1-bilet Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik prinsipi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/55
Sana06.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1749924
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
11-sinf-fizika-imtihon-javoblari-2022-yil

 
 
 
 
31-bilet
1. Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryadning maydoni. Elektr 
maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinsipi. Zaryadlarning saqlanish 
qonuni. Jismlar elektrlanganda ulardagi umumiy zaryad miqdori o‗zgaradimi? Bu 
savolga javob toppish uchun quyidagi tajribani o‗tkazaylik
Elektrometr olib, uning sterjeniga metal disk o‗rnatamiz. Disk ustiga qalin movut 
o‗rab, uning ustidan izolatsiya dastali boshqa diskni ishqalaylik. Bunda elektrometr 
strelkasi og‗adi. Bu esa movutda va unga 
ishqalangan diskda elektr zaryadlari hosil bo‗lganligini ko‗rsatadi. Tajribani davom 
ettiramiz. Movutga ishqalangan diskni ikkinchi elektrometr sterjeniga tekkizamiz . 
Bunda ikkinchi elektrometr strelkasi ham buriladi. Strelkaning og‗ish burchagi 
birinchi elektrometr strelkasining og‗ish burchagiga teng bo‗ladi. Bu esa har ikkala 
disk son qiymati jihatidan teng miqdorda zaryadlanganligini ko‗rsatadi. Agar har 
ikkala elektrometr sterjenlarini metall o‗tkazgich bilan tutashtirilsa, har ikkala 
elektrometr strelkasi nol holatga kelganligini ko‗ramiz. Bu hodisa elektrometrlar 
(disklar) son qiymati jihatidan teng, lekin ishoralari turlicha bo‗lgan zaryadga ega 
bo‗lganliklarini ko‗rsatadi. Shu sababli bu zaryadlarning yig‗indisi nolga teng 
chiqdi. 
2. O‘zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ularning 
natijalaridan xalq xo‘jaligida foydalanish.
O‗zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi ishlar o‗tgan asrning 20- 
yillarida boshlangan. Lekin muntazam tadqiqotlar 1949-yilda Fizika-texnika 
institutida yo‗lga qo‗yilgan. Akademiklar I.V. Kurchatov, U. O. Orifov va 
S.A. Azimovlarning tashabbusi bilan 1956-yilda O‗zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasining yadro fizikasi instituti tashkil qilingandan keyin, 
bu tadqiqotlarni yanada kengaytirish imkoni tug‗ildi. Hozirgi paytda yadro 
spektroskopiyasi va yadro tuzilishi; yadro reaksiyalari; maydonning kvant 
nazariyasi; elementar zarralar fizikasi; relyativistik yadro fizikasi va boshqa 
yo‗nalishlar bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling