Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Oy allasi’ she`ri zanjir usulida o`quvchilarga yodlatiladi, matnning qisqacha mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.
Oy –ona, bolasi yulduzga nimalar haqida so`zladi?
Quyosh, oy, yulduzlar kimlarga o`xshatilgan?
O`ylab ko`ring-chi, nima uchun quyosh otaga o`xshatilyapti?
Quyosh bo`lmasa hayot ham bo`lmaydi. Hamma yoq qorong`i va sovuq bo`ladi.
Oyning atrofida nimalar bo`ladi?
Demak, Oyning bolalari ham bor ekan-da.
O`quvchilar bilan “So`z o`yini” mashqi bajariladi.
Oy o`z bolalari bilan dam olgani kirib ketmoqda. Oy yulduzlarni yoniga chorlamoqda. Aziz bolajonlar, yulduzlarni oy oldiga tezroq borishiga yordam berib yuboring. Buning uchun alifbodagi tartib raqamlari bo`yicha , yulduzlardagi harflardan foydalanib so`zlar hosil qiling.
2-boy, 7- hoy, 9-joy, 11-loy, 12-moy, 15-poy, 18-soy, 19-toy, 21-voy, 28-choy.
Do'stlaringiz bilan baham: |