1-dars Fan : O`qish Sana: Mavzu
Download 189.01 Kb.
|
1-dars Fan O`qish Sana Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni:
O`quvchilar bilan Vatanni e`zozlash haqida suhbat o`tkaziladi. Vatan ostonadan boshlanishi, har bir inson uchun Vatan yagona , ya`ni bitta ekanligi tushuntiriladi.Oila ham bir kichiik vatan ekanligi o`quvchilar ongiga singdiriladi. Har bir oila a`zolari oilada yashayotganda bir-birlarini hurmat qilishlari, oila tinchligi uchun kurashiishlari, uni asrsb-avaylashga majburligi ta`kidlanadi. Har doim ota-onani rozi qilib , ularning duoasini olisb yashahsga harakat qilishlari aytiladi. So`ng Xurshid Davronning “Yagonadir Vataning sening” matni o`qituvchi tomonidan ifodali o`qitiladi. Vatan nina O`zi? Donishmandlarning biri: “Vatan- bu sening kindik qoning tomgan tuproq” ,- desa, ikkinchisi : - “Sen suygan odamlar manzili!” deydi. Inson uchun havo, quyosh, suv, ota-ona qanchalik aziz bo`lsa, Vatan ham shunchalik mo`tabardir. Vatan- ona tuproqdan boshlanadi. Vatanga muhabbat shu tuproqqa – ona diyorimizga , uning bepoyon dalalariga, qir-adirlariga, moviy tog`lariga, dasht-u sahrolariga bo`lgan muhabbatidir.
Mustahkamlash. Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matni o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,,mazmuni so`zlatiladi, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qisqa savol-javob o`tkaziladi. Vatan degani nima ekan? Inson uchun eng aziz narsa nima? Vatanga muhabbat nimadan boshlanadi? O`quvchilar bilan “Topib o`qi” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi matndagi so`zlardan ayatdi. O`quvchilar matnda shu so`z qatnashgan gapni topib o`qib beradilar. Bunda o`quvchilarning ziyrakligi, tez o`qishga ishtiyoqi rivojlantiriladi. So`ng darslikdagi “ Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni” Maqoli o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan izohlanadi. Tarbiyaviy tomoni yoritiladi. Tez aytish o`yini o`ynatiladi. Komil kecha ko`chat ko`chirdi.. Download 189.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling