Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’
Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O`quvchilarni darsga hozirlash.
O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.
So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.
Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.
Uy vazifasini so`rab baholash.
Uy vazifasi “Shamol va quyosh” hikoyasi zanjir usulida o`quvchilarga o`qitiladi, she`rning qisqacha mazmuni so`raladi, o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi.
Shamol va quyosh nima uchun bahslashib qolishdi?
Shamol bahsda nima uchun quyoshdan yengildi?
Oliyjanoblik qanday xislat?
O`quvchilar bilan tez aytish o`yini o`ynatiladi.
Qo`ng`iroq qo`g`irchoqnikimi, qo`zichoqnikimi.
“Quvnoq harflar” o`yini o`ynatiladi.Bu o`yinni o`tkazish uchun hikoyani eng ifodali o`qigan 8 nafar o`quvchi tanlanib, doska yoniga taklif qilinadi. Ular o`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan O,N,A,V,A,T,A,N kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Ona Vatan ” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.
O`quvchilarga quyidagicha umumlashtiruvchi savollar beriladi.Ona tili fani bilan bog`lanadi, tovush-harf bo`yicha tahlil o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |