1-bob. Umumiy qoidalar
Download 43.97 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Bo‘limning asosiy vazifalari
- 3-bob. Bo‘limning funksiyalari
- 4-bob. Bo‘limning huquqlari
- 5-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish
- 6-bob. Moddiy ta’minot va rag‘batlantirish
- 7-bob. Javobgarlik
- 8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 646-sonli buyrug‘iga 9-ilova
Davlat soliq qo‘mitasining Ma’muriy amaliyot bo‘limi to‘g‘risida NIZOM 1-bob.Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Davlat soliq qo‘mitasining Ma’muriy amaliyot bo‘limining (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb yuritiladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, faoliyatining tashkiliy asoslari va javobgarligini belgilaydi. 2. Bo‘lim Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. 3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Davlat soliq qo‘mitasining ichki idoraviy hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Bo‘lim o‘z faoliyati yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasining raisiga va rais o‘rinbosariga hisobot beradi. 5. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni Davlat soliq qo‘mitasining bosh boshqarmalari, boshqarmalari, mustaqil bo‘limlari, hududiy davlat soliq xizmati organlari, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi.
6. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat soliq xizmati organlarida ma’muriy ishlarni qonun doirasida yuritish, ularni hisobga olish va hisobotlarni yuritishni tashkil qilish; soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bartaraf etish hamda sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlari bilan kurashish ishlarini davlat soliq xizmati organlarida tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish; jinoyat alomatlari mavjud materiallarni tegishliligi bo‘yicha tergov va surishtiruv organlariga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlash; davlat soliq xizmati organlarining ma’muriy amaliyot faoliyatini tartibga solib turuvchi me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirib borish borasida shaxsiy tarkib o‘rtasida ishni tashkillashtirish; 2 tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining va ularning ko‘rib chiqish natijalarining hisobini yuritish; soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi; davlat soliq xizmatining quyi organlarida soliq sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha qonunda belgilangan chora-tadbirlarni qo‘llashni tashkil etish va ularning faoliyati ustidan nazorat olib borish. 3-bob. Bo‘limning funksiyalari 7. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: davlat soliq xizmati organlarida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni qonun doirasida ko‘rib chiqilishini tashkil etadi, bu borada bir xil amaliyotni ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibda uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqadi; davlat soliq xizmatining quyi organlarida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi; jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan materiallarni tegishliligi bo‘yicha surishtiruv va tergov organlariga yuborish tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi; davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasiga kirmaydigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni taalluqliligi bo‘yicha sud, ichki ishlar va boshqa vakolatli idoralarga belgilangan tartibda yuborilishini ta’minlaydi; tahlil asosida soliq sohasida qonunchilikka rioya etish ahvolini o‘rganadi; davlat soliq xizmatining quyi organlaridan ma’muriy ishlarning turlari bo‘yicha, shuningdek surishtiruv va tergov organlariga yuborilgan materiallar haqidagi oylik, choraklik, yarim yillik va yillik statistik hisobotlar, axborotlar, ma’lumotlarni oladi va umumlashtiradi; davlat soliq xizmati organlarida ma’muriy amaliyotning to‘g‘ri olib borilayotgani ustidan nazorat o‘rnatadi, ularning faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish borasida takliflar kiritadi, uslubiy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va bu masalada davlat soliq xizmatining quyi organlariga amaliy yordam ko‘rsatadi; tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining va ularning ko‘rib chiqish natijalarining hisobini yuritadi; soliq sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish ishlarida faol ishtirok etish, qonunlar ijrosi va qo‘llanilishi amaliyotini tahlil qilib umumlashtirish hamda qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi; 3 O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, elektron va og‘zaki murojaatlarini belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqadi; O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etadi; Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ishlar nomenklaturasiga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi. Bo‘lim shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
8. Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlarida yuritilayotgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni o‘rganish, qonunchilikka rioya etilishini hamda qo‘llanilgan jarimalarni undirilishi ahvolini o‘rganish; davlat soliq xizmati organlarining faoliyatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi talablariga rioya etmagan holda qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda qonunga muvofiqlashtirish yoki bekor qilish choralarini ko‘rish; davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish borasida tegishli tavsiyalarni tayyorlash; davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda belgilangan tartibda ishtirok etish; bo‘lim vakolatiga doir masalalarni Davlat soliq qo‘mitasi raisiga va Hay’atga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish va ular ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish; Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga bo‘limning tashkiliy tuzilishi yuzasidan takliflarni kiritish; ijro intizomini mustahkamlash maqsadida boshqaruv ish uslubi va usullarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish; davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslaridan bo‘lim vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotnomalar va xizmatga oid boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish; boshqa idoralar, muassasalar va tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining, xizmat faoliyatlari masalalari bo‘yicha axborotlarni belgilangan tartibda olish; mahalliy axborot tarmoqlaridan foydalanish va o‘z ma’lumotlar bazasini yaratish; 4 faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek xodimlarga maxsus unvonlar berish to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga taklif kiritish; funksional vazifalarini lozim darajada bajarmagan, ichki tartib va mehnat intizomiga rioya etmagan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga taklif kiritish; davlat soliq xizmati organlari tizimi yurituvidagi hujjatlardan vakolati doirasida va belgilangan tartibda foydalanish; davlat soliq xizmati organlarining telekommunikatsiya vositalari va komputer texnologiyalaridan belgilangan tartibda foydalanish. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunida hamda
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
28 avgustdagi 677-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom”da nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
9. Bo‘limga belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi. 10. Bo‘lim boshlig‘i: bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularning ishini tashkil etadi; bo‘limga yuklangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat olib boradi; xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi; shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish, shuningdek bo‘lim xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, xodimlarning faoliyatini baholash orqali ularga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritadi; qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq bo‘lim faoliyatiga tegishli boshqa masalalarni hal qiladi. 11. Bo‘lim barcha xodimlari Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. 12. Bo‘lim ishini Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan yillik va joriy ish rejalari asosida olib boradi. 13. Bo‘lim choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik faoliyati yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy hisobot tuzadi hamda uni Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga taqdim etadi. 14. Xizmatga qabul qilishda va bo‘limda xizmatni o‘tash chog‘ida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi umumiy talablari hamda ichki idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa talablar tatbiq etiladi. 5 15. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti, Ichki ishlar vazirligi, sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlikda soliq sohasida huquqbuzilishlarga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirilgan tarzda belgilaydi va amalga oshiradi. 16. Hamkorlik bo‘yicha davriy hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti organlariga taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan materiallarning natijalari haqida o‘zaro taqqoslov dalolatnomalarini tuzish, ma’lumotlar va axborotlar almashish asosida olib boriladi. 17. Bo‘lim xodimlariga tadbirkorlik faoliyatining har qanday turlari bilan shug‘ullanish, boshqa tashkilotlarda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash taqiqlanadi, ilmiy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bundan mustasno.
18. Bo‘lim xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, maxsus unvonlar, uzoq xizmat muddati uchun ustamalardan, dam olish va bayram kunlari uchun to‘lovlar, boshqa ustama, qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi. 19. Bo‘lim va uning hududiy bo‘limlari (sho‘balari) xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomning 21 va 23-bandlarida nazarda tutilgan moddiy rag‘batlantirish turlari belgilangan tartibda tatbiq etiladi. 7-bob. Javobgarlik 20. Bo‘lim xodimlari: o‘z funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi; O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, ushbu Nizom, Davlat soliq qo‘mitasining ichki idoraviy hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi; o‘zining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi; o‘zining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganligi;
6 qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq buzilishlari uchun belgilangan tartibda javob beradilar. 8-bob. Yakunlovchi qoidalar 21. Davlat soliq qo‘mitasining Ma’muriy amaliyot bo‘limini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Download 43.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling