1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi


-bob. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi


Download 44.12 Kb.
bet40/55
Sana06.11.2021
Hajmi44.12 Kb.
#171016
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
investitsiya

9-bob. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi

46-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar va ularning investitsiyalari uchun huquqiy rejim

Chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalariga adolatli 


va teng huquqli rejim taqdim etiladi, ularni toʻliq va doimiy ravishda himoya qilish hamda ularning xavfsizligi taʼminlanadi. Bunday rejim Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan rejimga nisbatan noqulayroq boʻlishi mumkin emas.

Chet el investitsiyalari uchun huquqiy rejim Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarning tegishli rejimiga nisbatan noqulayroq boʻlishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq iqtisodiyotning hamda aholi sogʻligʻini, hayvonot va oʻsimlik dunyosini, atrof-muhitni muhofaza qilishning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga doir manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashning belgilangan sohalariga chet el investitsiyalarini kiritish uchun cheklovlarni yoki taqiqni oʻz ichiga olishi mumkin.

Chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan, buzilgan huquq va manfaatlarini tiklash Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.




Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling