Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilar bilan Vatanni e`zozlash haqida suhbat o`tkaziladi. Oila ham bir kichiik vatan ekanligi o`quvchilar ongiga singdiriladi. Har bir oila a`zolari oilada yashayotganda bir-birlarini hurmat qilishlari, oila tinchligi uchun kurashiishlari, uni asrsb-avaylashga majburligi ta`kidlanadi. Har doim ota-onani rozi qilib , ularning duoasini olisb yashahsga harakat qilishlari aytiladi.
So`ng Miraziz A`zamning “Vatan” she`ri o`qituvchi tomonidan ifodali o`qitiladi.
Vatan- bizning uyimiz,
Vatan- bizning ko`chamiz.
Soylardagi suvimiz,
Mazza qilib ichamiz.
Vatan- bizning tog`imiz,
Olma-anor bog`imiz.
Bug`doy, arpa dalamiz
O`ynab mazza qilamiz.
Oltin to`la konimiz,
Tandir to`la nonimiz.
Vatan- maktab-onamiz,
O`qishni o`rganamiz..
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan she`r matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qasqa savol-javob o`tkaziladi.
Sizning Vataningiz qayer?
O`zingiz yashaydigan shahar, mahalla, ko`cha nomlarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |