1-bilet Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik prinsipi


To‘qnashish deb, ikki yoki undan ko‘p jismlarning juda qisqa vaqt


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana06.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1749924
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
11-sinf-fizika-imtihon-javoblari-2022-yil

To‘qnashish deb, ikki yoki undan ko‘p jismlarning juda qisqa vaqt 
davomidagi ta’sirlashuviga aytiladi. 
To‗qnashish tabiatda juda ko‗p uchraydi. Bilyard sharlarining to‗qnashuvi, 
odamning yerga sakrashi, bolg‗acha bilan mixning qoqilishi, futbolchining to‗p 
tepishi va hokazolar to‗qnashishga misol bo‗ladi. 
To‗qnashish natijasida jismlarning deformatsiyalanishiga qarab ular ikki turga: 
absolyut elastik va absolyut noelastik to‗qnashishlarga bo‗linadi. 
Absolyut noelastik to‘qnashish. Absolyut noelastik to‘qnashish deb, ikkita 
defor matsiyalanadigan sharlarning to‘qnashib, birga yoki bir xil tezlik bilan 
harakatlanishiga aytiladi. To‗qna shuvdan so‗ng sharlar birlashib, harakat qilishi 
mumkin. Plastilin yoki loydan yasalgan 
sharchalarning to‘qnashuvi bunga misol 
bo‘la oladi
 
2. Radioaktiv nurlanishni va zarralarni qayd qilish usullari.
Moddalarning nurlanishini o‗rganishdan asosiy maqsad – radioaktiv yemirilishda 
chiqariladigan zarralarning tabiatini, energiyasini va nurlanish intensivligini 
(radioaktiv modda bir sekundda chiqaradigan zarralar sonini) aniqlashdan iborat. 
Ularni qayd qilishning eng keng tarqalgan usullari zarralarning ionlashtirishiga va 
fotokimyoviy ta‘sirlariga asoslangandir. Bu vazifani bajaruvchi asboblar ham ikki 
turga bo‗linadi: 
1. Zarralarning fazoning biror qismidan o‗tganligini qayd qiluvchi va ba‘zi 
hollarda ularning ba‘zi xarakteristikalari, masalan, energiyasini aniqlashga imkon 
beruvchi asboblar. Bunday asboblarga sintillatsion (chaqnovchi) hisoblagich
Cherenkov hisoblagichi, gaz razryadli hisoblagich, yarimo‗tkazgichli hisoblagich 
va impulsli ionlashtiruvchi kamera misol bo‗la oladi. 
2. Zarraning moddadagi izini kuzatishga, masalan, suratga tushirishga imkon 
beruvchi asboblar. Bunday asboblarga Vilson kamerasi, diffuziyali kamera, pufakli 
kamera, fotoemulsiya usuli misol bo‗la oladi. Biz quyida ularning ba‘zilari bilan 
tanishib o‗tamiz. 
Umuman olganda, ikki xil gaz razryadli hisoblagich mavjud. Birinchisi, 
proporsional hisoblagich deyilib, unda gaz razryadi nomustaqil bo‗ladi. 
Geyger – Myuller hisoblagichi deb ataluvchi ikkinchi xil hisoblagichda esa gaz 
razryadi mustaqil bo‗ladi. Geyger – Myuller hisoblagichlarining ajrata olish vaqti 
10–3–10–7 s ni tashkil qiladi, ya‘ni shunday vaqt oralig‗ida tushgan zarralar qayd 
qilinadi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling