1-bilet Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik prinsipi


-bilet 1. Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/55
Sana06.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1749924
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
11-sinf-fizika-imtihon-javoblari-2022-yil

40-bilet
1. Tok manbalarini ketma-ket va parallel ulash.
Elektr tokining kimyoviy manbalarining qutblarida hosil bo‗ladigan EYuKning 
qiymati kichik bo‗ladi. Masalan, galvanik elementlar turkumiga kiruvchi Daniel 
elementining EYuK 1,11 V ga, Leklanshe elementiniki 1,4 V ga teng. Kislotali 
akkumulyatorining zaryadlagan zahoti o‗lchangan EYuK 2,7 V bo‗lsa, ishqorli 
akkumulyatorlarniki 1,3 V bo‗ladi. 
Ko‗pgina texnik qurilmalarni ishlatish uchun katta kuchlanish talab qilinadi. 
Masalan, avtomobil motorini aylantirib ishga tushirib yuborish uchun katta 
quvvatli 12 V li o‗zgarmas tok manbayi kerak bo‗ladi. Bunday paytlarda 
elementlar yoki akkumulyatorlarni o‗zaro ketma-ket yoki parallel ulash kerak 
bo‗ladi. Tok manbalarini o‗zaro ketma-ket yoki parallel ulashda hosil bo‗lgan 
zanjirlardagi tok kuchi va kuchlanishlarni hisoblashda Kirxgof qoidalaridan 
foydalaniladi. 
Tok o‗tkazuvchi simlardan kamida uchtasi uchrashadigan nuqta tugun deyiladi. 
Tugunga kiruvchi tok yo‗nalishini musbat, chiquvchi tok yo‗nalishini manfi y deb 
qabul qilinadi 
 
2. Yorug‘likning qutblanishi.
Yorug‗lik interferensiyasi va difraksiyasi hodisalari yorug‗likning to‗lqin tabiatiga 
ega ekanligini tasdiqladi. 10-sinfdan to‗lqinlarning ikki turda: bo‗ylama va 
ko‗ndalang to‗lqinlarga bo‗linishi Sizlarga ma‘lum. Bo‗ylama to‗lqinlarda muhit 
zarralarining tebranish yo‗nalishi, to‗lqinning tarqalish yo‗nalishi bilan bir 
yo‗nalishda bo‗lishi, ko‗ndalang to‗lqinlarda esa ular o‗zaro perpendikular bo‗lishi 
ham ma‘lum. Uzoq vaqt davomida to‗lqinlar optikasining asoschilari Yung va 


Bellashuv.uz
Frenel yorug‗lik to‗lqinlarini bo‗ylama to‗lqinlar deb hisoblashgan. Chunki 
bo‗ylama mexanik to‗lqinlar qattiq, suyuq va gazsimon muhitda tarqala oladi. 
Ko‗ndalang mexanik to‗lqinlar esa faqat qattiq jismlarda tarqala oladi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling