗acha bilan mixning qoqilishi, futbolchining to‗p
tepishi va hokazolar to‗qnashishga misol bo‗ladi.
To‗qnashish natijasida jismlarning deformatsiyalanishiga qarab ular ikki turga:
absolyut elastik va absolyut noelastik to‗qnashishlarga bo‗linadi.
Absolyut noelastik to‘qnashish. Absolyut noelastik to‘qnashish deb, ikkita
defor matsiyalanadigan sharlarning to‘qnashib, birga yoki bir xil tezlik bilan
harakatlanishiga aytiladi. To‗qna shuvdan so‗ng sharlar birlashib, harakat qilishi
mumkin. Plastilin yoki loydan yasalgan
sharchalarning to‘qnashuvi bunga misol
bo‘la oladi
2. Radioaktiv nurlanishni va zarralarni qayd qilish usullari.
Moddalarning nurlanishini o‗rganishdan asosiy maqsad – radioaktiv yemirilishda
chiqariladigan zarralarning tabiatini, energiyasini va nurlanish intensivligini
(radioaktiv modda bir sekundda chiqaradigan zarralar sonini) aniqlashdan iborat.
Ularni qayd qilishning eng keng tarqalgan usullari zarralarning ionlashtirishiga va
fotokimyoviy ta‘sirlariga asoslangandir. Bu vazifani bajaruvchi asboblar ham ikki
turga bo‗linadi:
1. Zarralarning fazoning biror qismidan o‗tganligini qayd qiluvchi va ba‘zi
hollarda ularning ba‘zi xarakteristikalari, masalan, energiyasini aniqlashga imkon
beruvchi asboblar. Bunday asboblarga sintillatsion (chaqnovchi) hisoblagich,
Cherenkov hisoblagichi, gaz razryadli hisoblagich, yarimo‗tkazgichli hisoblagich
va impulsli ionlashtiruvchi kamera misol bo‗la oladi.
2. Zarraning moddadagi izini kuzatishga, masalan, suratga tushirishga imkon
beruvchi asboblar. Bunday asboblarga Vilson kamerasi, diffuziyali kamera, pufakli
kamera, fotoemulsiya usuli misol bo‗la oladi. Biz quyida ularning ba‘zilari bilan
tanishib o‗tamiz.
Umuman olganda, ikki xil gaz razryadli hisoblagich mavjud. Birinchisi,
proporsional hisoblagich deyilib, unda gaz razryadi nomustaqil bo‗ladi.
Geyger – Myuller hisoblagichi deb ataluvchi ikkinchi xil hisoblagichda esa gaz
razryadi mustaqil bo‗ladi. Geyger – Myuller hisoblagichlarining ajrata olish vaqti
10–3–10–7 s ni tashkil qiladi, ya‘ni shunday vaqt oralig‗ida tushgan zarralar qayd
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |