1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi


-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish boʻyicha takliflar kiritish tashabbusi


Download 44.12 Kb.
bet37/55
Sana06.11.2021
Hajmi44.12 Kb.
#171016
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
investitsiya

43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish boʻyicha takliflar kiritish tashabbusi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish boʻyicha taklif kiritish tashabbusi chet ellik investor tomonidan mustaqil ravishda yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish uchun chet ellik investor mustaqil ravishda yoki loyihaning tegishli tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organiga yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi:

investitsiya shartnomasini tuzish va investitsiya faoliyati obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish maqsadi, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha mavjud tajriba (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilgan ariza;

investitsiya shartnomasining loyihasi;

vakolatli organlarda qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ekspertizadan oʻtgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida bajarilgan biznes-reja loyihasi.

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi yoki uning tasarrufidagi 
chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilot investitsiya shartnomasi loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash, chet ellik investorlarga 
va (yoki) investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonaga qonun hujjatlarida belgilanganidan qoʻshimcha ravishda kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar) berishga taalluqli qismi boʻyicha davlat boshqaruvi organlarining xulosalarini keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga koʻrib chiqish uchun kiritish maqsadida oladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ijobiy xulosasi yakunlariga koʻra investitsiya shartnomasi chet ellik investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali yozma shaklda tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan imzolangan investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ushbu shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran, agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari ijrosining monitoringi hamda nazoratini investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi amalga oshiradi.




Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling